Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Lola daraxti (Liriodendron tulipifyera L)



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Lola daraxti (Liriodendron tulipifyera L)
Vatani Shimoliy Amerika bo‘lgan, yaproq bargli, manzarali 
dutuxt. Balandligi vatanida 50-60 m gacha yetadi. Iyun-sentabr 
oylarida och zangori rangda gullaydi. Guli shaklining ko‘rinishi 
bo'yicha lola guliga o‘xshaydi. Yorug‘sevar, sovuq va issiqqa 
tihidumli, tez o‘suvchi tur.
157


11.23-rasm. Manzarali lola daraxtidan foydalanish.
Chang va tutunga chidamli manzarali daraxt. Ko‘kalamzor- 
lashtirish sohasida keng foydalaniladi. Urug‘idan ko‘paytiriladi. 
Lola daraxtining urug‘i avgust oyining oxiri-noyabr oyining 
o‘rtalarida pishib yetiladi. Urug‘lari shamol ta’sirida daraxtdan 
80-150 m masofagacha uchib boradi va shu yo‘sin vatanida 
tabiiy ko‘payish xususiyatiga ega.
Bu daraxtning urug‘lari o‘z vatani iqlimlariga, tuproq sharo- 
itiga moslashgan bo‘lib, tabiiy ko‘payish imkoniga ega. 
Unumdor tuproqni yaxshi ko‘radi, rN 4.5-7.5 darajada bo‘lgan 
tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Urug‘ining uzunligi 3.5 dan 5-6 sm 
gacha, eni 0.8-1 sm gacha, urug‘ining rangi och jigarrang tusda. 
lkg urug‘ida 15000-18000 dona urug‘ bo‘lib, 1000 dona 
urug‘ining og‘irligi 49.7 gr. Ko‘ndalang kesilgan qanotchalari 
ichida ikki juft joylashgan, ulaming kattaligi 0.2-0.3 mm dan 
iborat.lpog.m da 200 dona urug‘ ekiladi.
Oqtol (Salix alba L)
Tol turkumi ichida eng yirigidir. Bo‘yi 30m ga, diametri 2m 
ga yetadi. Po‘stlog‘i kulrang, bo‘yiga yorilgan bo‘ladi. Shox-
158


nhabbasi keng va yumaloq, kurtaklari yotiq, tukli. Novdasi 
ipaksimon tukli, shoxlari esa tuksiz. Barglari lansetsimon tuzil­
gan, cheti mayda tishchali, o‘tkir uchli bo‘lib, asosiy tomirlari 
yonida ipaksimon tuklar bor. Ular yozning o‘rtalarida to‘kilib 
ketadi, biroq pastki tomonida biroz saqlanib qoladi. Oqtol barg 
yo/.ish bilan bir vaqtda yoki biroz keyinroq gullaydi. Gullari 
kuchala hosil qilib, siyrak joylashadi, gul poyasi tukli, uning 
tubida kulrang bargchalar bor. Gulyon bargchalari bir xil rangda. 
Urug‘chisi qisqa ustunchali, ikki qismga ajralib turadigan 
lumshuqchali. Mevasi 25-30 kunda yetiladi. Bu tol, asosan, 
urug'idan yaxshi ko‘payadi. To‘nkasidan novda chiqarib 
tiklanadi, poyasidan ham ko‘payadi.
Kuzning oxiriga kelib barglari sarg‘ayib, qurib qoladi. 
To'ukasidan ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi. Uni qalamchadan 
ko’paytirish ham mumkin.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin