Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


-rasm. K o‘kalamzorlashtirishda turli rangdagi lolalardan



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

10.5-rasm. K o‘kalamzorlashtirishda turli rangdagi lolalardan
foydalanish.
112


Barcha ko‘p yillik o‘simliklar gul kurtaklarini namoyon 
qilishi bo‘yicha to‘rt guruhga bo‘linadi:
1) o‘simliklaming gul organlari keyingi yilda gullash uchun 
yoz faslida namoyon qiladi (nargis, lola turkumi);
2) gul organlari keyingi bahor faslida gullashi uchun kuzda 
hosil bo‘ladi (pion, shoyi gul, primula, badan, arabis va 
boshqalar);
3) o‘simlikning shu yilda gullashi uchun bahor faslida hosil 
bo‘ladi (delfmum, lyupin, axilley, Alp qo‘qongul va boshqalar);
4) shu yilda gullashi uchun g‘unchalar o‘simliklarda yozda 
hosil bo‘ladi (astilba, solidago, bo‘ronsimon flokslar, gelenium).
Ko‘kalamzorlashtirishda turli xildagi gul o‘simliklarining 
havo harorati va yorug‘likka bo'lgan munosabatini ham bilib 
borishimiz kerak. Barcha ko‘p yillik o‘simliklar yorug‘likka 
bo‘lgan munosabati bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Ko‘p yillik yorug‘sevar gul o‘simliklari: qo‘qongullar, 
floks, yupqa bargli pion, lola turkumi. Ko‘kalamzor hududlarda 
ular quyosh bemalol tegib turgan ochiq yer maydonlarida ekib 
har xil kompozitsiyalar namoyon qilinadi.
2. Soyaga chidamli gul o‘simliklari: primula, xushbo‘y va 
shoxdor binafsha, astilba, gulsapsar unchalik quyuq bo‘lmagan 
soya joy da va yoyilib turuvchi yorug‘likda yaxshi o‘sadi.
10.6-rasm. Soyada o ‘suvchi liliya suv gullari.
113


3. 
Soyasevar gul o‘simliklari: tobulg‘a (spiriya), paporot- 
nik, marvaridgullami daraxt va butalar tagidagi soya, quyosh 
nurlari kuchsiz o‘tuvchi yer maydonlarida joylashtirish mumkin.
10.7-rasm. Maysazorda butasimon tobulg‘aning oppoq gullari.
Ko‘p yillik gul o‘simliklarining tabiiy sharoitga bog‘liqligi 
ulaming tuproqqa bo‘lgan munosabatidan iboratdir. Bu o‘sim- 
liklami tuproqqa munosabati bo‘yicha uch guruhga bo‘lish 
mumkin:
1. Ozuqa moddalari kam bo‘lgan tuproqlarda o‘sib-rivojla- 
nuvchi o‘simliklar: past bo‘yli gulsapsar, sedum va boshqalar.
2. Unumdorligi o‘rtacha bo‘lgan tuproqlarda yaxshi 
o‘suvchi gulli o‘simliklar: qo‘qongul, gipsofilla, delfinium, bog‘ 
va Sibir gulsapsari, lyupin, boychechak va boshqalar.
3. Yuqori unumdor tuproqlarda yaxshi о‘sib rivojlanuvchi 
gul o‘simliklar: giatint, krokus, marvaridgul, liliya, nargis, pion, 
lola, xrizantema va boshqalar.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin