Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Takroriy qurt boqishga mo’ljallangan zotlar



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə52/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Takroriy qurt boqishga mo’ljallangan zotlar.

Takroriy qurt boqishda sof monovolьtin zotlarini boqish maqsadga muvofiq emas, chunki monovolьtin sof zotlari yozgi qurt boqish davrida ko’p nobud bo’ladi. Bivolьtin zotlari va ularning duragaylari takroriy qurt boqishda chidamlidir. Bivolьtin zotlarining qurtlik davri qisqa, pillalari kichik va yengil. SHuning uchun bivolьtin zotlarini monovolьtin zotlari bilan duragaylashtirilgan zotlar boqiladi. CHunki ularning xayotchanligi va hosili yuqori 36-jadval SH.R.Umarov ma’lumoti – 1999 y.

36-jadval



Zot va duragaylar

Hayotchanli

gi, %


O’rtacha og’irligi

Pillaning ipakchanli

gi, %


Pilla, g

Pilla qobig’i, mg

1.

ORZU

74,6

1,71

372

21,7

2.

YuLDUZ

75,0

1,64

364

22,2

3.

ASAKA

79,7

1,32

293

22,3

4.

MARHAMAT

76,4

1,30

286

22,0

5.

ORZU x ASAKA

84,2

1,63

358

21,9

6.

YuLDUZ x MARHAMAT

82,4

1,58

355

22,4

Hozirgi kunda respublikamizda boqilayotgan monovolьtin sof zotlari «Asaka», «Marhamat» va bivolьtin zotlaridan «Yulduz» va «Orzu» hamda ularining duragaylari takroriy qurt boqish uchun tavsiya etilgan. Orzu x Asaka va Yulduz x Marhamat duragaylar oldingi takroriy qurt boqishda foydalangan SANIISH E1 x SANIISH E2, SANIISH III x Belokokonnaya E1; SANIISH 9 x Bivolьtin TashSXI P2 kabi duragaylarning biologik va xo’jalik ko’rsatkichlaridan ancha ustun turadi va talabga javob beradi.

Takroriy qurt boqish agrotexnikasi.

Takroriy qurt boqish uchun tuxum /urug’/ bahorgi boqilgan pillalaridan /kapalaklaridan/ tayyorlanadi. Bundan tashqari, o’tgan yilgi yozgi qurt boqish davrida tayyorlangan tuxumlarni sovutgichlarda saqlab foydalaniladi. Agarda ko’klamda boqilgan qurtlar kapalaklaridan olingan tuxumlardan foydalanilmoqchi bo’lsa, bunday tuxumlarga xlorid kislota bilan ishlov beriladi.

Tuxumlarni jonlantirish, ya’ni inkubatsiya qilish uchun tezda issiqlikni o’tkazmaydigan, pishiq g’isht, paxsa yoki xom g’ishtdan qilingan qalin devorli binolar tanlanadi. Bunday binolar ichida harorat va namlik tezda ko’tarilib yoki pasayib ketmaydi, ya’ni ma’lum bir mo’’tadil sharoitni ushlab turish imkoniga ega bo’ladi. Takroriy qurt boqish uchun urug’larni jonlantirishni boshqa tartib va qoidalari bahorgi inkubatsiyaga o’xshash bo’ladi.

Takroriy qurt boqish agrotexnikasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, yozning issiq kunlarida mo’’tadil harorat va namlikni ta’minlovchi qalin devorli qurtxonalar talab qilinadi. Qurtxonalarni unchalik baland bo’lmagan 1-2 qavatli /birinchi qavati pol sathidan 40-50 sm/ so’ri va so’kchaklar bilan ta’minlash, bahorgi qurt boqishda foydalangan bino va asbob-anjomlarni 4 foizli formalin eritmasi va monoxloramin bilan zararsizlantirish /dezinfektsiyalash/ hamda asosan tut daraxtlaridan oqilona foydalanish zarur bo’ladi. CHunki kuzda tut bargi dag’allashib sifati pasayadi. Yuqori harorat ipak qurtining rivojlanishini tezlashtirib, ovqatga bo’lgan talabni oshiradi va organizmdagi namlikni ko’p yo’qotadi. Qurt boqish davrida qurtxonadagi havo namligini me’yorida saqlashga e’tibor berish zarur.

Bir quti qurtni boqish uchun kamida 60-70m2 joy talab etiladi. Yilning issiq kunlarida ipak qurti kunduz kunlari kam ovqat yeydi. Bahorgi qurt boqishdan farqi ipak qurtlari kunning salqin vaqtlarida, ya’ni ertalab va kechqurun ko’p barg iste’mol qiladi.

Yozda qurtlar ko’proq turli xil kasalliklar bilan kasallanadi. Ko’pchilik kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar jarohatlangan teri orqali yuqadi. Qurtlar zich boqilganda tirnoqlari orqali bir-birlarining terisini tez jarohatlaydi. SHuning uchun boqish sathi qanchalik katta bo’lsa, qurtlar shunchalik yaxshi va sog’lom o’sadi.

Qurtxona harorati qurt boqish davrida 250, havo namligi 70-80 foiz bo’lish kerak.

Respublikamizning janubiy tumanlarida bunday sharoitni yaratish uchun tunda qurtxonalarni sovitib, butun kun davomida shu haroratni saqlashga xarakat qilish kerak. Buning uchun kech soat 210 larda qurtxonaning eshik derazalarini ochib, qurtxona poli sovuq suv bilan artiladi va atrofga suv sepilib, butun kech davomida eshik oynalarini ochiq qoldirish kerak. Yana erta bilan qalin qilib suv sepilib, eshik va derazalar yopiladi. Agarda tashqi harorat soyada 250S dan oshmasa, qurtxonaning eshik oynalarini ochiq qoldirib, qurtxona ichiga xo’l mato osib qo’yish zarur.

Birinchi, ikkinchi va uchinchi yoshlardagi qurtlar tut daraxtning pastki ko’k navdalaridan terilgan yosh butun barglar bilan boqiladi. To’g’ralgan barglarga nisbatan butun bargchalar namligini sekin yo’qotadi. Qurtlarni har 2-3 soatda oz-ozdan oziqlantirish kerak. 4-5 yoshlarda kichik serbarg navdalar bilan boqiladi.

Yozning jazirama issiq va quruq kunlarida qurtlarni xo’llangan barg bilan boqish yaxshi natija beradi. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, xo’llangan barglar bilan boqilganda qurtlarning xayotchanligi va pillasining og’irligi 20-30 foizga ortadi.

Asosiy e’tibor tungi va ertalabki boqishga qaratiladi, chunki shu vaqtda qurtlar eng ko’p barg yeydi.

Yozgi va kuzgi takroriy qurt boqish davrida qurtlar ko’proq kasallanadi. Yuqori haroratda qurtlar tez kasallanib, ommaviy nobud bo’lishi mumkin. SHuning uchun so’rilarni g’anadan tez-tez tozalab turish kerak. Jumladan ikkinchi va uchinchi yoshlarida bir marotaba, to’rtinchi yoshida 2 marotaba va 5 yoshida 4-5 marta g’analash zarur.

Yozda qurtlar bo’shashgan xolatda bo’lib navdalarda turishi qiyin bo’ladi. SHuning uchun qurtlar polga tushib ketib tez jarohatlanadi va kasallanadi. Har galgi oziqlantirishda to’kilgan qurtlar terib olinib alohida boqilishi kerak va navdalarning so’ri yoki so’kchaklardan chiqib turmasligiga e’tibor berish lozim. Pilla o’rash davrida yuqori sifatli dastalar tanlanishi, ularni to’g’ri joylashtirish va orqada qolgan qurtlarni boqib turish uchun mo’’tadil sharoit yaratib berish zarur.

Qurtxonalarni doimo shamollatib turish va havo haroratini 24-250S, namligini 60-70% atrofida saqlash kerak.

Qurt boqish davrida qurtxonaning yorug’ligiga e’tibor berish kerak. Katta yoshlarida qurtlar yorug’likni yoqtirmaydi. SHuning uchun qurtxona derazalarini parda bilan to’sib qo’yish lozim.

Ipak qurtlarini turli xil hasharotlar /chumoli, arilar, ilon, sichqon, baqa va qushlardan/ doim himoya qilish kerak.

CHumolilardan himoya qilish uchun etajerka va so’kchaklarning oyoqlariga solidol moyi surib qo’yish, inlariga qaynoq suv, kerosin quyish zarur.

O’zbekiston ipak uyushmasi «Pilla xolding» xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining muovini, qishloq xo’jalik fanlari doktori E.X.Tojievning ma’lumotiga ko’ra 1997-2002 yillarda Farg’ona, Andijon, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining pillakorlari 150 dan ortiq quti qurt urug’ini takroriy boqib yuqori hosil olganlar. Jizzax viloyatining pillakorlari 1998 yilda har quti urug’idan 50 kg dan ortiq pilla hosili olishga erishdilar.

Takroriy qurt boqishda quyidagi shartlar bajarilgandagina yuqori hosil olishga erishish mumkin:

1. Takroriy qurt boqishda yuqori hosil beruvchi zot va duragaylarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish.

2. Ozuqa bazasini yaratish, yangi yuqori hosilli tut navlari yaratish va maxsus tutzorlarni barpo etish.

3. Takroriy qurt boqish agrotexnikasini takomillashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish.

4. Takroriy qurt boqish uchun mo’ljallangan maxsus qurtxonalar qurish va x.k.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin