da Tyan-Shan tog‘larining g‘arbiy qismida, Pomir, Oloy va Kopet
tog‘da o‘sadi.
Oq gulli shakllari (f. alba West) uchraydi. Yuqori manzarali
si fatlari erta bahorda qizg‘ish rangda gullaydi. Barglari to‘q
yashil, parvarishga muhtoj emas. Qurg‘oqchilikka juda bar-
doshli tur. Ko‘kalamzorlashtirish sohasida keng foydalanish
inumkin.
Oq akas (Robinia pseudoacacia)
Balandligi yaxshi tuproq sharoitida 25-30
m gacha
yetadigan, shox-shabbasi siyrak, barglari navbatma-navbat
joylashgan, juftsiz, patsimon tuzilgan yaproq bargli daraxt
aprelda barg yoya boshlaydi. Barglari kech kuzda, oktabming
oxirida to‘kila boshlaydi.
Gulchalari oq, juda xushbo‘y, uzunligi 1,5-2 sm,
qalin
egilgan panjalarda uzunligi 10-20 sm. Aprel oyining oxiridan
may oyining oxirigacha gullab turadi. Ayrim vaqtda yoz
laslining oxirida, odatda, kuchsiz ravishda ikkinchi marta
gullaydi. Tuproq-grunti sharoitlariga talabchan emas, har qanday
tuproqda,
hatto,
o‘rtacha
sho‘rlangan
tuproqlarda,
()‘zbekistonning dasht, yarim dasht va cho‘l mintaqalarida ham
bemalol o‘saveradi. Kuchsiz tuproqlarda ham havodagi azotni
o'zlashtirib bemalol o‘sa oladi. Ohak moddasi bo‘lgan
qumoq
tuproqlarda yaxshiroq o‘sadi.
Oq akas qurg‘oqchilikka chidamli, yorug‘sevar, ammo bot-
qoqlikda yaxshi o‘smaydi. Shahar sharoitlarida (chang, tuz,
tutun) oq akas bemalol o‘sadi, hatto, gazlar bilan kuchli
/ararlansa ham oq akas o‘zini tezda tutib oladi. Oq akasdan
bugungi kunda mamlakatimizning aholi yashash hududlarida
shahar va qishloqlarimizda ko‘kalamzorlashtirishda keng foyda-
lanilmoqda, bu sohada qimmatbaho manzarali daraxt hisoblana
di.
Aholi
hududlarini
ko‘kalamzorlashtirishda
ko‘chatlar
atrofida,
shuningdek, qishloq xo‘jalik ekinzorlari atrofida ihota
daraxtzorlari barpo etishda, avtomobil yo‘llari bo‘yida himoya
daraxtzorlari barpo etishda keng foydalaniladi.
121
Ushbu oq akas daraxti tabiiy holda Shimoliy Amerikaning
Appalach tog‘lari yon qiyaliklarida o‘sib rivojlangan. Markaziy
Osiyoning ko‘pgina hududlarida ushbu daraxt turi sun’iy
daraxtzor sifatida barpo etilgan.
Yer balandligi bo‘yicha,
ba’zan,
25-32
metrgacha
ko‘tariladi. Diametri esa 100-120 sm gacha boradi.
Ushbu
daraxt dengiz sathidan 1800-2000 m balandlikkacha o‘sadi (Rat-
kovskiy, 1949, Kocherga, Gaiaktinov, 1970).
Farg‘ona viloyatining Shohimardon shahrida oq akas daraxti
2120 m balandlikda, Samarqand viloyatining Omonqo‘ton tog‘
yon bag‘rida 1800-2000 m, shuningdek, Toshkent viloyatining
Chotqol tog‘ vodiylarida 2100 m, 1300-1500 m da Chirchiq
o‘rmon xo‘jaligining Oqtosh va Chimyon o‘rmonchilik
bo‘limlarida ham uchraydi. Toshkent sharoitida oq akas darax-
tining 35 yoshlisining diametri 36 sm ga yetgan. 75
yoshdagi oq
akas daraxti 34 m balandlikka va 110 sm diametrga ega bo'lgan.
Oq akas - dukkakdoshlar oilasiga mansub tez o‘suvchi
yorug‘ sevar, qurg‘oqchilikka chidamli, tuproq tanlamaydigan,
bo‘yi 35 m gacha boradigan ajoyib manzarali yog‘ochbop
daraxt. Urug‘i, ildizi va novdasi, shuningdek, to‘nkasidan ham
ko‘payadigan
daraxt.
Vatanimizda
ihota,
himoya
va
ko‘kalamzorlashtirish sohalarida keng foydalaniladi.
Agar uning ko‘chati o‘z vaqtida 10-12 marotabagacha
sug‘orib turilsa, bir yilda balandligi 2,5 m, diametri esa 4-5 sm
gacha boradi. Oq akas sho'rga chidamli daraxt hisoblanadi. 4-5
yoshidan
mevaga kiradi, aprel oyi oxiri-may oyida gullay
boshlaydi. Ildizi yer qa’riga juda chuqur, ba’zan 15 m gacha
boradigan, juda baquvvat, manzarali, yaproq bargli daraxt.
Uning yog'ochi ancha mustahkam bo‘lib, qurilish sanoatida,
kemasozlik sanoatida, parket yasashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: