Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-ish. Qurtxonada havo almashtrish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə62/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

6-ish. Qurtxonada havo almashtrish

Ishdan maqsad. Talabalarga havo harakati va shamollatishning ipak qurtiga ta’siri va havo harakatini o’lchaydigan asboblarning tuzilishi hamda ishlatilishi bilan tanishtirish. Talabalarga binolarda havo almashinish va yo’nalishini o’lchaydigan va aniqlaydigan asboblar hamda o’lchash usullarini tushuntirib berish.

Kirish mulohazasi:

Havo almashinish natijasida qabul qilingan kislorod organizm uchun ozuqa kabi muhim va zarur bo’lib, u barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi va har qanday tirik mavjudotni hayot faoliyatini va rivojlanishini ta’minlaydi. SHuning uchun organizm yashayotgan joyda havo almashinish jarayonini to’lri tashkil etish, ya’ni sof havo /kislorod/ bilan ta’minlab, to’planib qolgan karbonad angidrid gazini chiqarib yuborish muhim ahamiyatga ega, chunki xonada kislorodni kamayib, karbonad angidrid gazini me’yoridan ortib ketishi organizmning o’sishi va rivojlanishi uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi, ba’zan halokatga ham olib keladi.

Ipak qurti havo tarkibidagi karbonad angidrid kontsentratsiyasiga kam sezuvchan bo’ladi, lekin atmosferadagi karbonat angidrid gazi 5% bo’lganda uning rivojlanishi to’xtaydi.

Qurt boqish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, qurt tuxumini jonlantirish va jonlangan qurtlarni boqish uchun yaroqli binolarni tanlashdan boshlanadi. CHunki tut ipak qurti, ekologiya qismida ta’kidlab o’tganimizdek sovuqqonli poykilotermli hayvonlar sinfiga mansub, ularni yaxshi rivojlanishi uchun mo’tadil harorat, namlik, havo harakati va yorullikni ta’minlovchi binolar kerak. Qurt tuxumini jonlantirish uchun kerakli binolar – inkubator xonalar – inkubatsiya fanida berilgan. Qurt boqish uchun foydalaniladigan xonalarga qurtxonalar deb ataladi.

Qurtxonalardagi karbonat angidrid gazining miqdorini, Goldan gazaanalizatori bilan aniqlanadi va amalda, shamollatish yoki havo almashtirish orqali me’yoriga keltiriladi.

Kuzatish natijalari shuni ko’rsatadiki, isitilmagan qurtxonada havoning to’liq almashinishi xonani shamollatish usuli va vaqtiga uzluksiz bog’liq bo’ladi.

Qurt boqish davrida qurtxonadagi harorat va namlik ko’rsatkichlari shamollatish usullari va havo harakati tezligiga bog’liq /5 jadval/ bo’ladi.

Bunda qurtning barcha yoshlarida qurtxonadagi havoni almashtirishning qaysi usulini qo’llashidan qat’iy nazar, qurtxonadagi harorat va namlik shamollatilgunga qadar bir xil bo’lgan, ammo havoni almashtirgach, harorat va namlik turlicha darajada pasayadi. Demak, qurtxonadagi harorat va namlikning o’zgarishi shamollatish usuliga bog’liq bo’ladi. Masalan qurtxona havosi elektr ventilyator yordamida 0,12-0,15 va 0,22-0,25m/sek. tezlik bilan almashtirilganda qurtxonadagi harorat 0,5-0,60 Sga, namlik esa 2-3%ga pasaygan bo’lsa, bu ko’rsatkich qurtxonani oddiy usulda shamollatilganda harorat kichik yoshlarida 1,5-1,70S, katta yoshlarida 1,0-1,30Sga, havo nisbiy namligi esa 12-15%ga pasayishi ro’y berdi. Bunda harorat va namlikni oldingi holiga keltirish uchun tajriba variantlarida o’rtacha 15-16 minut sarflangan bo’lsa, qiyoslovchi variantda bu raqam 35-40 minutga teng bo’ladi yoki 2,5-3 baravar ko’p vaqt sarflandi.

Demak, qurt boqish davrida qurtxonani yangi usulda shamollatilganda nafaqat, havo to’liq almashinadi, balki undagi harorat va namlik oddiy usuldagiga qaraganda sezilarsiz darajada pasayadi. Bundan tashqari xonadagi harorat va namlik shamollatish davrida pasayishi tashqaridagi ob-havoga deyarlik bog’liq bo’lmaydi. Bunga aksincha, eshik yoki derazani ochib shamollatilganda tashqaridagi ob-havo qanchalik past bo’lsa qurtxonadagi harorat va namlik shamollatish davrida shunchalik pasayib ketadi. Natijada xonadagi harorat va namlikni oldingi holiga keltirish uchun shuncha ko’p vaqt sarflanadi.

Keltirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, qurtxonani oddiy usulda (eshik yoki derazani har 2-3 soatda kichik yoshlarida 15-20 minut, katta yoshlarida 25-30 minut ochish yo’li bilan) shamollatilganda qurtxona havosi tarkibidagi karbonat angidrid gazining miqdori qurtning yoshdan yoshga o’tishi bilan ortib bordi. Masalan, qurtning birinchi yoshida qurtxonani shamollatishdan oldin uning miqdori 0,32% bo’lsa, uchinchi yoshida 0,35% ni tashkil etdi. Uchinchi uyqudan keyin, ya’ni qurtlar katta yoshga o’tishi bilan SO2 gazining miqdori yanada orta borib, 045%, beshinchi yoshida 0,60% ga etdi. Kislorod miqdori aksincha yoshdan yoshga kamayib bordi. Jumladan, qurtlarning birinchi yoshida 19,20% dan, beshinchi yoshiga kelib 19,10% ga teng bo’ldi. Pilla o’rash davriga kelib karbonat angidrid gazi miqdori bir oz kamayib (0,45%), kislorod miqdorining ko’payishi (19,25%) ro’y berdi.

Qurtxona oddiy usulda shamollatilgandan keyin havo tarkibida kislorod birmuncha ko’payib, karbonat angidrid gazi kamayadi. Ammo yuqorida bayon etilgan qonuniyat, ya’ni qurtlarni yoshlari bo’yicha chiqargan karbonat angidrid gazini qurtxonada to’planib borishi shamollatishdan keyin ham saqlanib qoladi. Jumladan, birinchi yoshida SO2 miqdori – 0,22%, ikkinchi va uchinchi yoshlarida – 0,28%, to’rtinchi yoshida 0,36% bo’lsa, beshinchi yoshida 0,50% ni tashkil etdi. Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki, qurtxona oddiy usulda shamollatilgandan keyin ham havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi me’yoriga kelmaydi. Kislorod miiqdori shamollatilgandan keyin biroz ko’tarilsada (0,10%ga ) qurtlarni toza havo bilan nafas olishi uchun etarli bo’lmaydi.

Demak, qurtlarni kichik yoshlarida qurtxonani har 2-3 soatda 15-20 minut, katta yoshlarida 20-25 minut davomida eshik yoki derazani ochib shamollatish kerak deb tavsiya qilingan muddatda qurtxona havo to’liq almashinmaydi va havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi me’yoridan 0,15%-0,35%ga, azot 0,70%ga ko’p bo’lib, kislorod miqdori aksincha 0,80-0,95%ga kam bo’ladi.

Qurtxona havosi shamollatishning yangi usulini qo’llanib, havo oqimi 0,12-0,15 yoki 0,22-0,25 m/sek tezlik bilan almashtirilganda xonadagi karbonat angidrid gazi qisqa muddat ichida kamayib talab darajasiga keladi, kislorod miqdori esa me’yoriga etadi. Masalan, qurtning kichik yoshlarida SO2 miqdori shamollatishdan oldin 0,16-0,18% va katta yoshlarida 0,18-0,20%, azot 79,93%, kislorod 19,90% ni tashkil etgan bo’lsa, shamollatilgandan keyin ularning miqdori qurtning barcha yoshlarida bir xil ko’rsatkichga, ya’ni SO2 – 0,13-0,15%, azot 79,76% va kislorod 20,10% ga teng bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda qurtxona havosi to’liq almashinib, qurtlar toza havo bilan ta’minlanadi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, qurtxona oddiy usulda shamollatilganda havo to’liq almashmasdan, unda karbonat angidrid gazini ortiqcha saqlanishi, ayniqsa qurtlar katta yoshida o’zidan ko’plab suv bullarini chiqarishi natijasida qurtxona havosi buzilib, qurtlarning o’sib rivojlanishi va biologik ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Qurtxonada havo almashinishi jarayoni va shamollatish usullari avvalo qurtlik davrining cho’zilishiga olib keladi. (7-jadval). SHamollatishning yangi usuli qo’llanilgan barcha variantlarida (Tetraduragay-3 va San.22 x San.24 duragayida ham) qurtlik davri 22,1-22,5 kun davom etgan bo’lsa, qiyoslovchi variantda bu ko’rsatkich 24,2 kundan iborat bo’lib, tajriba variantlariga nisbatan 1,7-2,0 kunga ortiqcha cho’zilishini ko’ramiz.

Qurtxona havosi to’liq almashinmasa katta yoshdagi qurtlarni qiynab qo’yadi (bo’ladi), natijada ular yaxshi rivojlanmaydi, o’sishdan orqada qoladi, ba’zan kasallikka duchor bo’ladi va hayotchanligi pasayib ketadi (8 jadval)

Ushbu raqamlar qurtxonada havo almashinish jarayonini ipak qurtining embrional va postembrional rivojlanishiga ta’siri to’lrisida oldingi boblarda qayd etgan fikrlarimiz va jadvallarda keltirilgan ma’lumotlarimizni tasdiqlab. qurtxona havosini to’liq almashmasligi nafaqat qurtlik davrini cho’zilishiga, balki qurtlarni hayotchanligiga salbiy ta’sir ko’rsatishini ko’rsatdi.

Ma’lumki, qurtning beshinchi yoshida beriladigan barglardan ko’p miqdorda namlik bullanib chiqadi. Bundan tashqari qurtlarning o’zi ham bu davrda juda ko’p namlikni bullatadi va karbonat angidrid gazi hamda sersuv axlat ajratadi. Natijada qurtxona havosi buzilib, namligi ortib ketadi. SHuningdek qurtlar pilla o’rash oldidan ichaklarini tozalab, tanadagi chiqindilarni chiqarishi va g’ananing qalinlashib ketishi qurtxona havosini yanada ifloslanishiga olib keladi. Bunday havoni o’z vaqtida almashtirib, toza havo bilan ta’minlanmasa ipak qurtlari etarlicha ipak suyuqligini to’play olmaydi va pilla o’rashga sut kirishadi. O’ragan pillaning miqdori va sifati pasayadi, nuqsonli pillalar soni ko’payadi. Qurtxona havo almashinish jarayonini ipak qurtlarining o’ragan pillalar miqdori va sifatiga ta’siri to’lrisidagi ma’lumotlar 9-jadvalda keltirilgan.

Qurtxona havosini almashtirishda shamollatishning yangi usuli qo’llanilib qurtlar doimo sof havo bilan ta’minlab turilganda 20 gramm qurtdan jami 80,4 kilogramm hosil olinib, uning 70,4 kilogrami navli, 7,8 kilogrami nuqsonli va 2,2 kilogrami qora pachoq pillalardan iborat bo’ldi yoki 87,6% navli, 9,7% nuqsonli va 2,7% qora pachoq pillalar tashkil etadi. Qiyoslovchi va tajriba variantlari orasida jami o’ragan pillalar bo’yicha farqi 8,2 kg yoki 11,8%, navli pillalar bo’yicha 15,1 kg yoki 11,0% dan iborat bo’lib, tajriba variantidagi ko’rsatkichlar yuqoriligidan dalolat berib turibdi.aksincha nuqsonli va qora pachoq pillalar miqdori qiyoslovchi variantda 3,7-7,3%ga ortib ketgani aniqlandi.

Demak, qurtxonalar havoni so’rib chiqaruvchi ventilyator yordamida 0,12-0,25 m/sek tezlik bilan shamollatilganda qurtlarning o’sib-rivojlanishi va mahsuldor bo’lishi uchun qulay sharoit yaratilgan bo’lib, tirik pillalarning sifati va biologik ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Qurtxonadagi shamol tezligi va yo’nalishini aniqlash uchun qo’l anemometri, katatermometr va mualliflar tomonidan taklif etilgan oddiy flyugerdan foydalanish mumkin.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin