Majnuntol (Salix babylonica L)
Bo‘yi 8-10 m, diametri 50-60 sm bo‘lgan daraxt. Po‘stlog‘i
bo‘yiga yorilgan, to‘q kulrang. Shoxlari uzun, ingichka bo‘lib,
ko‘pincha, pastga osilib turadi. Novdasi sariq-yashil yoki
qizg‘ish rangda. Kurtaklari mayda, o‘tkir uchli, yashil-qo‘ng‘ir
rangda. Barglari tor lansetsimon, bo‘yi 10-16 sm, eni 1-1,5 sm,
uchi o‘tkir, cheti mayda tishchali, ayrim vaqtlarda tishsiz. Yosh
novdasidagi barglari tukli, yuz tomoni tiniq yashil, yaltiroq, orqa
tomoni oqish yoki zangori rangda. Barg bandining bo‘yi 0,7-0,9
sm, bezsimon tukli, 15-30 ta yon tomiri bor. Yon bargchalari
lansetsimon yoki juvoldizsimon, o‘tkir uchli, cheti tishchali. Tkki
uyli daraxt. Kuchalasi ingichka, kalta bandli, tubida bargchalari
bor, gullari zich joylashgan, barg yozib bo‘lgandan so‘ng
gullaydi. Gul yon bargchalari ingichka, tuxum yoki lansetsimon,
uchki qismi uzun tukli. Bu tol qalamchadan yaxshi ko'payadi.
Majnuntol Mesopotamiyada tabiiy tarqalgan. Kavkazda va
Markaziy Osiyo respublikalarida manzarali o‘simlik sifatida
ariqlar, hovuzlar bo‘yiga ko‘p ekiladi. Shox-shabbasi egilib
152
o'sganligidan juda chiroylidir. Uning yana bir turi Xitoydan
kcllirilgan Matsudan tolidir
Uning barglari to‘q yashil rangda boiib, shox-shabbasi past-
ga osilib o‘sadi, nihoyatda ko‘rkam. Bulardan tashqari turkum-
ning Jung‘or toli (Salix songorica Rgl.), Turon toli (Salix
lurunica Nas.), Tyan-Shan toli (Salix tianschanica Rgl.)kabi
turlaridan o‘rmonchilikda va ko‘kalamzorlashtirishda keng
loydalaniladi.
Qrim qarag‘ayi(Pinus Pallasiana)
Balandligi respublikamiz sharoitida 20-25 mga yetadigan,
manzarali, nina bargli daraxt. Yorug‘sevar, sovuq va issiqqa
chidamli, lekin har xil zaharli gazlarga chidamsiz daraxt. Vatani
Qrim vodiysining tog‘li hududlari. Bugungi kun ko‘kalam-
/nrlashtirilishida bog‘-parklarda, xiyobonlarda, sayilgoh, o‘quv
maskanlari, yer maydonlarida keng foydalanilmoqda. So‘nggi
yillarda
mamlakatimizda
ko‘kalamzorlashtirish
sohasida,
ttNosan,
nina bargli daraxt turlaridan foydalanish keng tus olgan.
Shunday daraxt turlaridan biri Qrim qarag‘ayi (Pinus Ralla-
siana) dir. Vatanida balandligi 20-30 m(40 m)gacha yetadigan,
bir uyli manzarali daraxt. Shox-shabbalari yoshlik vaqtida
pirainidasimon, katta yoshda keng soyabonsimon shaklda. Nina
barglari 2 tadan joylashgan, ninasimon, biroz qayrilgan, uzunligi
У-1X
sm, to‘q yashil, juda zich joylashgan. Ushbu daraxt yuqori
lltonsidli daraxt. Tuproqqa talabchan emas, qumli, ohakli,
toshloq tuproqlarda ham yaxshi o‘sadi. Qurg‘oqchilikka
chidamli, yorug‘sevar tur. Ildizlari baquwat bo‘lganligidan
Hhamolga chidamli.
|