17.1. Mavzu Ipak qurtining takroriy qurt boqishga mo’ljallangan zot va duragaylar.
Reja
1. Takroriy qurt boqish agrotexnikasi.
2. Takroriy qurt boqishga mo’ljallangan zotlar.
Takroriy qurt boqishda sof monovoltin zotlarini boqish maqsadga muvofiq emas, chunki monovoltin sof zotlari yozgi qurt boqish davrida ko’p nobud bo’ladi. Bivoltin zotlari va ularning duragaylari takroriy qurt boqishda chidamlidir. Bivoltin zotlarining qurtlik davri qisqa, pillalari kichik va engil. SHuning uchun bivoltin zotlarini monovoltin zotlari bilan duragaylashtirilgan zotlar boqiladi. CHunki ularning xayotchanligi va hosili yuqori / 36-jadval SH.R.Umarov ma’lumoti – 1999 y. 36-jadval
№
|
Zot va duragaylar
|
Hayotchanli
gi, %
|
O’rtacha olirligi
|
Pillaning ipakchanli
gi, %
|
Pilla, g
|
Pilla qobili, mg
|
1.
|
ORZU
|
74,6
|
1,71
|
372
|
21,7
|
2.
|
YuLDUZ
|
75,0
|
1,64
|
364
|
22,2
|
3.
|
ASAKA
|
79,7
|
1,32
|
293
|
22,3
|
4.
|
MARHAMAT
|
76,4
|
1,30
|
286
|
22,0
|
5.
|
ORZU x ASAKA
|
84,2
|
1,63
|
358
|
21,9
|
6.
|
YuLDUZ x MARHAMAT
|
82,4
|
1,58
|
355
|
22,4
|
Hozirgi kunda respublikamizda boqilayotgan monovoltin sof zotlari «Asaka», «Marhamat» va bivoltin zotlaridan «Yulduz» va «Orzu» hamda ularining duragaylari takroriy qurt boqish uchun tavsiya etilgan. Orzu x Asaka va Yulduz x Marhamat duragaylar oldingi takroriy qurt boqishda foydalangan SANIISH E1 x SANIISH E2, SANIISH III x Belokokonnaya E1; SANIISH 9 x Bivoltin TashSXI P2 kabi duragaylarning biologik va xo’jalik ko’rsatkichlaridan ancha ustun turadi va talabga javob beradi.
Takroriy qurt boqish agrotexnikasi.
Takroriy qurt boqish uchun tuxum /urug’/ bahorgi boqilgan pillalaridan /kapalaklaridan/ tayyorlanadi. Bundan tashqari, o’tgan yilgi yozgi qurt boqish davrida tayyorlangan tuxumlarni sovutgichlarda saqlab foydalaniladi. Agarda ko’klamda boqilgan qurtlar kapalaklaridan olingan tuxumlardan foydalanilmoqchi bo’lsa, bunday tuxumlarga xlorid kislota bilan ishlov beriladi.
Tuxumlarni jonlantirish, ya’ni inkubatsiya qilish uchun tezda issiqlikni o’tkazmaydigan, pishiq lisht, paxsa yoki xom lishtdan qilingan qalin devorli binolar tanlanadi. Bunday binolar ichida harorat va namlik tezda ko’tarilib yoki pasayib ketmaydi, ya’ni ma’lum bir mo’tadil sharoitni ushlab turish imkoniga ega bo’ladi. Takroriy qurt boqish uchun urug’larni jonlantirishni boshqa tartib va qoidalari bahorgi inkubatsiyaga o’xshash bo’ladi.
Takroriy qurt boqish agrotexnikasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, yozning issiq kunlarida mo’tadil harorat va namlikni ta’minlovchi qalin devorli qurtxonalar talab qilinadi. Qurtxonalarni unchalik baland bo’lmagan 1-2 qavatli /birinchi qavati pol sathidan 40-50 sm/ so’ri va so’kchaklar bilan ta’minlash, bahorgi qurt boqishda foydalangan bino va asbob-anjomlarni 4 foizli formalin eritmasi va monoxloramin bilan zararsizlantirish /dezinfektsiyalash/ hamda asosan tut daraxtlaridan oqilona foydalanish zarur bo’ladi. CHunki kuzda tut bargi dalallashib sifati pasayadi. Yuqori harorat ipak qurtining rivojlanishini tezlashtirib, ovqatga bo’lgan talabni oshiradi va organizmdagi namlikni ko’p yo’qotadi. Qurt boqish davrida qurtxonadagi havo namligini me’yorida saqlashga e’tibor berish zarur.
Bir quti qurtni boqish uchun kamida 60-70m2 joy talab etiladi. Yilning issiq kunlarida ipak qurti kunduz kunlari kam ovqat eydi. Bahorgi qurt boqishdan farqi ipak qurtlari kunning salqin vaqtlarida, ya’ni ertalab va kechqurun ko’p barg iste’mol qiladi.
Yozda qurtlar ko’proq turli xil kasalliklar bilan kasallanadi. Ko’pchilik kasalliklarni qo’zlatuvchi mikroorganizmlar jarohatlangan teri orqali yuqadi. Qurtlar zich boqilganda tirnoqlari orqali bir-birlarining terisini tez jarohatlaydi. SHuning uchun boqish sathi qanchalik katta bo’lsa, qurtlar shunchalik yaxshi va sollom o’sadi.
Qurtxona harorati qurt boqish davrida 250, havo namligi 70-80 foiz bo’lish kerak.
Respublikamizning janubiy tumanlarida bunday sharoitni yaratish uchun tunda qurtxonalarni sovitib, butun kun davomida shu haroratni saqlashga xarakat qilish kerak. Buning uchun kech soat 210 larda qurtxonaning eshik derazalarini ochib, qurtxona poli sovuq suv bilan artiladi va atrofga suv sepilib, butun kech davomida eshik oynalarini ochiq qoldirish kerak. Yana erta bilan qalin qilib suv sepilib, eshik va derazalar yopiladi. Agarda tashqi harorat soyada 250S dan oshmasa, qurtxonaning eshik oynalarini ochiq qoldirib, qurtxona ichiga xo’l mato osib qo’yish zarur.
Birinchi, ikkinchi va uchinchi yoshlardagi qurtlar tut daraxtning pastki ko’k navdalaridan terilgan yosh butun barglar bilan boqiladi. To’lralgan barglarga nisbatan butun bargchalar namligini sekin yo’qotadi. Qurtlarni har 2-3 soatda oz-ozdan oziqlantirish kerak. 4-5 yoshlarda kichik serbarg navdalar bilan boqiladi.
Yozning jazirama issiq va quruq kunlarida qurtlarni xo’llangan barg bilan boqish yaxshi natija beradi. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, xo’llangan barglar bilan boqilganda qurtlarning xayotchanligi va pillasining olirligi 20-30 foizga ortadi.
Asosiy e’tibor tungi va ertalabki boqishga qaratiladi, chunki shu vaqtda qurtlar eng ko’p barg eydi.
Yozgi va kuzgi takroriy qurt boqish davrida qurtlar ko’proq kasallanadi. Yuqori haroratda qurtlar tez kasallanib, ommaviy nobud bo’lishi mumkin. SHuning uchun so’rilarni lanadan tez-tez tozalab turish kerak. Jumladan ikkinchi va uchinchi yoshlarida bir marotaba, to’rtinchi yoshida 2 marotaba va 5 yoshida 4-5 marta g’analash zarur.
Yozda qurtlar bo’shashgan xolatda bo’lib navdalarda turishi qiyin bo’ladi. SHuning uchun qurtlar polga tushib ketib tez jarohatlanadi va kasallanadi. Har galgi oziqlantirishda to’kilgan qurtlar terib olinib alohida boqilishi kerak va navdalarning so’ri yoki so’kchaklardan chiqib turmasligiga e’tibor berish lozim. Pilla o’rash davrida yuqori sifatli dastalar tanlanishi, ularni to’lri joylashtirish va orqada qolgan qurtlarni boqib turish uchun mo’tadil sharoit yaratib berish zarur.
Qurtxonalarni doimo shamollatib turish va havo haroratini 24-250S, namligini 60-70% atrofida saqlash kerak.
Qurt boqish davrida qurtxonaning yorulligiga e’tibor berish kerak. Katta yoshlarida qurtlar yorullikni yoqtirmaydi. SHuning uchun qurtxona derazalarini parda bilan to’sib qo’yish lozim.
Ipak qurtlarini turli xil hasharotlar /chumoli, arilar, ilon, sichqon, baqa va qushlardan/ doim himoya qilish kerak.
CHumolilardan himoya qilish uchun etajerka va so’kchaklarning oyoqlariga solidol moyi surib qo’yish, inlariga qaynoq suv, kerosin quyish zarur.
O’zbekiston ipak uyushmasi «Pilla xolding» xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining muovini, qishloq xo’jalik fanlari doktori E.X.Tojievning ma’lumotiga ko’ra 1997-2002 yillarda Farlona, Andijon, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining pillakorlari 150 dan ortiq quti qurt urug’ini takroriy boqib yuqori hosil olganlar. Jizzax viloyatining pillakorlari 1998 yilda har quti urug’idan 50 kg dan ortiq pilla hosili olishga erishdilar.
Takroriy qurt boqishda quyidagi shartlar bajarilgandagina yuqori hosil olishga erishish mumkin:
1. Takroriy qurt boqishda yuqori hosil beruvchi zot va duragaylarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish.
2. Ozuqa bazasini yaratish, yangi yuqori hosilli tut navlari yaratish va maxsus tutzorlarni barpo etish.
3. Takroriy qurt boqish agrotexnikasini takomillashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish.
4. Takroriy qurt boqish uchun mo’ljallangan maxsus qurtxonalar qurish va
17.2-mavzu: Ipak qurtining takroriy qurt boqishga mo’ljallangan zot, duragay va murakkab duragaylari
Reja
1. Ipak qurtining takroriy qurt boqishga mo’ljallangan zot duragaylari
2. Ipak qurtining takroriy qurt boqishga mo’ljallangan murakkab duragaylari
Takroriy qurt boqish deb, yozgi va kuzgi davrlarda o’tkaziladigan qurt boqish mavsumiga aytiladi.
Yaponiya, Xitoy, Xindiston va Osiyoning boshqa mamlakatlarida yoz va kuz mavsumlarida takroriy qurt boqilib, 3-4 marta hosil oladilar.
Takroriy qurt boqilganda qo’shimcha pilla hosili olinadi, qurtxona va qurt boqishda ishlatiladigan anjomlardan to’liq foydalaniladi hamda qurt boquvchi brigada va zvenolar yil davomida ish bilan ta’minlanadi.
Respublikamiz iqlimiy sharoiti takroriy qurt boqishga moslashgan bo’lmasada, birinchi marotaba 1928 yilda takroriy qurt boqish O’zbekistonda sinab ko’rilgan.
Olib borilgan tajriba va kuzatishlar /N.V.SHurshikova – 1964y., N.G.Bogautdinov – 1965 y., M.D.Dehqonov – 1974 va boshqalar/ yaxshi natijalarga erishilmagan, chunki yozni issiq kelishi, ozuqani yeyimli xususiyatlarni pasayishi, ayniqsa qurt boqish uchun mo’ljallangan zotlarni talabga javob bermaganligidadir.
SHunga qaramasdan – o’zbek olimlari keyingi yillarda takroriy qurt boqish ustida ilmiy kuzatishlar olib borib, yaxshi natijalarga erishmoqda. Jumladan: takroriy qurt boqish uchun yangi zotlarni yaratilishi, yozgi faslga moslab tut navlarini yaratilayotgani va plyonka ostida qurt boqish ishlarini amalda qo’llanilishi misol bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |