Agar kesilgandan so‘ng
shox-shabbalariga suv purkalsa,
barglari yanada yashnab ko‘m-ko‘k ko'rinadi. Sekin o‘sadi,
biroz soyaga chidamli, issiqsevar.
Markaziy Osiyo sharoitida,
xususan, 0 ‘zbekistonda ham yaxshi o‘sishi bilan ajralib turadi.
IJ noqulay sharoitlarga (sho‘rlangan tuproqlarga) ham chidamli,
shahar sharoitida ham yaxshi o‘saveradi. Chang va gazga
chidamli tur. Yerga tosh yotqizilgan ko‘chalarda
ham yaxshi
o'sadi.
Shox - shabbasini kesib unga har xil shakl berish mumkin.
Biotaning har xil shakldagi turlari mayjud:
shakldosh turi (F. Rosedolis compacta Homibr); -eng kichik
/.angori (F. minima glauca hor)t; sarvsimon (F. cupressoides
hort.); doim tillarang (F. Sempyerau escens Nichols).
Biotaning qurg‘oqchilikka,
sovuqqa yuqori chidamliligi,
tuproqqa talabchan emasligi va boshqa ijobiy ko‘rsatkichlaridan
uni 0 ‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida obodon-
lashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda bemalol ekish mumkin.
Kuchli sho‘rlangan tuproqlarga ekish tavsiya qilinmaydi.
Tikanli qoraqarag‘ay (Picea pungens Engelm)
Balandligi vatanida 20-30m
gacha boradigan, ba’zi ma’lu-
motlarga ko‘ra, 40-45 m gacha yetadigan o‘ta manzarali nina
bargli daraxt. Shox-shabbasi
konussimon yoki piramidasimon,
shoxlari tanasida gorizontal holda o‘sadi. Pishib yetilgan
qubbalari cho‘ziq-silindrsimon. 0 ‘sib-rivojlanishi bo‘yicha
oddiy qarag‘aydan qolishmaydi. Iqlim
va tuproq sharoitlariga
talabchan.
135
11.9-rasm. Terassada joylashgan qoraqarag‘ay.
Kuchli sovuqlarga chidamli. Qor qalin tushsa ham, chidaydi.
Shahar sharoitida gaz va tutunlarga chidamli. Ortiqcha namlikka
ega bo‘lgan podzol tuproqlarda, boy karbonatli
qora tuproq, qu-
ruq qumoq, toshloq maydonlarda ham o‘sishi mumkin. Katta
yoshida ham uni ildiz tuprog‘i bilan ko‘chirib eksa bo‘ladi.
Yosh davrida unga shakl berib kesish mumkin. 600
yilgacha
yashaydi.
Dostları ilə paylaş: