O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Takroriy qurt boqish uchun tuxum (urug’) tayyorlash.
Tuxumlarni jonlantirish inkubatsiyasi.
Qurt boqishga tayyorgarlik ko’rish.
Qurt boqish agrotexnik xususiyatlari nimadan iborat.
19-mavzu Takroriy qurt boqish uchun binolarni tanlash va jixozlash.
Reja
1. Takroriy qurt boqish uchun binolarni tanlash
2. Takroriy qurt boqish uchun binolarni jixozlash
Ipak qurti urug’ini jonlantirishda foydalaniladigan binolarni inkubatoriya deb ataladi. Urug’ ochirish uchun maxsus binolar (inkubatoriyalar), odamlar yashaydigan va xo’jalikning umumiy binolaridan foydalaniladi.
Inkubatoriya har bir xo’jalikni o’zida tashkil etilgan bo’lib, jonlantiriladigan urug’ning miqdoriga (quti soniga) qarab xo’jalikda bitta yoki bir necha inkubatoriya bo’lishi mumkin. Agrotexnika qoidasiga va ko’pgina ilg’or pillakor xo’jaliklarning tajribalariga ko’ra har bir inkubatoriyada o’rtacha 100-150 quti qurt urug’i jonlantirilishi lozim. Bitta inkubatoriyada 50-60 qutidan kam miqdordagi urug’ jonlantirilsa, xo’jalikka iqtisodiy zarar keltiradi. Yuqorida ko’rsatilgan miqdordan ko’proq (150 qutidan ortiq) jonlantirilsa, bir qator qiyinchiliklar tug’diradi, jumladan, urug’larni kontrolь tortish o’tkazish,jonlangan qurtlarni ko’tarib olish va ularni zvenolarga tarqatish va hokazo.
Inkubatoriya barcha agrotexnika va zoogigiena qoidalariga javob beradigan joyda va xo’jalikni o’rtasida, ya’ni qurt boquvchi zvenolarni qurt olishiga qulay va yaqin joyda bo’lishi kerak. Inkubatoriya xizmat qiladigan joy doirasining radiusi 4-5 km dan oshmasligi, ya’ni inkubatoriya bilan qurtxona orasidagi masofa uchun 1 soatdan ortiq vaqt sarflanmasligi kerak.
Jonlangan qurtlarni zvenolarga tarqatgunga qadar boqib turish uchun inkubatoriya yonida (yaqinida) tutzor bo’lishi lozim. Bundan tashqari, inkubatoriya yaqinida ifloslangan va axlat tashlanadigan maydon bo’lmasligi kerak. SHuningdek, inkubatoriya uchun zaxarli ximiyaviy moddalar, dorilar va o’g’itlar saqlangan binolardan ham foydalanib bo’lmaydi.
Inkubatoriya uchun pechkasi bo’lgan quruq yorug’, g’isht yoki paxsadan qilingan, ya’ni issiqlikni yaxshi saqlaydigan binolar ajratiladi. Bunday kapital binolarda harorat va havoning nisbiy namligi bir me’yorda, ya’ni urug’ni yaxshi jonlantirish uchun kerakli darajada saqlab turish mumkin bo’ladi.
Inkubatoriya ikki yoki uchta alohida-alohida xonalardan iborat bo’lib, bittasida qurt urug’i jonlantiriladi, ikkinchisida urug’dan ochib chiqqan qurtlar zvenolarga tarqatilgunga qadar boqib turiladi, uchinchi xonadan esa zvenolar bilan suxbatlashish va ularga qurt tarqatish uchun foydalaniladi. Bu xonalar bir-biridan maxsus yo’lak yoki daxliz yordamida ajratilgan bo’lishi kerak. Binoning uchinchi xonasi bo’lmasa, uning oldiga qurilgan ayvondan foydalanish mumkin.
Urug’ jonlantirilayotgan xonaga begona odamlar kirib-chiqmasligi kerak, chunki ularning poyabzallari va kiyim-boshida chang bilan birga ipak qurti kasalliklarini qo’zg’atuvchi va yuqtiruvchi turli zaharli mikroblar ham bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, inkubatoriya ichkarisiga kiradigan eshik tashqarisiga 4-5%li formalin eritmasi bilan ho’llangan latta tashlab qo’yilishi lozim.
Inkubatoriya uchun mo’ljallangan binoning umumiy rejasi va xonalarining joylashish tartibi to’g’risidagi sxemasi quyidagi 7-rasmda berilgan berilgan.
Pillachilik sohasida o’tkazilgan ko’p yillik kuzatishlar va ilg’or pillakorlarning tajribalari shuni ko’rsatdiki, 50 quti urug’ jonlantiriladigan xonaning umumiy maydoni 8-9m2, hajmi esa 25-28m3 ga teng bo’lishi kerak.
Jonlantiriladigan qurt urug’ini miqdoriga qarab xona qanday kattalikka ega bo’lishi qo’yidagi 5-jadvalda ko’rsatilgan.
5-jadval
Urug’ jonlantiriladigan xonaning kattaligi
Jonlantiriladigan urug’ning miqdori (quti hisobida)
|
Urug’ jonlantiriladigan xonaning
|
Eni, m
|
Bo’yi, m
|
Balandligi, m
|
Umumiy maydoni, m2
|
Hajmi, m3
|
50
|
0
|
3
|
3
|
9
|
27
|
75
|
3
|
4
|
3
|
12
|
36
|
100
|
3,6
|
5
|
3,3
|
18
|
59,4
|
125
|
4
|
5,5
|
3,3
|
22
|
73
|
150
|
4,5
|
6
|
3,3
|
27
|
89
|
175
|
4,5
|
6,5
|
3,5
|
30
|
105
|
200
|
5
|
7
|
3,5
|
35
|
122
|
250
|
5
|
8
|
3,5
|
40
|
140
|
Inkubatoriyada (7-rasmda ko’rsatilganidek) urug’ jonlantiriladigan xonaning yonida jonlangan qurtlarni venolarga (qurt boquvchilarga) tarqatgunga qadar saqla va ularni (zarurat tug’ilsa) vaqtincha boqib turish uchun ikkinchi xona ham bo’ladi. Bu xonaning kattaligi jonlangan qurtlarni inkubatoriyada qancha vaqt turishiga bog’liq bo’ladi. Odatda qurtlar zvenolarga jonlangan kuniyoq tarqatilishi kerak. Agar jonlangan qurtlar shu kunni o’zida tarqatiladigan bo’lsa, xona bir oz kichikroq bo’lishi mumkin. Mabodo jonlangan qurtlar inkubatoriyada 1-2kun saqlanadigan bo’lsa, ikkinchi xona birmuncha kattaroq bo’ladi.
Ikkinchi xonaning kattaligi inkubatsiyada jonlanadigan qurtlarning miqdoriga va 19g qurtni 2-3 kun davomida boqib turish uchun ishlatiladigan qavatli etajerkalarning necha dona zarur bo’lishiga bog’liq. Jonlangan bir quti qurt uchun inkubatoriyada quyidagicha maydon talab etiladi:
Urug’dan jonlanib chiqqan kuni 0,5m2
Ikkinchi kuni 0,7m2
Uchinchi kuni 1,0m2
Odatda urug’dan qurtlarning chiqishi 3-4 kun davom etadi. Biroq har kuni har xil miqdorda jonlanadi.
6-jadval
Jonlangan qurtlar turadigan xonaning kattaligi
Jonlantiriladigan urug’ning miqdori (quti)
|
Jonlangan qurtlar saqlanadigan xonaning
|
Eni, m
|
Bo’yi, m
|
Balandligi, m
|
Umumiy maydoni, m2
|
Hajmi, m3
|
50
|
3
|
5
|
3,3
|
15
|
49,5
|
75
|
4
|
5
|
3,3
|
20
|
66,0
|
100
|
4
|
7
|
3,3
|
28
|
92,4
|
125
|
5
|
7
|
3,5
|
35
|
122,5
|
150
|
5
|
8
|
3,5
|
40
|
140,0
|
175
|
6
|
8
|
3,5
|
48
|
168,0
|
200
|
6
|
9
|
3,5
|
54
|
189,0
|
250
|
6
|
10
|
3,5
|
60
|
210,0
|
Inkubatoriyaning ikkinchi xonasiga jonlangan qurtlar umumiy miqdorining qariyib 40%i joylashtirilishi lozim. SHuning uchun ikkinchi xonaning kattaligini va unga o’rnatiladigan etajerkalar sonini aniqlashda inkubatoriya bo’yicha jonlanadigan qurtni 40%i qancha miqdorda bo’lishi hisobga olinishi kerak. Bu to’g’ridagi ma’lumot misol tariqasida 6-jadvalda berilgan.
Inkubatoriya xonalaridagi derazalar qo’sh romli va fortochkali bo’lishi kerak. Agarda derazalarning fortochkasi bo’lmasa, xonaga toza havo kirib turishi uchun devordan teshik ochiladi. Bu muammoni bartaraf etish uchun va xonalarga toza havo bir me’yorda kirib turishi uchun derazaning bironta ko’ziga muallif tomonidan ishlab chiqarishga tavsiya etilgan maxsus moslama VK-3 markali elektroventilyatordan bir dona o’rnatilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Inkubatoriya xonalarini isitish uchun g’ishtdan qilingan har qanday pechkadan foydalanish mumkin, biroq pechka juda tez qizib ketadigan va, aksincha, birpasda sovib qoladigan bo’lmasligi kerak, chunki bunday hollarda xonaning harorati tez-tez o’zgarib, urug’ yoki jonlangan qurtlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Inkubatoriya uchun mo’ljallangan va g’ishtdan qilinadigan maxsus pechkaning umumiy ko’rinishi 9-rasmda ko’rsatilgan. Bunday pechkaning balandligi 160sm, uzunligi 125 sm va eni 50 sm bo’ladi. ~ishtdan yasaladigan bu pechkaning dud (tutun) chiqadigan yo’li bir necha burilishli bo’ladi (pechkaning ko’ndalang qirqimi va uning sxemasi 10-11-rasmlarda berilgan). Pechkani qurganda uning isitadigan yuzasi (devorchasi) qurt urug’i ochiriladigan xonaga, og’zi esa dahliz, qo’shni xona yoki ayvonga qaratilishi lozim.
Inkubatoriyaga elektr pechka o’rnatsa ham bo’ladi. Elektr pechka o’tin yoqiladigan pechkadan shu jihatdan yaxshiki, unda avtotermoregulyatordan foydalanish mumkin. Avtotermoregulyator xonadagi harorat keragidan pasayganda elektr pechkani avtomatik ravishda tok tarmog’iga ulaydigan (ishga soladigan) va harorat zarur darajadan oshib ketganda pechkani tarmoqdan uzadigan kichkina moslamadir. Xona elektr pechka yordamida isitilganda havoning haroratigina emas, balki namlik darajasini ham avtomatik ravishda tartibga solib turish mumkin bo’ladi.
Inkubatoriyani tashkil qilishda urug’ni jonlantirish uchun va jonlangan qurtlarni tarqatish uchun zarur bo’ladigan anjom, asbob-uskunalar, xonani ozoda tutishga yordam beradigan mayda inventarlar va kerakli jihozlar bilan ta’minlash lozim. Jumhuriyatimiz xo’jaliklarida inkubatoriyalar ko’pincha 100-150 quti urug’ni jonlantirishga mo’ljallanishi uchun bitta shunday inkubatoriyaga qanday va qancha asbob-uskuna va inventarlar kerak bo’lishi 6-jadvalda keltirilgan.
6-jadval
100-150 quti urug’ jonlantiriladigan inkubatoriyaga zarur bo’ladigan asbob-uskunalar, kerakli materiallar va inventarlarni ro’yxati
Tar
tib №
|
Zarur bo’ladigan narsalarning nomi va miqdori
|
1.
|
Psixrometr
|
3 dona
|
2.
|
Termometr
|
3 dona
|
3.
|
Termograf
|
1 dona
|
4.
|
Gigrograf
|
1 dona
|
5.
|
Gigrometr
|
1 dona
|
6.
|
Psixrometrik jadval
|
3 dona
|
7.
|
Urug’ to’kilgan protveynlar (quticha) turadigan 3-4 qavatli etajerkalar
|
3 dona
|
8.
|
Jonlangan qurtlarni qo’yish uchun ishlatiladigan 3-4 qavatli etajerkalar
|
4-5 dona
|
9.
|
Tarozi toshlari bilan
|
1 dona
|
10.
|
Milligramm va grammli toshchalari bo’lgan maxsus to’plam (nabor)
|
2 dona
|
11.
|
Tyulьdan qilingan doimiy s’yomniklar
|
6-8 m2
|
12.
|
qog’ozdan yasalgan s’yomniklar
|
300-350 dona
|
13.
|
Urug’ni to’kish va jonlantirish uchun ishlatiladigan protveyn (qog’oz quticha)
|
60-110 dona
|
14.
|
Jonlangan qurtlarni solish uchun ishlatiladigan qog’oz protveynlar (quticha)
|
150-300 dona
|
15.
|
Kontrol tortishda yoki jonlangan qurtlarni tortishda ishlatiladigan faner yoki kardon
|
1 dona
|
16.
|
Pintsetlar
|
2 dona
|
17.
|
Revundik yoki boshqa qalin material (namlikni saqlash uchun)
|
10 metr
|
18.
|
CHelak
|
3 dona
|
19.
|
Sevator (bog’bon qaychisi)
|
2 dona
|
20.
|
Pichoq
|
2 dona
|
21.
|
Barg qirqishda foydalaniladigan taxtacha
|
2 dona
|
22.
|
Barg olib kelish uchun ishlatiladigan fartuk
|
1 dona
|
23.
|
Bolta
|
1 dona
|
24.
|
Stol
|
1-2 dona
|
25.
|
Stullar
|
3-4 dona
|
26.
|
Ruchka yoki qalam
|
4 dona
|
27.
|
Daftar
|
2 dona
|
28.
|
Soat
|
1 dona
|
29.
|
Lampochka
|
4 dona
|
30.
|
Supurgi
|
2 dona
|
31.
|
Umivalьnik
|
1 dona
|
32.
|
Sochiq
|
2 dona
|
33.
|
Xalat
|
4 dona
|
34.
|
Sovun
|
2 dona
|
35.
|
Polni yuvish va artish uchun qalin mato
|
1 metr
|
36.
|
Doka
|
10 metr
|
37.
|
Kiyim ilgich (veshelka)
|
1 dona
|
38.
|
Hisoblash uchun cho’t yoki elektromikrokalьkulyator
|
1 dona
|
39.
|
Tovuq pari
|
4-6 dona
|
40.
|
Tut bargini solib qo’yish uchun polietilen xalta
|
1 dona
|
41.
|
Ohak
|
10 kg
|
42.
|
Ip (kanop)
|
1,5-2 kg
|
43.
|
O’tin
|
1m3
|
44.
|
Ko’mir
|
0,5 tonna
|
45.
|
CHoynak
|
2 dona
|
46.
|
Piyola
|
4 dona
|
Inkubatoriyadagi haroratni aniqlashda asosan quyidagi asboblardan foydalaniladi:
Termometr
Psixrometr (Avgust va Assimon psixrometrlari).
Termograf.
Bu asboblardan termometr va psixrometr xonani devoriga yoki etajerkalarni (so’kchaklarni) chetiga osib qo’yiladi va xohlagan vaqtda kelib harorat necha daraja ekanligini bilib olishi mumkin bo’ladi.
Termograf esa xonani kerakli joyiga tekis qilib qo’yiladi. Bu o’zi yozadigan asbob bo’lib, ichida soat mayatnigiga o’xshash qismi bor. Tashqarisida richagi va aylana shaklida tsilindri bo’lib, richagining uchiga pero o’rnatiladi, tsilindrga esa graduslarga bo’lingan millimetrli qog’oz o’raladi. TSilindr ichki mexanizm yordamida kecha-kunduzi yoki xaftasiga bir marta sekin aylanib turadi. Xonadagi haroratni ko’tarilishi yoki pasayishi bilan richak perosi ham baland yoki rastni chizadi. Natijada graduslarga bo’lingan millimetr qog’oz ustida iz qoladi. SHu izning yo’liga qarab harorat aniqlana beradi.
Xonadagi namlikni esa quyidagi asboblar yordamida aniqlanadi:
Avgust yoki Assimon psixrometrlari bilan.
Sossyur gigrometri yordamida.
Gigrograf bilan.
Gigrografning tuzilishi va ishlash printsipi xuddi termografga o’xshaydi.
Ishlab chiqarishda inkubatoriya haroratini va namligini o’lchash uchun asosan Avgust psixrometridan foydalaniladi, chunki bu psixrometrni xonaning xohlagan joyiga osib qo’yish, harorat va namlikni tezda o’lchab olishda pillakorlar qiynalmasdan foydalanishi mumkin.
Bu psixrometrlarni ikkita simobli termometri bo’lib, bittasi quruq termometr, ikkinchisi (simobli uchiga batis latta o’ralgan) ho’l termometr deb ataladi. Ikkinchi termometrning simobli uchiga o’ralgan batis latta probirka ichidagi suvga tegib turishi kerak. Suv bilan simobli sharcha oralig’idagi masofa 1,5 sm bo’lishi lozim. Aks xolda namlikni noto’g’ri ko’rsatadi.
Namlikni aniqlashda maxsus psixrometrik jadvaldan foydalaniladi. Jadvaldan foydalanish quyidagicha bajariladi. Dastlab psixrometrning quruq termometri ko’rsatib turgan haroratni yozib olamiz (misol uchun 24 gradus), so’ngra ho’l termometrning ko’rsatgan haroratni yozib olamiz (misol uchun 21 gradus). So’ngra quruq termometr ko’rsatkichidan ho’l termometr ko’rsatkichini olib tashlaymiz (misol uchun 24-213). Jadvalni chap tomonidan ho’l termometr ko’rsatgan haroratni topamiz. Misol uchun 21 gradusni. Yuqorisidan esa ikkala termometr ko’rsatkichlari orasidagi farqni topamiz (misol uchun 3 gradusga teng). So’ngra ikkalasini bir-biriga kesishtiramiz. Kesishgan joyidagi raqam shu xonaning namlik %i bo’ladi. Bizni misolimizda bu 76% ekan.
Qurt urug’i solingan qog’oz qutilar quyiladigan so’kchaklarning (etajerkalarning) tuzilishi har xil bo’lishi mumkin, biroq ular yetarli kattalikda, havo bemalol tegib turadigan hamda ishlash uchun qulay bo’lishi kerak. Ko’pincha so’kchaklar quyidagi o’lchamlarda yasaladi: kengligi 1m, qavatlar orasidagi oraliq kamida 40 sm, pastki qavatning yerdan balandligi va eng yuqorigi qavatdan shipga bo’lgan masofa kamida 70-75 sm (12-rasm). Inkubatoriyaning katta-kichikligiga qarab, so’kchakning uzunligi har xil bo’lishi mumkin, odatda u 2 qilinadi yoki kattaligi 2mx1m bo’lgan maxsus temir so’kchaklardan foydalaniladi.
Inkubatoriyada urug’larni kontrolь tortish va jonlangan qurtlarning miqdorini aniqlash uchun tarozi hamda toshlar kerak bo’ladi. Tarozi stol ustiga qo’yiladigan, sezgirlik darajasi 0,10-0,25 g ga teng bo’lishi kerak. Sezgirligi bundan ham kamroq bo’lgan tarozilar urug’ yoki qurt tortishga yaramaydi, chunki bunday tarozining pallasi kichik bo’lganligidan qurt urug’i solingan quti (protveyn) joylashmaydi. SHuning uchun ham urug’ni inkubatoriyaga keltirmasdan oldin, bir-ikkita taxta faner yoki qalin (qattiq) karton tayyorlab, taxt qilib qo’yilishi lozim. Faner yoki karton urug’ solingan qutidan kattaroq bo’ladi va tarozida tortib barvaqt muvozanatga keltirib qo’yiladi. qurt urug’i solingan qutini tarozida tortish vqtida qutidagi (palla)ga haligi faner yoki kartonni qo’yish kerak, shunda urug’ni tortish ancha osonlashadi va ular qutida surilib bir joyga to’planib qolmaydi.
Tarozining toshlari ham o’ziga to’g’ri keladigan, massasi esa 1g dan 100g gacha bo’lib maxsus g’ilofda saqlanishi lozim. Bundan tashqari, yengil va kichik narsalarni (100 g massagacha) tortishda ishlatiladigan (teng pallasi qo’lda ko’tarib tortadigan) tarozilarning maxsus mg li (5 mg dan 50 mg gacha bo’ladi) toshlaridan ham foydalaniladi.
Urug’larni jonlantirish va jonlangan qurtlarni solish uchun maxsus kattalikka ega bo’lgan qutilardan foydalaniladi. Bunday qutilar zichligi 100-120 g/m2 bo’lgan o’rov qog’ozidan yasaladi. qutining tubi bir qavat, devorchalari esa ikki qavat qilinadi. Devorchalarning balandligi 3 sm bo’ladi. quyidagi 8-jadvalda urug’ni jonlantirish uchun ishlatiladigan qog’oz qutichalarning o’lchamlari berilgan.
Urug’ solinadigan qog’oz qutilar o’rniga yog’och ramkalar yasash mumkin. Bunday ramkalar uzoq vaqtiga chidaydi va ishlatilishi qulay bo’ladi. Ramka yupqa plankalardan yasaladi va bir tomoniga surp chit va shu kabi siyrak to’qilgan mato tortiladi. qog’ozdan yasalgan qutichaning ichki o’lchami qanday bo’lsa yog’och ramkaning o’lchami ham shunday bo’ladi.
Quticha va ramkalarning o’lchamini belgilashda urug’ni yupqa qatlam qilib yoyib solish zarurligi nazarda tutilishi lozim, bu esa me’yorida havo almashinishini ta’minlaydi. Yaxshisi inkubatorlarda urug’ni bir qavat qilib, inkubatoriyalarda esa qog’oz qutilarga ikki qavat qilib, yoyib solingani ma’qul, shunda urug’larga havo yaxshi tegib turadi.
Muallifning Samarqand viloyati Sovetobod nohiyasi bosh pillaxonasining mudiri T.Juraev bilan 1980-1991 yillar davomida o’tkazgan tajriba ishlari natijalari shuni ko’rsatdiki, inkubatsiya davrida urug’ solingan qutichalarning ostki tomonini nina bilan teshib qo’yilsa, qutichaning ustki va ostki tomonidan ham jonlanayotgan urug’larga havo bir tekis o’tib turadi. Natijada urug’lar bir tekis va yaxshi jonlanar ekan.
qutichalar ichiga urug’ solishda (to’kishda) quti devorchalari bilan urug’lar orasidagi masofa 1,0-1,3 sm ga teng bo’lishi kerak. Bu ochiq joy urug’ni inkubatsiya qilish vaqtida embrion rivojlanishining o’n birinchi blastokinez bosqichida shakllanayotgan qurt o’z holatini o’zgartirishi natijasida urug’da sakrash (ishlab chiqarishda bu xodisani urug’ chirsilladi deb atashadi) holati ro’y berganda sakragan urug’larni quticha devori tubiga kelib tushishiga hamda urug’ ustiga vaqtincha qo’yilgan s’yomniklarni qurti bilan kutarib olish uchun kerak bo’ladi. SHunga muvofiq, 10g urug’ solinadigan quticha ichidagi umumiy maydon 240 sm2, 29g (1 quti) urug’ni jonlantirish uchun zarur bo’ladigan quticha ichidagi umumiy maydon 638 sm2 va 58g (2 quti) urug’ solinadigan quticha ichidagi umumiy maydon esa 1196 sm2 bo’ladi va hokazo.
Urug’ jonlantiriladigan qog’oz qutichalarning o’lchamlari
qutichada jonlantiriladigan urug’ni miqdori, g
|
quti yasaladigan qog’ozning kattaligi, sm
|
quticha devorining balandligi, sm
|
qutichaning kattaligi, sm
|
Urug’ jonlanishi uchun zarur bo’lgan maydon, sm2
|
quticha ichidagi umumiy maydon sm2
|
bo’yi
|
eni
|
bo’yi
|
eni
|
10 g
|
32
|
18
|
3
|
20
|
12
|
180
|
240
|
29 g (1 quti)
|
41
|
28
|
3
|
29
|
22
|
520
|
638
|
58 g (2 quti)
|
58
|
32
|
3
|
46
|
26
|
1044
|
1196
|
Urug’dan chiqqan qurtlar vaqtincha qo’yilgan s’yomniklar yordamida ko’tarib olinib, boshqa qutichalarga solinadi. Bu qutichalar ham urug’ni jonlantirish uchun foydalangan qutichalar tartibida yasaladi, lekin bu qutichalarga qurtlar urug’larga nisbatan 5-6 barobar kamroq miqdorda solinadi. SHunga qaramasdan 10g massada jonlangan qurtlarni soladigan qutichaning kattaligi va undagi umumiy maydon 10 g urug’ turadigan qutichadan kattaroq bo’ladi. quyidagi 9-jadvalda qutining o’lchamlari berilgan.
Urug’ni inkubatsiya qilishda ma’lum vaqt o’tgach (odatda 9-10 kunlari) qurt jonlana boshlaydi. SHu jonlanayotgan qurtlarni quticha ichidagi urug’lardan ajratib olish uchun maxsus teshikchalari bo’lgan qog’oz yoki tyuldan-s’yomniklardan foydalaniladi. S’yomniklar 2xil bo’ladi (13-rasm).
Tyuldan (to’t matodan) yasalgan doimiy s’yomnik.
Yupqa qog’ozdan yasalgan vaqtinchalik s’yomnik.
Tyuldan yasalgan s’yomniklarni doimiy deb atalishiga sabab, ular urug’ jonlanishidan oldin quticha ichiga quyilgan bo’lib, urug’dan qurtlar chiqib bo’lgunicha saqlanib turadi. Odatda, to’r qog’ozlar inkubatoriyaga katta o’lchamdagi ilmateshik taxta qog’ozlar holida keltiriladi.
Yupqa qog’ozdan yasalgan s’yomniklarni vaqtinchalik deyilishiga sabab, urug’dan dastlab jonlangan xabarchi qurtlarni olib tashlash va boqish uchun mo’ljallangan keyingi qurtlarni ko’tarib olish maqsadida ishlatiladi. qutichadagi urug’lardan jonlangan qurtlar vaqtinchalik s’yomniklar yordamida ko’tarib olingach, quticha ichiga yana boshqa vaqtinchalik s’yomnik qo’yiladi.
S’yomniklar teshikchalarining diametri 2-4 mm li qilib urug’ zavodlarida tayyorlanadi. Inkubatoriyada urug’ni jonlantirish uchun har bir qutichaga o’rtacha 2-5 donadan to’g’ri keladigan qilib s’yomniklar keltirilib, quticha ichi kattaligiga to’g’ri keladigan qilib kesib tayyorlanadi.
Tut ipak qurti kasalliklarini davolash usullari deyarli bo’lmaganligi uchun ularga qarshi kurashish choralari asosan profilaktika va sanitariya tadbirlarini o’z ichiga oladi.
Ko’klamda urug’ni jonlantirish davrida o’tkaziladigan profilaktika tadbirlariga inkubatoriya uchun ajratilgan binoni va inkubatsiya uchun zarur bo’ladigan asbob-uskuna va jihozlar, inventarlar, anjom va materiallarni dezinfektsiya qilish ishlari kiradi. Bu tadbir urug’lardan sog’lom qurtlar chiqishini ta’minlaydi. Dezinfektsiya ishlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, sanitariya-profilaktika tadbirlarining asosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |