Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

118


YETTINCHI BO‘LIM
XI 
bob. Ko‘kalamzor hududlar barpo etishda
foydalaniladigan manzarali daraxt va butalar assortimenti
Bugungi kunda mamlakatimiz shahar va qishloqlarida, aholi 
yashash hududlari,o‘quv maskanlari, istirohat bog‘lari, dam 
olish oromgohlari, avtomobil va temir yo‘l bekatlari atrofida 
/.amon talablariga javob beradigan nafis ko‘rinishdagi yashil 
hududlar va sayilgohlar barpo etilmoqda. Buning uchun 
inahalliy sharoitga, iqlim va tuproq tizimiga mos keladigan 
manzarali yaproq va nina bargli daraxt, buta turlaridan 
Ibydalanilmoqda. Bugun ko‘kalamzorlashtirish sohasida, aso- 
san, quyidagi turdagi manzarali daraxt va buta turlaridan keng 
Ibydalanilmoqda.
Kanada bagryannigi (Arg‘uvon) (Cyercis canagensis L)
Ushbu manzarali, yaproq bargli daraxt bizning sharoiti- 
mizda tumanlashtirilgan bo‘lib, 
tabiiy holda Shimoliy 
Amerikada o‘sib rivojlangan. Bo‘yi vatanida 10-12 m gacha 
boradigan, diametri 85-90 sm, shox-shabbalari soyabonsimon 
shaklda bo‘lgan o‘ta manzarali daraxt.
Barglari keng oval yoki yuraksimon, silliq tarzda tuzilgan. 
Oddiy bagryannikdan bo‘yining balandligi va sovuqqa chidam- 
liligi bilan farqlanadi. Ushbu daraxtning eng asosiy ko‘rkamligi 
shuki, u mart oyining ikkinchi yarmida barg chiqarmasdan oldin 
o‘zining ajoyib pushti rangdagi gulchalarini namoyon qiladi. 
Uning gullari novdalarida pastdan yuqoriga qarab xuddi sariq 
tolning gullariga o‘xshab tizilib turadi. Ushbu manzarali 
daraxtni ko‘kalamzorlashtirishda qatorga olib borilsa, ajoyib 
kompozitsiya kelib chiqadi.
119


Ushbu manzarali, yaproq bargli daraxt gaz va tutunga chidamli 
bo‘lib, zararkunandalar bilan kam zararlanadi va shamollar oqimi- 
ga ham chidamli hisoblanadi.
Unchalik tuproq tanlamaydi, faqat o‘ta sho‘rxok yer maydon- 
lariga ekish tavsiya qilinmaydi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin