Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə26/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Maxsus qurtxonalar. Xo’jaliklarda pillachilikni rivojlantirish, ipak qurtlaridan olinadigan pilla hosili va sifatini yanada oshirish maqsadida qurtlarni mahsus qurtxonalarda boqishga o’tish va zamonaviy qurtxonalar qurishga e’tibor berilmoqda. CHunki respublika Vazirlar Mahkamasi bu to’g’rida 1998 va 2000 yillarda mahsus qarorlar qabul qildi.

Mahsus qurtxonalardan nafaqat qurt boqish davrida, balki pillalarni yig’ishtirib olgach, mahsulotlarni saqlash, chorva mollarini boqish, paxtani quritish va don mahsulotlarini saqlashda keng ko’lamda foydalanish mumkin.

Mahsus qurtxonalarda qurt boqish uchun xonalar, barg tayyorlash va saqlash, pilla o’rash hamda navlarga ajratish, qurt boqishda ishlatiladigan asbob-anjomlarni saqlash, dam olish va boshqa xonalar bo’lishi mumkin.

Qurtxona tutzorlarning yonida va katta yo’lga yaqin joyda qurish ma’qul. Qurish joyi tanlashda iqlim sharoiti, qaysi tomonga qaratib qurishga e’tibor berish kerak. Qurtxona atrofiga shamol va quyosh nuridan saqlash uchun 2-3 qator daraxt ekiladi.

Bir quti qurt boqilganda 285-300 kg yaqin tezak va 600 kg yaqin g’ana chiqindi sifatida chiqarib tashlanadi. Bu chiqindilarni tashlash uchun qurtxonadan 150-200 m uzoqlikdagi masofada 10 quti qurt uchun 1m3 hajmdagi chuqur xandak va g’ana navdalarini saqlash uchun 30m2 ga yaqin joy kerak. Qurtxona yaqinida, barglarni saqlash xonasi va ayniqsa yozgi qurt boqish davrida yuvish uchun tabiiy suv manbai bo’lish kerak.

Qurtxonani qurayotgan vaqtida qurt boqish qoidasi va agrotexnikasiga rioya qilgan holda 1 quti qurt boqish uchun 60-70m2, oziqalanish, 18-20 metr qo’shimcha maydon bo’lishi zarur.

Samarqand tumanidagi 12 qutiga mo’ljallangan mahsus /namunali/ qurtxona qurilgan bo’lib, unda kattaligi 16x10,5 m, balandligi 4m bo’lgan to’rtta qurt boqish xonasi, o’rtasida 10,5x8m kattalikdagi barg saqlash xonalardan iborat. Qurt boqish xonasida har bir tomonida 1,3x1m kattalikda deraza oynalar joylashgan. Tagi yer-pol va tomi somon loy bilan qoplangan. Devori 1,5 xom g’ishtdan yasalgan, yaxshi suvalgan va oqlangan.

Har bir xonada 2,5 m uzunlikda, balandligi 3m ko’mir yoki gazda yoqiladigan va teshigi tashqarida joylashgan pechkalar o’rnatilgan. Binoning devorida 30x30 sm li 6tadan shamollatgich teshiklar, bundan tashqari 6ta so’rg’ich trubalar mavjud.

Qurtxonada qurtlarni joylashtirish uchun 2 qator 4 qavatli, stellajlar qurilgan. Stellajlarning eni 2,25 m, qavatlar oralig’i 0,6 m, devordan 0,7 m, stellajlar oralig’i 1,5 m qilib joylashtirilgan.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin