Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Kashtan bargli eman (Quyercus castaneifolia)



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Kashtan bargli eman (Quyercus castaneifolia)
Ushbu daraxtning balandligi 30 m gacha yetadi, shox- 
shabbasi keng, rivojlangan bo‘ladi. Barglari kashtanning bargini 
eslatadi, barglarining uzunligi 10 - 18 sm gacha, cho‘zinchoq 
elliptikdan sharsimon shaklgacha, yirik o‘tkir uchburchaksimon 
tishchali. Sovuqqa chidamliligi o‘rtacha. Qurg‘oqchilikka yetarli 
darajada chidamli emas. Chiroyli, o ‘ta manzarali daraxtlardan 
biri. Tanasi tekis, shox-shabbasi keng. Toshkent shahrida 
markaziy univermag atrofida, Bobur nomli istirohat bog‘ida, 
ToshDAU da va boshqa hududlami ko£kalamzorlashtirishda 
keng foydalanilgan sersoya daraxt. Yosh novdalari, kurtaklari va 
barglarining orqa tomoni sarg‘ish-kulrang qalin tuk bilan 
qoplangan. Barglari doim yashil saqlanadi, oddiy tuzilgan, 
navbat bilan joylashadi, oval yoki cho‘ziq-tuxumsimon, cheti 
o‘tkir tishchali, yuz tomoni to‘q yashil, yaltiroq, orqa tomoni 
qalin tukli. Yong‘oqlari 1-3 tadan bo‘lib, kalta bandli, birinchi 
yili yetiladi. May oyidan boshlab yozning o‘rtalarigacha 
gullaydi. Kuzda ikkinchi marta gullaydi. Shuning uchun bir tup 
daraxtda har xil muddatda yetiladigan yong‘oqlami ko‘rish 
mumkin.
Po‘kakli emanning yong‘og‘i tez ko‘karib chiqadi. Niholi 
original tuzilishi bilan boshqalardan farq qiladi Bu naycha yer 
tagida 20-30 sm gacha o‘sadi, so‘ng undagi kurtak una 
boshlaydi va yer ustiga boshlang‘ich poya chiqadi, ildiz otadi.
124


IVkakli eman 0 ‘rtayer dengizining g‘arbiy sohillarida va Janu- 
biy Yevropada: Fransiyada, Ispaniyada, Portugaliyada, Italiyada, 
Shimoliy Afrikaning janubiy hududlarida tarqalgan. MDH da 
Kavkaz va Qrimning subtropik rayonlarida ekiladi.
Po'kakli eman issiqsevar, yorug‘sevar o ‘simlik, sovuqqa 
chidamsiz, -15-17 °S sovuqdan zararlanadi. Nam va ohakli 
yerlarda yaxshi o‘sadi. Quruq tuproqda ham o‘sa oladi. Uning 
po‘stlog‘idan po‘kak olinadi. Bu emanni shimoliy rayonlarga 
introduksiya qilish katta ahamiyatga ega.Undan ko‘kalamzor 
hududlar barpo etishda keng foydalaniladi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin