Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə63/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Qo’l anemometri shamol tezligini qisqa vaqt oralilida /odatda 10 minutga yaqin vaqt ichida/ o’lchash uchun mo’ljallangan bo’lib, u 1m/sek dan 20 m/sek.gacha bo’lgan shamolning tezligini o’lchash uchun ishlatiladi.

Qo’l anemometrining qabul qiluvchi qismi oxirgi uchlariga qavariq tomonlari bir tomonga qaratilgan to’rtta bir xil yarim kavak sharlar-kosachalar-pirpiroq o’rnatilgan metall /bir-biriga ko’ndalang qilib joylashtirilgan/ krestovinadan iborat. Yarim sharlar o’qqa mahkamlangan bo’lib, o’qning pastki qismi «cheksiz» vint bilan tugaydi va u aylanishlar hisoblagichning tishli lildiragiga tegib turadi. O’q aylanganda aylanishlar hisoblagichni hamda undagi uchta strelkani ham harakatga tushiradi. Yarim sharlar tashqi mexanik shikastlanishlardan yoysimon simlar bilan to’silgan asbobning sanash mexanizmi korpusga joylashtirilgan. Sanash mexanizmining tsiferblati 3ta shaklga ega bo’lib, ularga mos ravishda minglik, yuzlik va o’nlik aylanishlar sonini hisob qilinadi. Anemometr tsiferblati 0 dan 100 gacha bo’linishda taqsimlangan. Qolgan ikkita strelkalar yordamida esa yuzlik va minglik aylanishlar soni aniqlanadi.

Asbob korpusi o’ng yon tomonining pastki qismida halqa shaklidagi «arretir» bor. Arreterni yuqoriga va pastga surish mumkin. Arreterni soat strelkasi yo’nalishga qarshi /yuqoriga/ surganda, u sanash mexanizmini uzatma orqali o’q bilan bollaydi. Arreterni soat strelkasi bo’yicha /pastga/ surganda esa soat mexanizmi o’q bilan ulanmaydi va pirpiroq bu holda salt ishlaydi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin