Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-mavzu: Oziqaning sifati, miqdori va hazm bo’lishi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə20/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

9-mavzu: Oziqaning sifati, miqdori va hazm bo’lishi

Reja

  1. Oziqa sifati

2.Oziqa miqdori va hazm bo’lishi.

Qishloq xo’jalik hayvonlarining irsiyatida mujassam bo’lgan yuqori mahsuldorlik hususiyatlarini ro’yobga chiqarishda ozuqaning katta ahamiyati bor.

Ipak qurti ozuqasining tarkibiga asosan quyidagi kimyoviy elementlar: uglevod, kislorod, vodorod va azotlar kirib, bular ikki: neorganik va organik guruhlarga bo’linadi.

Hamma o’simlik va havon to’qimalari suv va quruq moddadan tashkil topgan. Quruq moddalar organik modda va kuldan iborat. Organik modda tarkibiga turli azotli va azotsiz birikmalar kiradi. Azotlilarga oqsillar va azotli birikmali oqsilsiz xarakterdagi birikmalardan tashkil topgan. Azotsiz birikmalarga uglevod va yollar kiradi.

Tut bargining ozuqali sifati har xil bo’lib, u daraxtining navi, jinsi, yoshi, o’sish sharoiti, ekspluatatsiyasi v.b. xususiyatlariga bog’liq.

Bargning ozuqali sifati uni ipak qurti tomonidan eyilishi va hazm qilish darajasi hamda pirovard natijada ipak massasini hosil qilish miqdori bilan belgilanadi. Binobarin, bargning miqdori va oziqlik sifati bilan uni iste’mol qilgan qurtning ipak bezi kattaligi hamda o’ragan pilla massasi va ipak miqdori o’rtasida uzviy munosabat-aloqadorlik mavjud.

Barg sifati murakkab tushuncha bo’lib, u bargning fizik xossalari va tarkibidagi kimyoviy elementlarning miqdorigagina emas, balki sifati hamda ularning o’zaro nisbatiga ko’p jihatdan bog’liqdir. SHuning uchun hozirgi vaqtda barg tarkibidagi oqsil va qand moddalarining miqdori bilan bir qatorda uning sifati ham bioximik usullar yordamida tekshirilmoqda.

Bargning oziqlik qiymati 3 xil usulda: biologik, ya’ni qurt boqish orqali, kimyoviy–barg tarkibidagi elementlarni aniqlash, fizikaviy–bargning fizik xossalarni belgilash orqali aniqlanadi. Bularning ichida biologik usul asosiy hisoblanib, qolgan ikki usul birinchisi uchun qo’shimcha ma’lumot olishga hizmat qiladi.

Bargning oziqlik qiymati olingan ipak hosilining qurtga berilgan oziqa birligi; to’yimligi–olingan ipak hosilining 1kg eyilgan bargga nisbati; eyilishi–berilgan bargga nisbatan egan barg foiz miqdori olinadi.

Bargning eyilish koeffitsienti A.G.Kafian usuli bo’yicha quyidagicha aniqlanadi:

h

bunda h –eyilish koeffitsienti,

g –eyilish barg va f –berilgan barg miqdori.

Bargning oziqlik sifati erkak daraxtlarda urg’ochi daraxt barglariga nisbatan yuqori bo’ladi (10-jadval).




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin