Pilla o’rashda keskin farq qiluvchi harorat va namlikni pilla
ko’rsatkichlariga ta’siri
Qurt boqish va pilla o’rashdagi
|
Pilla vazni, g
|
Ipak qobilining vazni, mg
|
Ipakchanlik, %
|
Bir quti qurtdan olingan pilla hosili, kg
|
Harorat, S0
|
Namlik, %
|
20-21
|
65-70
|
1,94
|
413
|
21,3
|
66,8
|
20-21
|
80-85
|
1,95
|
434
|
22,1
|
68,3
|
24-25
|
65-70
|
2,10
|
484
|
23,1
|
80,9
|
24-25
|
80-85
|
2,01
|
452
|
22,5
|
72,2
|
25-26
|
65-75
|
2,12
|
491
|
23,2
|
83,3
|
28-29
|
65-70
|
1,97
|
424
|
21,5
|
62,6
|
25-29
|
80-85
|
1,86
|
410
|
22,0
|
53,8
|
Pilla o’rash davrida havoning nisbiy namligi, pillaning sifatiga katta ta’sir etadi.
Pilla o’rash davrining boshlanishida havoning nisbiy namligi oshib ketishi mumkin, bunga sabablar bo’ladi. Masalan, ipak qurti pilla o’rash davrida tanasidan ko’p suvni bullatadi. Bundan tashqari eyilmay qolgan barglar, lana va yaxshi quritilmagan dastalar ham suv bullatadi. Namlikni oshib ketishi mikroorganizmlarning ko’payishi uchun sharoit va kasalliklarning tarqalishiga sabab bo’ladi, natijada qurtlar ko’p nobud bo’ladi va pilla sifati pasayadi.
Qurtxona havosining nisbiy namligi mo’tadil darajadan kamayganida qurtlar tanasi va barg sathidan suvning bullanishi kuchayadi. Natijada barg tez so’lib qoladi va ozuqaning samaradorligi keskin pasayadi, qurtlar etilmay pilla o’rashga kech kirishadi. SHuning uchun pilla o’rash davrida qurtxona havosining mo’tadil nisbiy namligi 60-70 foiz bo’lishi kerak.
Pilla o’rash davrida qurtxonani doimo shamollatib turish zarur. SHamollatishda qarama-qarshi elvizak shamol bo’lmasligi kerak. Bir tomonlama shamollantirish lozim, aks xolda harorat va namlik pasayib ketishi mumkin. Buning uchun kunduz kunlari qurtxonadagi maxsus shamollatgich teshiklardan foydalanish kerak. Kun botgandan keyin eshik yoki derazalarni ochib shamollantiriladi.
Pilla o’rash davrida qurtxonaning yorulligi ham muhim ahamiyatga ega. Qurtxonalarda namlik ko’tarilib, molor hosil bo’ladi, qurtlar pillani oxirigacha o’ramaydi, pilla hosiliga ta’sir etadi. Xaddan tashqari yorullik esa qurtlarni bezovtalantiradi. SHuning uchun qurtxona deraza va oynalariga parda tutiladi yoki qog’oz bilan bekitiladi.
Ba’zi bir qurt boquvchilar qurtlar pilla o’rashni boshlaganidan boshlab, ozuqa berishni to’xtatib, dastalarni bostirib, ustini qog’oz yoki mato bilan yopib, «qurtni bostirdim» deb qurtxonani bekitadilar. Bunday qurtxonalarda havo namligi keskin ko’tarilib, qurtlar dimiqadi, pilla o’rashga qiynalishadi, lana molorlab, qurtlar kasallanib o’ladi.
Partiyadagi qurtlarning hammasi bir vaqtda pilla o’rashga kirishmaydi. Odatda qurtlar dastaga 1-2 kun davomida chiqadi, ba’zan turli xil rivojlangan qurtlar 3-4 kun davomida dastaga chiqishi mumkin. Bunda birinchi kun 8%, ikkinchi kun 40%, uchinchi kun – 46% va to’rtinchi kun – 6% qurtlar dastaga chiqadi.
Etilgan va pilla o’rashni boshlagan qurtlar oziqlanmaydi. Lekin orqada qolgan, etilmagan qurtlar oziqlantirishga muhtoj. SHuning uchun qurt boqishni to’xtatish mumkin emas. CHunki ipak bezida ipak moddasining hosil bo’lishi, qurtning beshinchi yoshida, ayniqsa dahaga kirgan kunlari amalga oshadi. SHuning uchun ham dahadagi qurtlarni to’ydirib boqish katta ahamiyatga ega. Pilla o’rash davrida orqada qolgan qurtlarga barg berish uzilishi ro’y bersa, ipakning sintez bo’lishi susayadi, ular o’ragan pillalar mayda va ipak miqdori kam bo’lib qoladi, navi past baholanadi.
Pilla o’rash davri boshlanganda 2-3 kundan keyin orqada qolgan qurtlarni terib olib boshqa bo’sh joyga ko’chirib, boqish kerak va ular oziqaga to’ygach dastalarni qo’yish tavsiya etiladi. Vaqti-vaqti bilan dastalarni kuzatib, o’lib qolgan yoki kasallangan qurtlarni terib olish kerak, chunki o’lik qurtlar dastadagi pillalarni ifloslantiradi.
Pilla o’rashda mo’tadil sharoitni maxsus xonalarda yaratish mumkin. Bunday xonalarda pilla o’rash uchun kerakli harorat, namlik, shamollantirish, yorullik yaratilib, ko’p qavatli etajerkalardan foydalanish mumkin /29-rasm/.
Har kuni o’ralgan pillalarni dastasi bilan olib alohida xonalarda va bo’sh so’kchaklarda bunday pilla o’ratishni fraktsion pilla o’rash deb ataladi.
Illor pillakorlar qurt dastaga chiqqandan keyin, ikkinchi kuni ertalab dastalarni olib, belgilangan joyga qo’yiladi, qolgan qurtlar boqilib, yangi dasta qo’yiladi, ertasiga bu dastalar ham shunday olib alohida belgilangan joyga qo’yiladi. SHunday qilib, har kuni o’ralgan pilla alohida-alohida ajratib qo’yiladi. Natijada pillalarning sifati yuqori, pilla ichidagi qurt lumbakka tekis aylanadi, pilla bir xil etiladi.
Dostları ilə paylaş: |