Savollar
1.Katta yoshdagi yoshdagi ipak qurtlarini oziqlantrish tartibi
2. Katta yoshdagi ipak qurtlarini g’analash tartini ayting
14-mavzu: Qurt boqishni mexanizatsiyalash.
Reja
1. Ozuqa va barg tayyorlashda ishlatiladigan mexanizmlar
2.Suniiy dasta tayorlashni mexanizmlar
Bir quti qurtni boqish uchun, asosan qo’l mehnati kamida 40 ishchi kuchi sarflanadi. Agarda o’rtacha bir quti qurtdan 50 kg dan hosil olinsa, 1 kg xo’l pilla uchun sarf etilgan mehnat 0,8 ishchi kuchini tashkil etadi.
Pillani tan narxini arzonlashtirish va ishchi kuchini kam sarflash maqsadida qurt boqishni mexanizatsiyalash ustida ish olib borilmoqda.
1950 yillardan keyin qurt boqish jarayonni to’liq mehanizatsiyalash maqsadida maxsus mexanizatsiyalashgan qurtxonalar qurish rejalantirildi, ammo bu moslamalar juda ham qimmatga tushdi, bundan tashqari qurt boqish uchun qurilgan kombaynlar, konveerlar va uskunalar qurtlarni ko’plab nobud qildi. SHuning uchun keyinchalik amalda qo’llaniladigan oddiyroq, har bir jarayon uchun, ya’ni barg kesish va tayyorlash, dasta tayyorlash, pillalarni terish hamda tozalash uchun dastgoh va mexanizmlar ishlab chiqildi.
Ipakchilikda eng qiyin jarayonlardan: oziqa tayyorlash, qurtni boqish, g’analash va pilla terishdir. Bu jarayonlarda taxminan 90% ishchi kuchi sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: |