Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


-rasm. Gullovchi Mavritan gazonlari



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

9.5-rasm. Gullovchi Mavritan gazonlari.
103


Urug‘lar aralashmasida chiroyli gullovchi o‘simliklar 20% 
dan oshmasligi kerak. lm 2 maydonga, odatda, lOg tayyor 
urug‘lar aralashmasi sepiladi.
Mavritan gazonlarini parvarishlashda ulami kesishga asosiy 
e’tibor qaratiladi. Qoida bo‘yicha, bu gazon erta kesilmaydi
ya’ni bahorda gullovchi gullar urug‘ bermaguncha (odatda, 
yozning o‘rtalariga, iyulga to‘g‘ri keladi). Ikkinchi va oxirgi 
marta gazon sentabr-oktabrda kesiladi. Agar kuzda gullovchi 
gullar bo‘Isa, kesish keyinroqqa qoldiriladi. Kesganda 8-10 sm 
qoldirib kesiladi va qoldiqlar maydondan chiqarib tashlanadi.
Chiroyli gullovchi bir yilliklar yil so‘ngida qurib qoladi. 
Shuning uchun har yili qayta ekishga to‘g‘ri keladi. Bu jihatdan 
ko‘p yillik chiroyli gullovchi gazonlar yaxshi samara beradi.
Ko‘p yillik gazon fonida chiroyli gullovchi ko‘p yillik 
o‘simliklar guruhi (qishga chidamli tur va shakllar): proleska, 
boychechak, muskari, lola, nargis, akvilegiya, qo‘ng‘iroqgul, 
margaritka, moychechak va boshqalar ekiladi.
Mavritan gazonlari yozda gullovchi o‘tloqni namoyon etadi. 
Bu gazonni uyga kiriladigan eshik yonidagi maydonga, sun’iy 
suv inshootlari qirg‘og‘iga, daraxtlar tanasi atrofiga ekish 
tavsiya etiladi. Mavritan gazonlari peyzaj stilida barpo etilgan
104


park va bog‘lar uchun mos keladi. Gazon ichidagi gullarning 
bosilishi (tepkilanishi) rang oldini olish uchun ular ichiga yo‘lak 
oMkazish kerak. Yosh Mavritan gazonlarini mavsum davomida 
3 marta (5-8 sm qoldirib) kesish talab etiladi. Bu gazon 
oddiylariga qaraganda baland qoldirib kesiladi, shuning uchun 
ham manzarali ko‘rinish hosil qilishda oddiy gazonga nisbatan 

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin