YETTINCHI BO‘LIM
XI
bob. Ko‘kalamzor hududlar barpo etishda
foydalaniladigan manzarali daraxt va butalar assortimenti
Bugungi kunda mamlakatimiz shahar
va qishloqlarida, aholi
yashash hududlari,o‘quv
maskanlari, istirohat bog‘lari, dam
olish oromgohlari, avtomobil va temir yo‘l bekatlari atrofida
/.amon talablariga javob beradigan nafis ko‘rinishdagi
yashil
hududlar va sayilgohlar barpo etilmoqda. Buning uchun
inahalliy sharoitga, iqlim va tuproq
tizimiga mos keladigan
manzarali yaproq va nina bargli daraxt, buta turlaridan
Ibydalanilmoqda. Bugun ko‘kalamzorlashtirish
sohasida, aso-
san, quyidagi turdagi manzarali daraxt va buta turlaridan keng
Ibydalanilmoqda.
Kanada bagryannigi (Arg‘uvon) (Cyercis canagensis L)
Ushbu manzarali, yaproq bargli
daraxt bizning sharoiti-
mizda tumanlashtirilgan bo‘lib,
tabiiy holda Shimoliy
Amerikada o‘sib rivojlangan. Bo‘yi vatanida 10-12 m gacha
boradigan, diametri 85-90 sm, shox-shabbalari soyabonsimon
shaklda bo‘lgan o‘ta manzarali daraxt.
Barglari
keng oval yoki yuraksimon, silliq tarzda tuzilgan.
Oddiy bagryannikdan bo‘yining balandligi va sovuqqa chidam-
liligi bilan farqlanadi. Ushbu daraxtning eng asosiy ko‘rkamligi
shuki, u mart oyining ikkinchi yarmida barg chiqarmasdan oldin
o‘zining ajoyib pushti rangdagi gulchalarini namoyon qiladi.
Uning gullari novdalarida pastdan
yuqoriga qarab xuddi sariq
tolning gullariga o‘xshab tizilib turadi. Ushbu manzarali
daraxtni ko‘kalamzorlashtirishda qatorga olib borilsa,
ajoyib
kompozitsiya kelib chiqadi.
119
Ushbu manzarali, yaproq bargli daraxt gaz va tutunga chidamli
bo‘lib, zararkunandalar bilan kam zararlanadi va shamollar oqimi-
ga ham chidamli hisoblanadi.
Unchalik tuproq tanlamaydi, faqat o‘ta sho‘rxok yer maydon-
lariga ekish tavsiya qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: