Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

11,7-rasm. Doim yashil sarv.
Shahar sharoitiga bemalol o‘sib rivojlana oladi. Uning shox- 
shabbalariga ishlov berib har xil shakllar hosil qilish mumkin. 
Yaqin Sharqda 2000 yilgacha umr ko‘rgan daraxtlari mavjudligi 
to‘glrisida ma’lumotlar bor. Janubiy Yevropada 500 yilgacha 
yashagan turlari uchragan. Juda erta meva hosil qiladi (5-6 yosh- 
dan). 
Urug‘lari 
5-6 
yil 
davomida 
o‘zining 
hayotiy 
xususiyatlarmi yo‘qotmaydi. Yog‘ochi yaxshi, yumshoq, yengil 
va juda xushbo‘y. Yerda va suvda ko‘p yil davomida 
chirimaydi, hasharot va zararkunandalarga chidamli. Mebel 
sanoati uchun juda qimmatli yog‘och hisoblanadi. Ko‘kalamzor 
hududlar barpo qilishda keng foydalaniladi.
133


Sharq biotasi (Biota orientalis Endl)
Qurg‘oqchilik yer maydonlariga chidamli bo‘lgan sharq bio- 
tasining vatani - Xitoyning shimoliy qismi. Unchalik uzoq 
bo‘lmagan davrdan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarida 
ko‘kalamzorlashtirish sohasida keng foydalaniladi. Bir uyli 
butasimon ushbu daraxt vatanida 16-18 m gacha, bizning 
sharoitimizda esa 6-8 mga yetadi. Shox-shabbasi pirami- 
dasimon, po‘sti och jigarrang, ba’zan to‘q kulrang, barglari och 
yashil bo‘lib, g‘uddasi ikkinchi yili yetiladi. Qadimda dehqonlar 
o‘z bog‘lari atrofida ekkan. Gullaridan so‘ng sentabr oyida 
g‘uddasi tayyor bo‘ladi.
G‘uddasidan 15-20 
%
urug‘ chiqadi. 1000 dona urug‘ining 
og‘irligi 20 gr bo‘ladi. Sharq biotasi issiqqa va qurg‘oqchilikka 
o‘ta chidamli bo‘lib, mamlakatimizning har qanday hududida 
ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. 
0 ‘z vaqtida 
sug‘orib borilsa, juda tez o‘sadi. Agar uning shox-shabbalari 
qaychi bilan kesilib, o‘z vaqtida shakl berilsa, ajoyib manzara 
namoyon etadi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin