0 ‘tkir bargli zarang va zarang turlari
(Acyer platanoides L)
Bargi to‘kiladigan, balandligi 30 m gacha yetadigan manza
rali daraxt. Tanasi silindrsimon, shox-shabbasi keng doira shak-
lida. Barglari qarama-qarshi joylashgan, panjasimon, uzunligi 6-
18 sm. Tez o‘suvchi tur (ayniqsa, birinchi 10 yilda)
tuproqning
unumdorligi va namligiga talabchan. Shahar sharoitiga (tutun,
gaz) yaxshi moslashgan. Urug‘dan va bachki novdalari bilan
ko‘payadi. Zaxarkunandalar bilan deyarli zararlanmaydi. Ushbu
daraxt kattaligi,
shox-shabbasinng chiroyliligi, tekis ustunsimon
tanasi, barglarining juda ham chiroyli ekanligidan ajoyib
manzarali ko‘rinish namoyon etadi. Yozda to‘q yashil,
kuzda
lo'q sariq tusli bo‘ladi. Ushbu daraxt ko‘chatlarini ko‘chalar va
bog‘lar atrofiga ekib borilsa, go‘zal landshaftga ega bo‘ladi.
Shuningdek, zarangning chinorsimon va kumushsimon bargli
turlari ham mavjud. Chinorsimon
zarang may oyida gullaydi,
soyaga chidamli bo‘lib, shaharlami ко‘ka]amzor 1 ashtirishda
keng foydalaniladi.
Kumushsimon bargli zarang ham o‘ta manzarali daraxt
bo‘lib, barglarining yuqori qismi och yashil,
pastki qismi
kumushsimon oq tusli. Gullari yashil rangli, bir yoki ikki to‘pli.
Toshkent shahrining ko‘pgina hududlarida,
jumladan, Amir
Temur xiyobonida, Shimoliy vokzal binosi ro'parasida,
Mustaqillik maydonida, Xotira maydoni atrofida ekilgan.
129
11.4-rasm. Manzarali zarang daraxtidan ko‘kalamzorlashtirishda
foydalanish.
Virgin archasi (Iunipyerus virginiana L)
Balandligi vatanida 30 m gacha, bizning sharoitimizda 12-
15m gacha yetadigan, doim yashil, manzarali, nina bargli daraxt.
0 ‘sishining birinchi yillarida,
nisbatan, sekin o‘sadi, keyinroq
esa o‘sishi tezlashadi. Issiqqa, qurg‘oqchilikka va soyaga chi
damli tur. Tuproqqa kam talabchan: quruq, kam unumdor tup
roqlarda, qumlarda, ohakli tuproqlarda va kuchsiz sho‘rlangan
tuproqlarda ham o‘sishi mumkin.
Chang va zararli
gazlarga, shamolga va qoming yig‘ilib qo-
lishiga chidamli. Shoxlariga ishlov berib har xil shakllar hosil
qilish mumkin.