Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Oddiy bagryannik (Cyercis siliguastrum L)



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Oddiy bagryannik (Cyercis siliguastrum L)
Dukkakdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Bo‘yi vatanida 8-10 
m gacha yetadi, tanasi notekis, ko‘pincha, qiyshiq daraxt Barglari 
yarim doira shaklida, uzunligi 5-8 sm, eni 7-12 sm, yuqori qismi 
yashil rangli, pastki qismi to‘q yashil o‘simlik. Gullari pushti, to‘q 
qizil rangli, uzunligi 1,8-2 sm, novdalarida dasta shaklida 
joylashgan, hidsiz. Barglari ochilmasdan bu ham mart-aprel oyla­
rida gullaydi. Mevasi jigarrang, dukkagi butun qish davomida 
daraxtda qoladi. Nisbatan sekin o‘sadi. Qurg‘oqchilikka juda chi­
damli tur. Uning to‘q yashil barglari jazirama issiqda ham o‘zining 
ko‘rinishini yaxshi saqlaydi.
Tuproqqa talabchan emas. Quruq toshloq, hatto, ohakli tuproq- 
larda ham yaxshi o‘sadi. Sovuqqa chidamli. Nektarga boy Janubiy 
Yevropa va G‘arbiy Osiyoda tabiiy holda o‘sadi. Markaziy Osiyo-
11.1-rasm. Erta bahorda arg‘uvon daraxtining gullashi.
120


da Tyan-Shan tog‘larining g‘arbiy qismida, Pomir, Oloy va Kopet 
tog‘da o‘sadi.
Oq gulli shakllari (f. alba West) uchraydi. Yuqori manzarali 
si fatlari erta bahorda qizg‘ish rangda gullaydi. Barglari to‘q 
yashil, parvarishga muhtoj emas. Qurg‘oqchilikka juda bar- 
doshli tur. Ko‘kalamzorlashtirish sohasida keng foydalanish 
inumkin.
Oq akas (Robinia pseudoacacia)
Balandligi yaxshi tuproq sharoitida 25-30 m gacha 
yetadigan, shox-shabbasi siyrak, barglari navbatma-navbat 
joylashgan, juftsiz, patsimon tuzilgan yaproq bargli daraxt 
aprelda barg yoya boshlaydi. Barglari kech kuzda, oktabming 
oxirida to‘kila boshlaydi.
Gulchalari oq, juda xushbo‘y, uzunligi 1,5-2 sm, qalin 
egilgan panjalarda uzunligi 10-20 sm. Aprel oyining oxiridan 
may oyining oxirigacha gullab turadi. Ayrim vaqtda yoz 
laslining oxirida, odatda, kuchsiz ravishda ikkinchi marta 
gullaydi. Tuproq-grunti sharoitlariga talabchan emas, har qanday 
tuproqda, 
hatto, 
o‘rtacha 
sho‘rlangan 
tuproqlarda, 
()‘zbekistonning dasht, yarim dasht va cho‘l mintaqalarida ham 
bemalol o‘saveradi. Kuchsiz tuproqlarda ham havodagi azotni 
o'zlashtirib bemalol o‘sa oladi. Ohak moddasi bo‘lgan qumoq 
tuproqlarda yaxshiroq o‘sadi.
Oq akas qurg‘oqchilikka chidamli, yorug‘sevar, ammo bot- 
qoqlikda yaxshi o‘smaydi. Shahar sharoitlarida (chang, tuz, 
tutun) oq akas bemalol o‘sadi, hatto, gazlar bilan kuchli 
/ararlansa ham oq akas o‘zini tezda tutib oladi. Oq akasdan 
bugungi kunda mamlakatimizning aholi yashash hududlarida 
shahar va qishloqlarimizda ko‘kalamzorlashtirishda keng foyda- 
lanilmoqda, bu sohada qimmatbaho manzarali daraxt hisoblana­
di.
Aholi 
hududlarini 
ko‘kalamzorlashtirishda 
ko‘chatlar 
atrofida, shuningdek, qishloq xo‘jalik ekinzorlari atrofida ihota 
daraxtzorlari barpo etishda, avtomobil yo‘llari bo‘yida himoya 
daraxtzorlari barpo etishda keng foydalaniladi.
121


Ushbu oq akas daraxti tabiiy holda Shimoliy Amerikaning 
Appalach tog‘lari yon qiyaliklarida o‘sib rivojlangan. Markaziy 
Osiyoning ko‘pgina hududlarida ushbu daraxt turi sun’iy 
daraxtzor sifatida barpo etilgan.
Yer balandligi bo‘yicha, 
ba’zan, 
25-32 
metrgacha 
ko‘tariladi. Diametri esa 100-120 sm gacha boradi. Ushbu 
daraxt dengiz sathidan 1800-2000 m balandlikkacha o‘sadi (Rat- 
kovskiy, 1949, Kocherga, Gaiaktinov, 1970).
Farg‘ona viloyatining Shohimardon shahrida oq akas daraxti 
2120 m balandlikda, Samarqand viloyatining Omonqo‘ton tog‘ 
yon bag‘rida 1800-2000 m, shuningdek, Toshkent viloyatining 
Chotqol tog‘ vodiylarida 2100 m, 1300-1500 m da Chirchiq 
o‘rmon xo‘jaligining Oqtosh va Chimyon o‘rmonchilik 
bo‘limlarida ham uchraydi. Toshkent sharoitida oq akas darax- 
tining 35 yoshlisining diametri 36 sm ga yetgan. 75 yoshdagi oq 
akas daraxti 34 m balandlikka va 110 sm diametrga ega bo'lgan.
Oq akas - dukkakdoshlar oilasiga mansub tez o‘suvchi 
yorug‘ sevar, qurg‘oqchilikka chidamli, tuproq tanlamaydigan, 
bo‘yi 35 m gacha boradigan ajoyib manzarali yog‘ochbop 
daraxt. Urug‘i, ildizi va novdasi, shuningdek, to‘nkasidan ham 
ko‘payadigan 
daraxt. 
Vatanimizda 
ihota, 
himoya 
va 
ko‘kalamzorlashtirish sohalarida keng foydalaniladi.
Agar uning ko‘chati o‘z vaqtida 10-12 marotabagacha 
sug‘orib turilsa, bir yilda balandligi 2,5 m, diametri esa 4-5 sm 
gacha boradi. Oq akas sho'rga chidamli daraxt hisoblanadi. 4-5 
yoshidan mevaga kiradi, aprel oyi oxiri-may oyida gullay 
boshlaydi. Ildizi yer qa’riga juda chuqur, ba’zan 15 m gacha 
boradigan, juda baquvvat, manzarali, yaproq bargli daraxt. 
Uning yog'ochi ancha mustahkam bo‘lib, qurilish sanoatida, 
kemasozlik sanoatida, parket yasashda ishlatiladi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin