SHamollatish. Qurtxonani shamollatish qurtlarda modda almashish jarayonida ajratilgan gazsimon mahsulotlarni ortiqcha namlikni va buzilgan havoni tozalash maqsadida olib boriladi. Bundan tashqari, shamollatish bino haroratiti va namligini boshqarishga yordam beradi.
SHamollatishni tut ipak qurti mahsuldorligiga ta’sirini, dastavval Italiya olimi Dandolo o’rgandi, bir partiya qurtlarni yopiq binoda, ikkinchi partiyani normal sharoitda yaxshi shamollatish sharoitda boqdi, yopiq xonada boqilgan qurtlardan bir quti hisobida 1,2 kg, yaxshi shamollantirilgan qurtlardan – 48 kg pilla olgan.
Qurtxona havosi tarkibida karbonat angidrid 0,2% dan oshmasligi kerak.
O’tkazilgan tajribalarga ko’ra 1kg qurt bir soatda 0,87 g karbonat angidrid gazi ajratadi. 1g da taxminan /zotiga qarab/ 2000-2500 dona qurt bo’lishi mumkin. 1 quti qurtda /19 g da/ o’rtacha 45000 dona qurt bo’lsa, beshinchi yoshning oxirida bitta qurtning og’irligi 5g, demak bir quti qurtning og’irligi 45000 x 5q225,4 kg. Bir sutkada 22540 x 0,87 x 24q4698 g karbonat angidrid gazi ajratadi. 1 litr gazning og’irligi 1,976 grammga teng. Demak 1 quti qurt 1 sutkada 2377 litr gaz ajratadi. Havo tarkibidagi gaz 0,1-0,2 foizidan oshmasligi uchun 1 quti qurtga bir sutkada 2377 metr kub havo olishi kerak. Bundan tashqari qurt boqishda ishtirok etuvchi xizmatchilarni ham e’tiborga olish shart. O’rtacha bitta odamga bir soatga 500l., bir sutkada esa 12 metr kub havo talab etiladi. Demak, 100 metr kub hajmli binoni 1 sutkada tahminan 24 marta havosini almashtirish kerak.
Beshinchi yoshdagi 1 qurt bir sutkada 728 mg suvni porlatadi. Demak 1 quti qurt beshinchi yoshda bir sutkada 45000 x 728 mg q 32,76 kg suv porlatadi.
1 metr kub absolyut quruq havo 200 darajada 10g ga yaqin suv porlarini singdiradi /yutadi/. Agarda, qurtxonaga kirayotgan havo tarkibida 50 foizga yaqin namlik bo’lsa deb hisoblasak, unda xonadan chiqayotgan havo to’liq to’yingan, ya’ni har bir metr kub havo qurtxonadan chiqayotib 5g namlikni olib ketadi. Bunda 1 quti qurtni bir sutkada havoga bo’lgan talabi qurt beshinchi yoshida:
31000 : 5 =6200 metr kub bo’ladi
Qurtlarga berilgan tut barglari ham suvni parlatadi. SHuning uchun, beshinchi yoshdagi 1 quti qurt uchun bir sutkada 10000 metr kub havo kerak.
Qurtxonaga har bir sekundda quyidagi miqdorda havo berish kerak:
10000 m3 : /24 x 60 x 60/= 0,115 m3
SHuncha miqdordagi havo shamollatish teshigi orqali o’tkazish kerak. SHamollatish teshigi diametri katta bo’lsa, shamol harakati tezligi kam bo’ladi. Havo harakati bir sekundda 0,5m da shamollatish teshigi:
0,115 : 0,5 = 0,23 m2
ya’ni har bir quti beshinchi yoshda boqilayotgan qurtlarga bitta 0,5 x 0,5 q 25 m2 hajmda shamollantirish truba kerak.
Qurtxona havosini to’liq almashtirish davomati, tashqi muhitning gigrotermik rejimiga, shamollanish moslamalariga bog’liq.
Prof. N.Axmedovning «SHamollantirishni tut ipak qurti mahsuldorligiga ta’siri» ilmiy ishi /1971–1999 yy/ havo almashinuvini tashqi muhitning gigrotermik sharoiti va shamollatish uslubiga bog’liqligi /6 jadval/ va qurtxonada havo almashtirish jarayonni ipak qurtining biologik ko’rsatkichlari va pillaning texnologik xususiyatlariga ta’siri /7-jadval/ etishini isbotlab berdi.
Agrotexnika qoidasiga ko’ra qurtxona havosini to’liq almashtirishda shamollashtirish muddati tashqi muhit haroratiga qarab 20 minutdan 30 minutgacha vaqt davomida bo’lishi kerak.
Isitilmagan qurtxonada havo almashinish muddatini ichki va tashqi haroratga va shamollatish usuliga bog’liqligi 17-jadvalda berilgan /N.Axmedov 1989 yil/.
Qurtxona havosini to’liq almashinuvini ta’minlash uchun shamollatishni mahsus moslamalar yordamida o’tkazilishi maqsadga muvofiq. Soatiga 260 m3 havoni tashqariga tortib chiqaradigan VK-3 markali elektroventilyator sinab ko’rildi. Kuzatishlar natijasida qurtxonaning katta-kichikligi, hajmi va qurt yoshiga qarab havo oqimi tezligini 0,12 – 0,15 m/sek dan 0,22-0,25 m/sekundgacha bo’lishi havoni to’liq almashinishi uchun me’yorda bo’lishligi aniqlandi. Hozirgi kunda respublikamiz jamoa xo’jaliklarida ipak qurtlari 25-270S da boqilmoqda. Harorati 260S bo’lgan qurtxonadagi havoni to’liq almashtirishni VK-3 elektroventilyator yordamida, havo harakati tezligini 0,12-0,15 m/sek ga yetkazib, o’rta hisobda 40 minut davomida amalga oshirish mumkin. Bunda shamollatish davri qurtxonadagi harorat bor yo’g’i 0,5–0,60S ga pasayadi, uni oldingi holiga keltirish uchun esa 21-22 minut vaqt sarflanadi. Qurtxona havosi 0,22-0,25 m/sek, tezlik bilan shamollatilganda havoni to’liq almashinishi uchun 25 minut vaqt ketadi va harorat bu davrda 0,30S, namlik 2,5% ga pasayadi. Uni oldingi xoliga keltirish uchun 25 minut vaqt sarflanadi. Bundan tashqari bu yerda tashqi havoning harorati va namligining yuqori yoki past bo’lishini ahamiyati yo’q. Qurtxona havosi oddiy usulda, ya’ni eshik yoki derazani ochish yo’li bilan shamollatilganda havoni to’liq almashinishi uchun 64 min vaqt ketgan va harorat 2-3S0 ga, namlik 9-13% ga pasaygan bo’lib, uni oldingi xoliga keltirish uchun 53-56 minut vaqt sarflanadi /N.Axmedov 1999 y ma’lumoti/.
Qurtxonada harorat va namlikni bir me’yorida tarqalishi qurtxona turlariga, isitish va shamollatish usuliga bog’liq bo’ladi. Etajerkalarning pastki va yuqori qavati oralig’ida haroratning farqi 1,5 – 20S yoki har bir metrga 0,75 – 1,00S, katta xonalarning gorizontaliga 2-3S0 tashkil etadi. Haroratning o’zgarishi qurtxonalarning turli joylarida turlicha bo’lib, eshik, oyna shamollatgich korpusi isitish sistemalarning joylashishiga bog’liq bo’ladi. 18-jadval.
Dostları ilə paylaş: |