Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə46/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Pilla o’rash sharoiti. Pillalarning sifati, ya’ni katta kichikligi, shakli, olirligi, qobilining foizi, qattiqligi hamda uning texnologik xossalariga /ipak miqdorining chiqishi, o’ralishi, tolaning uzunligi va pishiqligi/ irsiyatdan tashqari pilla o’rash sharoiti – harorat, namlik, yorullik, aeratsiya, dastalarning miqdori va sifati ham katta ta’sir etadi.

Professor N.Axmedovning ta’qidlashicha qurtlar pilla o’rash davrida juda ham sezgir va ta’sirchan bo’lib ularni ozgina qo’zlatish ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Pilla o’rash sharoiti biroz o’zgarsada qurt pilla o’rashni davom ettiradi, lekin ipak tolasini tashlash jarayoni buzilib, texnologik xususiyatiga ta’sir etadi.

Harorat past bo’lganda pilla o’rash davri cho’ziladi /7-10 kunga/ va ko’plab qurtlar lanada pilla o’raydi, shuningdek pilla o’ramay qolgan qurtlar soni ortadi.

Xaroratning mo’tadil darajadan oshib ketishi, pilla o’rash jarayonini tezlashtiridi, natijada dukurma, dolli va shakli o’zgargan pillalar sonini ko’payishiga sabab bo’ladi. Xarorat yuqori bo’lganda qurtlar ipak tolalarini pilla qobiliga betartib joylashtiradi, bu esa o’z navbatida pillalarning chuvilishi va pilladan xom ipak chiqishini kamaytiradi.

Keyingi vaqtlarda ishlab chiqarishga joriy etilgan oq pilla o’raydigan yuqori-maxsuldor zotlar uchun pilla o’rash davrida harorat 24-250S, namlik 60-70 % bo’lishi tavsiya etiladi. Harorat 24-250S dan past bo’lganda (20-210S) yoki yuqori bo’lganda (28-290S) qurtlar dastaga birdan chiqmaydi, xayotchanligi pasayadi va ko’pincha qurtlar lanaga pilla o’raydi /34-jadval/.

34- jadval

Pilla o’rash davridagi harorat va namlikni

qurtlarning xayotchanligi va dastaga chiqish foiziga ta’siri.



Pilla o’rash davrida

Qurtning

xayotchan-ligi /%/



Pilla o’ralgan /%/

Xarorat 0S

Namlik %

lanada

dastada

21,0

76

83,0

26,30

78,70

23,0

65

85,0

13,60

86,40

25,0

67

90,0

8,90

91,10

28,0

63

85,0

5,80

94,20

Lanaga o’ragan pillalarning sifati past bo’lib, navli pillalarning tarkibi 200 S da – 74 %, 250 S – 94%, 280 da – 84% ni tashkil etadi.

Agarda pilla o’rash sharoiti yomon bo’lsa nuqsonli pillalarning miqdori ko’payadi. Haroratni 20-230 darajaga pasayishi yoki 28 darajadan oshib ketishi, kar /pilla ichidagi lumbakni o’lib pilla qobiliga yopishib qolgan, lekin tashqarisida dolsiz pillalar/ va qora-pachoq /pilla ichida lumbagi o’lib, chirigan, tashqarisida qora dolli/ pillalarning miqdorini ko’payishiga va ularning texnologik xususiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Pilla o’rash davrida qurtxonaning harorati va namligi pillaning o’rtacha olirligiga, pilla qobili olirligi va ipakchanligiga ta’sir etishi 35-jadvalda keltirilgan.

35-jadval




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin