Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-mavzu: Ipak qurtini boqish usullari. Kichik yoshdagi ipak qurlarini boqish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə34/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

12-mavzu: Ipak qurtini boqish usullari. Kichik yoshdagi ipak qurlarini boqish.

Reja

  1. Jadal usulda ipak qurtlarini boqish

2. O’zgaruvchan haroratda boqish usuli.

3. Plyonka ostida qurt boqish.

Odatda qurt boqish davri 26-30 kun davom etadi. Qurt boqish davrini 21- kungacha qisqartirishga «jadal» usulda qurt boqish deb nomlanadi.

Jadal usulda qurtni boqishni birinchi marta rus olimi A.F.Rebrov qo’llab, qurtlik davri 23 kun davom etgan.

Haroratni ma’lum chegarada ko’tarish natijasida, qurtlik davrini qisqartirish mumkinligi aniq. O’zbekiston pillachilik fani olimlari 30-35 darajada qurtni boqib, 24 kunda tugangan. Rus olimi Jmuydzinovich V.N. 25-300 qurtni, tut navdalarini suvda xo’llab boqib, qurtlik davri 19 kunda tugagan. Lekin bu natijalar yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lmagan, ya’ni hosildorlik kamayib, pilla sifati pasayib ketgan.

1 quti qurtni boqish uchun 40 ishchi kuchi talab etiladi. Agarda, bir qutidan 50 kg pilla hosili olinsa, 1 kg xom pilla olish uchun 0,8 ishchi kuchi sarflanadi.

Ipak qurtining qurtlik davrini qisqartirish, ishni to’lri tashkil etish orqali, mehnatni kam sarflab yuqori hosil olish mumkin.

Gurjistonlik O.N.Ayvazashvili, kichik yoshdagi qurtlarni 24-250, namlik 65-75%, tez-tez shamollatib, kechqurun ham oziqlantirib, 20-23 kunda, har bir qutidan 80 kg pilla hosili olgan.

Respublikamizda illor pillakorlar mo’tadil harorat va namlikda, ya’ni oddiy usulda qurt boqib, 25 kunda qurtlarni pilla o’rashga kirishishiga erishganlar.

Buxorolik Xurmat Teshaeva va Farlonalik maktab o’qituvchisi Aliyaxon Sultanova tut ipak qurti boqishni yangi agrotexnikasini joriy etdilar. Ularning jadal usulining negizida qurtning kichik yoshlarida haroratni ko’tarish, namlikni pasaytirish ozuqa berish miqdorini oshirish, qurtxonani tez-tez shamollatib turishdan iborat bo’lgan. Natijada qurtlik davri 20-21 kun davom etib, har bir quti qurtdan 90-95 kg gacha hosil olishga erishdilar.

A.Sultanova va X.Teshaevaning usullari 31-jadvalda keltirilgan. A.Sultanovaning, X.Teshaeva usulidan farqi, kichik yoshlarida qurt boqishda qurtxonani yoritish. Pilla o’rash uchun alohida xonani ajratish, haroratni 10 darajada past tutish bilan farq qiladi.

31-jadval



Jadal usulda qurt boqish agrotexnikasi

Boqish rejimi

Yoshlari

Pilla o’rash

1-chi

2-chi

3-chi

4-chi

5-chi

A.X.Tishaeva usulida

1. Harorat (daraja)

28-30

28-30

27

27

24

22

2. Havoning namligi (%)

50-55

50-60

55-65

55-65

65-75

65-75

3. 1 kunda shamollatish miqdori

Bir kunda 6-8marta

4. Qurt boqish maydoni (m2)

2

6

12

25

50

60

5. 1 kunda barg berish miqdori, shundan

16-17

16-17

12

10

8

-

Kechqurun

4

4

3

3

-

-

6. G’anani olish miqdori

-

1

1

1

2-3

-

7. Yoshlarining davomati (sutka)

2,5

2,5

3,5

5,5

7

-

B.A.Sultonova usulida

1. Harorat (daraja)

28-29

28-29

27-28

27-28

22-23

21-23

2. Havoning namligi (%)

50-60

50-60

55-65

55-65

60-70

60-70

3. 1 kunda shamollatish miqdori

12

12

12

12

12

12

4. Yoritish

Kechqurunlari bir xilda yoritish

5. Qurt boqish maydoni (m2)

2

6

12

25

60

60-70

5. 1 kunda barg berish miqdori, shundan

12

12

12

10

8

-

Kechqurun

4

4

3

3

-

-

6. G’anani olish miqdori

-

1

2

2

3

-

7. Yoshlarining davomati 1soat

40

42

59

74

168

-

O’zgaruvchan haroratda boqish usuli. Doimiy haroratni ko’pchilik qurtxonalarda ertayu-kech saqlab turish amalda juda qiyin. Tabiiy sharoitda ipak qurti o’zgaruvchan haroratda yashashga moslashgan. Kunlik haroratning o’zgarishi tut ipak qurtiga ijobiy ta’sir etadi. Gurjiston ipakchilik instituti olimlari kunduzi 25-260, kechqurun 19-200da boqib, yuqori biologik ko’rsatkichlarga va pilla hosili oshirishga erishganlar.

O’zbekiston ipakchilik ilmiy tekshirish institutining olimlari kundalik o’zgaruvchan haroratni tut ipak qurtining rivojlanishiga va hosiliga ta’sirini o’rganib, yaxshi natijalarga erishdilar. Qurt boqish davrida kunduzi haroratni ko’tarish qurtlarni rivojlantirishini tezlashtiradi.

O’zgaruvchan harorat usulda boqish oddiy usulga nisbatan qurt boqishda bir necha kunga qisqarib, mehnat va yoqilli kam sarf bo’ladi. Oq pillali zotlar uchun O’rta Osiyo sharoitida L.F.Rojdestvenskaya quyidagi o’zgaruvchan harorat usulini taklif etadi /32-jadval/.

32-jadval



O’zgaruvchan haroratda qurt boqish usuli

SHaroitlar

Qurt boqish davrida

Pilla o’rash davrida

1-yoshi

2-yoshi

3-yosh

4-yosh

5-yosh

1. harorat a)ertalab soat 5-7dan kech 9-11 gacha

27-28

27-28

26-27

25-26

23-24

24-25

b)ertalab soat 5-7 gacha

21-22

21-22

21-22

22-23

23-24

24-25

v)po’st tashlash davrida

25-26

25-26

24-25

24-25

-

-

2. Havoning nisbiy namligi (%)



















a)kunduz kuni

60-65

60-65

60-65

65-70

65-75

65-75

b)kechqurun

65-70

65-70

65-70

65-70

65-75

65-75

3. Oziqlantirish miqdori:



















a)kunduzi

9

9

6

5

4

ozdan

b)kechqurun

-

-

-

2

2

Barg berib turish

4. SHamollatish

Har bir oziqlantirish oldidan shamollatish

5. G’anani almashtirish miqdori

-

1

1

2

2-3

Extiyotga qarab

6. Ozuqani berish shakli

To’lralgan

Butun barg

Kichik shoxchalar

SHoxcha va navdalar

Yirik navdalar

Kichik navdalar

Hozirgi kunda O’zbekiston ipakchilik ilmiy tekshirish instituti va Toshkent Davlat agrar universiteti ipakchilik kafedrasining olimlari tomonidan takomillashtirilgan jadal usulida qurt boqish usuli qo’llanmoqda. Bunda birinchi va ikkinchi, uchinchi yoshlarida 26-270 S, namlik 65-75%, to’rtinchi yoshida 25-260 S, beshinchi yoshida 24-250S, pilla o’rash davrida 250S. Namlik esa 60 - 65%.

Takomillashtirilgan jadal usulning boshqa usullar bilan taqqostirilgan xoldagi natijalari quyidagi 33-jadvalda berilgan.

33-jadval

Boqish usuli

Qurt boqish davomati kun

Hayotchan

ligi, %


Pilla olirligi, g

Pilla hosili, kg

Pilla qobili ipak

CHanligi, %



quruq pilla

ning ipak

chan

ligi, %


X.Teshaeva jadallashti

rilgan usuli



23,1

71,7

2,21

68,3

21,1

49,50

A.Sultanova jadallashtir

gan usuli



24,3

72,1

2,17

67,5

21,0

49,50

L.F.Rojdestvenskiy haroratni o’zlashtirish usuli

26,6

74,1

2,17

69,4

20,8

48,81

Takomillashtirilgan usul

24,3

77,5

2,17

72,5

21,5

49,65

Oddiy usul

27,6

76,3

2,08

68,5

21,4

49,52

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, takomillashtirilgan jadal usulda qurt boqish yaxshi natija bergan, qurtlik davri 1-1,5 kunga qisqargan, pilla hosili, o’rtacha olirligi, ipak miqdori 4-5 foizga oshgan.



Plyonka ostida qurt boqish.

Oddiy sharoitda qurt boqilganda tut barglarining namligi tezda kamayib quriy boshlaydi. SHuning uchun ham pillakorlar tayyorlangan tut barglarini ho’llangan choyshab bilan yopib qo’yadi.

Tut barglarini xo’llangan choyshab bilan yopib qo’yilsa undagi namlik miqdori birmuncha yaxshi saqlanib eyilish foizi ortadi.

SHulardan kelib chiqib va qurtlarni namlikka bo’lgan talabini e’tiborga olgan xolda kichik yoshdagi qurtlarni xo’llangan choyshab yoki plyonka tagida boqilsa yaxshi natija beradi. Masalan, qurtlarni xo’llangan choyshab tagida boqilganda bir kunda 9-10 marotaba barg berishni o’rniga 4-5 marotaba oziqlantirilsa kifoya bo’ladi. CHunki xo’llangan choyshab tagida namlik yuqori bo’lib, harorat birmuncha tekis turadi. Natijada barg o’z namligini tezda yo’qotmaydi. Bu bilan qurtlarga beriladigan barg miqdori va ishchi kuchini iqtisod qilinadi.

Keyingi yillarda ipak qurtlarini plyonka ostida boqish ishlari keng qo’llanilmoqda. Ayniqsa 1-2 yoshdagi qurtlarni shu usulda boqilganda ijobiy natijalar beradi. CHunki qurtlarga barglarni to’lrab berilganda u qurtxona issiqligidan tez quriydi va berilgan bargning 75-85% lanaga aylanadi. Agar qurtlar plyonka ostida boqilganida ertalab to’lrab berilgan barg kunduzi soat 12-13 gacha, kunduzi berilgan barg kechgacha va kech soat 18-19 larda berilgan barglar kechasi 23-24 gacha so’limaydi va qurtlar yaxshi iste’mol qiladi. Natijada bir kunda 9-10 marotaba barg berish o’rniga 3-4 marotaba berilsa kifoya bo’ladi.

Plyonka ostida qurt boqish usulidan yozgi va kuzgi qurt boqish mavsumlaridan foydalanilsa yaxshi natijalarga erishiladi. Bunda qurtlarga berilgan barg tezda so’limaydi, lana kam chiqadi, tut bargi va ishchi kuchi kam sarflanadi va nihoyat iqtisodiy foyda ko’riladi.

Qurtlarning 1,2 va 3-chi yoshlari kichik yoshdagi qurtlar deb ataladi, chunki bu yoshlarida qurtlar kichchik va nozik bo’lib, ular kam miqdorda oziqlanish maydoni talab etilib kam ovqat eydi, lekin katta yoshdagi qurtlarga nisbatan yuqori xaroratga talabchan bo’ladi. SHuning uchun kichik yoshdagi qurtlar faqat isitiladigan xonalarda boqiladi. CHunki erta baxorda xavo salqini ba’zan sovub ketishi tez-tez uchrab turadi.

Kichik yoshdagi qurtlarni parvarish qilishga katta e’tibor berish kerak. Noqulay sharoitda boqilgan qurtlarning katta yoshlarida hayotchanligi pasayishi va tez kasallanishiga ta’sir etadi. Yaxshi sharoitda boqilgan qurtlarning qurtlik davri qisqarib, hayotchanligi pilla olirligi va ipakchanligi ortadi.

Kichik yoshdagi qurtlarni to’yimli yosh barglar bilan boqish tavsiya etiladi. Birinchi va ikkinchi yoshlarida qurtlarni boqishda uddalash va e’tibor, ziyraklik talab etiladi. Bu yoshlardagi qurtlarni boqishdagi asosiy qiyinchilik ozuqani tez-tez berishdir. Bunda barg tez quriydi (26-jadval), qovjiraydi, qalin lana hosil qiladi, qurtlar lana ostida qolib, oziqlana olmaydi, rivojlanishidan orqada qoladi va ko’pincha lana bilan 30-40% gacha qurtlar tashlab yuboriladi.

Ozuqani bir tekisda, qurt boqilayotgan satxda berish kerakki, har bir qurt yangi bargga o’ta olishga imkoniyat yaratish kerak.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin