32
4.1 – rasm. Uskunalar paneli.
Buferli almashtirish (Буфер обмена) – bu matnni bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chirish, matnni kesib (olib) tashlash va matn formati bo‘yicha obraz olish uchun
ishlatiladi (4.2 – rasm).
Yodda tuting! Microsoft Word dasturi uskunalaridan
foydalanganda birinchi
navbatda matnning kerakli maydoni belgilab olinadi. Bunda kursor belgilanish kerak
bo‘lgan matn boshiga olib kelinadi va sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan
holda sichqoncha matn bo‘ylab harakatlantiriladi.
Demak matnni ko‘chirib olish uchun yoki olib tashlash uchun uni belgilash lozim.
Buferli almashtirish (Bufer obmena) yordamida matnlarni ko‘chirib
olishda
“Копировать”, olib tashlashda “Вырезать”, ko‘chirilgan matnni biron yerga
qo‘yishda “Вставить” tugmalaridan foydalanamiz.
4.2 – rasm. Buferli almashtirish bo‘limi
Masalan “Avtobiografiya” bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda quyidagi ketma –
ketlikdan foydalanamiz.
Avtobiografiya so‘zini belgilanadi (sichqoncha yordamida)
Buferli almashtirish bo‘limidan “Копировать”
tugmasi bosiladi
Kursor matn ko‘chirilmoqchi kerak bo‘lgan joyga olib boriladi