Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Piramidasimon terak (Ropulous pyramidalis Roziyer)



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Piramidasimon terak (Ropulous pyramidalis Roziyer)
Balandligi yaxshi tuproq sharoitida 25-30 m gacha yetadi- 
gan, yon shoxlari yuqoriga qarab o‘sadigan, yog‘ochbop, yirik 
manzarali yaproq bargli daraxt. U piramida shaklini, deyarli 
ustun kabi shox-shabbani hosil qiladi. Yosh daraxtlarining 
po‘stlog‘i kulrang, silliq, keyinroq to‘q jigarrang, deyarli qora, 
yoriqli bo‘ladi. Issiqsevar, ildiz tizimi unchalik chuqur emas, 
ammo yon ildizlarining rivojlanishi hisobiga baquwat. 
Shamolga chidamli. Yorug‘sevar. Havoning quruqligi va 
tuproqning kuchsiz sho‘rligiga chidamli. Tuproqda namlik 
yetishmasa, ustki qismi quriy boshlaydi. 100 yilgacha yashaydi.
127


11,3-rasm. Yashil hududlardagi ulkan terak daraxtlari.
Teraklar shahar sharoitida gazga, tutunlarga chidamli. Xiyo- 
bonlar va avtomobil yo‘llari atrofiga ekib borilsa, yaxshi natija 
beradi. Ushbu ajoyib, baquwat tanali, yaproq bargli daraxt 
Toshkent shahrida Milliy bog‘, Alisher Navoiy bog‘i, G‘afur 
G‘ulom va Mirzo Ulug‘bek bog‘larida, Abay ko‘chasi va Bobur 
istirohat bog‘larida juda tartib bilan ekilgan, ko‘rkam 
ko‘rinishdagi manzaralar namoyon etgan. Barglari bandli, 
navbat bilan joylashadi, barg plastinkasi butun yoki panjali, 
chiziqli, lansetsimon, buyraksimon, yumaloq, romb shaklida 
bo‘ladi. Bir tup daraxtning o‘zida har xil shaklda boiishi 
mumkin. Barg plastinkasining har ikkala tomoni tuksiz, rangi 
har xil. Yuz tomoni to‘q yoki och yashil, orqa tomoni kulrang, 
ayrimlarida zangori rangda, dag‘al, qalin po‘stli. Barglarining 
cheti kesik, yirik-mayda tishchali yoki butun. Bandi uzun yoki 
kalta, yumaloq, chiziqli, ezilgan, tukli yoki tuksiz. Yon 
bargchalari tor lansetsimon bo‘lib, tez to‘kilib ketadi. Gullab 
bo‘lgach, u to'kilib ketadi. Teraklar - ikki uyli, guli bir jinsli 
daraxtlar.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin