8.6-rasm. Bog‘lardajo‘yakli gullami joylashtirish.
Rabatkalar ishlatilishi va bezatilayotgan maydonga ko‘ra
turli uzunlik va kenglikka egadir. Eng kaltalari 2-4 m, uzunlari
esa bir necha yuz metrgacha bo‘ladi. Rabatkalar kengligi 0,5 m
dan (juda kam) 3-4 m gacha bo'ladi, ko‘proq tarqalganining
kengligi 1-1,25 m. Rabatkalar
yuzasi har doim tekis, suvning
turib qolmasligi uchun faqat markazga nisbatan ozroq ko‘ta-
rilgan bo‘ladi. Kengligi 3 m bo‘lgan lentasimon
ekinlami, ko‘p
yilliklaming 5-8 ta jo ‘yakli yoki bir yilliklaming 8-12 ta jo ‘yakli
ekinlarini rabatkalarga mansub desa ham bo‘ladi. Rabatkaning
chetlari maysazor bilan baravar yoki undan 4-10
sm baland
bo‘lishi mumkin.
Nazorat savollari
1. Bog‘-park inshootlari nima?
2. Bog‘larda jozibador besedkalar o‘matish.
3. Klumbalar va rabatkalar haqida tushuncha.
97
IX bob. Ko‘p yillik o‘simlikIar va gazon yordamida
bog‘larda shakllar yaratish
Bog‘-parklarga kiraverishda tashrif buyuruvchilar ko‘z
o‘ngida parkning manzarali ko‘rmishdagi
darvozasi, uning old
ko‘rinishiga
qurilgan faworalar, haykallar ramzi va yerga
terilgan har xil shakllarga ega bo‘lgan bruschatkalar o‘ziga xos
kompozitsiyasi bilan namoyon bo‘la boshlaydi. Bog‘da
kirib
kelish bilan uning o‘simlik dunyosi, gulzorlar va maysazorlar
ko‘zga tashlanadi. Bog‘-parklardagi shimday ko‘rinishlardan
biri maysazorlardir.
Gazon
- fransuzcha so‘z bo‘lib, “maysazor” ma’nosini
anglatadi. Maysazor o‘t
bilan qoplangan, tabiiy yoki sun’iy
ravishda yaratilgan maydondir. Manzarali bog‘dorchilikda bu
tabiiy yoki sun’iy ravishda yaratilgan o‘tsimon maydon
ko‘kalamzorlashtirish
uchun ham, sport maydonchalari va
boshqa maqsadlarda ham ishlatiladi.
Yashil maydonlar bunyod
etishda (yashillik qurilishda) maysazorlarga katta e’tibor
beriladi.
Maysazorlar ikki guruhga ajratiladi:
a) manzarali maysazorlar;
b) maxsus maysazorlar.
Dostları ilə paylaş: