5- Mavzu. Qurtxonada yorug`lik koyffisenti.
Ishdan maqsad. Talabalarga tut ipak qurtining rivojlanishiga yoru`likni ta’sirini tushuntirib berish.
Kerakli jihozlar:
1.Ipak qurtiga yoru`likni ta’sirini ifodalovchi jadvallar.
2.Darslik va Amaliy amaliy mashg`ulot o’quv qo’lllanmalari.
Eslatma:
Hashoratlarning rivojlanishi va ko’payish tezligiga ba’zan quyosh nuri ham ta’sir etadi. Masalan, ba’zi o’simlik butalarining jinsiy mahsuloti yorullik etarli bo’lganda tezroq rivojlanadi. Tungi kapalaklarning ko’pi faqat etarli darajada qoronlilik bo’lganda tuxum qo’yadi. Hashoratlar rivojlanishiga kun va tunning almashishi ham ta’sir etadi. Agar karam kapalagi qurtining rivojlanishi kunning uzunligi 15 soatdan kam bo’lganda o’tsa, bunday qurtlardan paydo bo’lgan lumbaklar diapauza holatiga o’tadi. Ya’ni ularning rivojlanishi to’xtaydi va etuk hashoratga aylanishi kechikadi. Tut ipak qurtining diapauzasiga yorullikni ta’sir etishi aniqlangan.
Tut ipak qurtining rivojlanishi binolarda /qurtxonalarda/ bo’lganligi uchun quyosh nurining to’lri ta’siridan saqlanadi.
Xonalarning yorulligi yorullik koeffitsienti bilan ya’ni yorullik tushadigan oyna satxining yoritilayotgan joy maydoniga nisbati bilan aniqlanadi. Qurtxonalar uchun bu koeffitsient 1:9 - 1:12. binoning yorullik darajasi derazalar oynasining sifati, qalinligi, turi va tozaligiga bog’liq. Oq bems 2mm qalinlikdagi oynada 10%, ikki qavatli oynalarda 20%, kir oynalarda 50% yorullik ushlab qolinadi. Bundan tashqari pardalar ham yorullik o’tishni 40% gacha saqlab qoladi.
Oynalarning sifati xonaga tushayotgan quyosh nurining miqdori va tarkibiga ta’sir etadi. Oddiy oynalar nurlarni yaxshi o’tkazib, infraqizil va ultrabinafsha nurlarni yutadi. Quyosh nurining energiyasi ko’rinuvchi nurlar hisobida bo’lib, qurtxonalarga kirganda ma’lum darajada kamaygan xolda qizitadi. Er (pol), devor va predmetlar issiqlikni yutadi va o’z navbatida issiqlik energiyasi infraqizil nuri ajratadi. SHuning uchun xona ichida issiqlik saqlanadi. Ultrabinafsha nurlarini oddiy oynalar saqlab qoladi. Bu esa gigienik ahamiyatga ega bo’lib mikroorganizmlarni o’ldiradi va ipak qurtining yaxshi rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Parnik va issiq xonalarda oyna o’rnida oq plyonkalardan foydalaniladi. Bu plyonkalar yorullik va ultrabinafsha nurlarini o’tqazadi. SHuning uchun qurtxona oynalarini plyonkaga almashtirish mumkin.
Respublikamizda ultrabinafsha nurlarining hayvon organizmiga ta’sirini o’rganishga katta e’tibor berilmoqda.
Olib borilgan tajribalar tut ipak qurtiga ultrabinafsha nurlarining ta’siri yaxshi natijalar berilganligini isbotlaydi.
Ipak qurtining yaxshi rivojlanishi uchun oddiy kun yorulligi etarli. Kun yorulligi kam bo’lgan binolarda boqilgan qurtlarning rivojlanishi sekinlashadi, qoronlida o’ralgan pillalar kichik va mayda bo’ladi. SHuning uchun illor pillakorlar yuqori hosil olish uchun kechqurun qurtxonalarni chiroqlar yordamida yoritadilar, ayniqsa 1.2 va 3 yoshlarida. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, kechalari yoritish natijasida qurtlik davri 1-2 kunga qisqarib, 5-10% hosildorlik oshgan.
Qoronli qurtxonalarda doimo namlik yuqori bo’lib, lanalar tez qurimaydi, qurtlar kasallanadi. Yorul qurtxonalarda esa qurtlarni rivojlanishini kuzatish oson. Lekin to’lri quyosh nuri yoki haddan tashqari yorullik qurtlarni bezovtalaydi.
Ishni bajarish tartibi:
1.Binoni katta-kichikligi va yoru`ligi bilan tanishib, xonani yoru`lik koeffitsientini aniqlang.
2.Xona yoru`ligiga ta’sir etadigan vositalarni belgilang.
3.Tut ipak qurtining rivojlanishiga yoru`likni ta’sirini ifodalab bering.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1.Hasharotlar rivojlanishiga yoru`likni ta’siri?
2.Binoning yoru`lik darajasi nimaga bo`liq?
3.Binoning yoru`lik darajasi qanday aniqlanadi?
4.Tut ipak qurtining rivojlanishiga yoru`likni ta’siri?
5.Ultrabinafsha nurlari qurtlarga qanday ta’sir etadi?
Dostları ilə paylaş: |