Parterli maysazorlar bog‘ning markaziy qismida va gul-
zoming asosini tashkil qiluvchi boshqa maydonlarda joylashadi.
Bu maysazorlarga juda katta talablar qo‘yiladi: ular,
ayniqsa,
yuqori sifatli, seryaproq, tusi bo‘yicha bir xil, tekis,
maysasi zich, pastak bo‘lishi kerak.
Parterli maysazorlar kichik
maydonni egallaydi. Qoida bo‘yicha, ularga mayda,
nozik
bargli, barglari, asosan, tupning pastki
qismida joylashgan va
kesilganidan so‘ng tez o‘suvchi boshoqli o‘tlar ekiladi.
0 ‘tloq ko‘rinishidagi maysazorlar kengroq maydonni egal
laydi, chunki ular manzarali va boshqa bog‘ hamda o‘rmon
bog‘dorchiligining ochiq j oylarida ishlatiladi.
Gazonni kesish. Birinchi kesish gazon 10-12 sm o‘sganda
o‘tkaziladi. Bundan erta kesilsa, yosh o‘simliklarga
jiddiy
shikast yetishi mumkin. Agar kech kesilsa, pastki
qismiga soya
berib, xlorofill miqdorini kamaytiradi va kesilgandan keyin
moddalar almashinuvi buziladi. Natijada gazonning o‘sishi
qiyinlashadi va manzarasini yo‘qotadi.
Keyingi kesishlar esa
gazonning holati, ob-havo sharoiti va vegetatsiya davri (yil fasli)
ga qarab 5-8 sm bo‘lganda kesiladi. Kesish oralig‘i bir oyda 4-5
marta.
Dostları ilə paylaş: