1-Mavzu. Dunyo bo’yicha ipakchilikning ahvoli va O’zbekiston Respublikasi viloyatlari bo’yicha etishtirilgan pilla miqdori bilan tanishish.
1-jadval.
Respublika viloyatlarda pilla tayyorlash miqdori 2020 yil ma’lumoti.
№
|
Viloyatlar
|
Rejasi tonna
|
Tayyorlagan pilla tonna
|
Bajarilgan %
|
1 qutidan olingan hosil kg
|
1.
|
Far`ona
|
2200
|
2240
|
101
|
55
|
2.
|
Andijon
|
2600
|
2613
|
101
|
48.6
|
3.
|
Namangan
|
2475
|
2336
|
95
|
53.6
|
4.
|
Buxoro
|
2750
|
2786
|
101.3
|
55.7
|
5.
|
Samarqand
|
2480
|
2509
|
101.2
|
47.2
|
6.
|
qashqadaryo
|
2475
|
2500
|
101
|
47.3
|
7.
|
Xorazm
|
1930
|
1931
|
100
|
51.5
|
8.
|
Toshkent
|
1290
|
1308
|
101.4
|
51.8
|
9.
|
Surxondaryo
|
1180
|
1200
|
101.6
|
42.2
|
10.
|
Navoiy
|
830
|
833
|
100.3
|
52.5
|
11.
|
qoraqalpoq
|
740
|
744
|
100.5
|
50.2
|
12.
|
Jizzax
|
530
|
536
|
101
|
44.0
|
13.
|
Sirdaryo
|
520
|
522
|
100.4
|
48.6
|
Respublika bo’yicha
|
22000
|
22057
|
100.3
|
50.7
|
1.Dunyo bo’yicha pilla etishtirish tablitsasi.
2.O’zbekiston Respublikasi viloyatlari bo’yicha etish-tirilgan /oxirgi ikki yilda/ pilla miqdori va hosildorligi – tablitsalari.
3.Turli mamlakatlarda boqiladigan ipak qurtlarini pillalaridan namunalar.
1.Dunyo bo’yicha ipakchilikning ahvoli bilan tanishib chiqib, turli mamlakatlarda pilla tayyorlash miqdori, nechanchi o’rinda turishini aniqlang.
2.Hosildorlik bo’yicha mamlakatlarning tutgan o’rnini aniqlang.
3.Respublikamiz viloyatlarida pilla etishtirish va hosildorligi bilan tanishib chiqing.
4.Respublikada etishtirilgan hosilning sifati va miqdorini aniqlang.
5.Tanishib chiqqan tablitsalarni amaliyot daftariga yozib oling.
2-Mavzu. Ipak qurti tuxumining og`irligini aniqlash.
Ishdan maqsad. Ipak qurtining zotlari bo’yicha 1 gramm va 1 qutidagi uruglar sonini aniqlash va shuning asosida 1 dona urugning o’rtacha ogirligini o’rganishdan iborat.
Kerakli jixozlar:
1.Ipak qurtining turli zotlaridan tayyorlangan uruglar.
2.Uruglarni tortishda ishlatiladigan tarozilar.
3.Turli grammlar va milligrammlardagi toshlar.
4.Lantsetlar.
5.A4 formatli qogozlar.
6.Lupalar.
Ishni bajarish tartibi.
1.Ipak qurtining turli zot va duragaylarining uruglari 1 gramm ogirlikda tortib olinadi.
2.Urugning zot va duragayga qarab tashqi ko’rinishi, shakli va belgilari o’rganiladi.
3.Lantset yordamida 1 gramm ogirlikdagi uruglarning soni sanab aniqlanadi.
4.1 dona urugning o’rtacha ogirligi va 1 qutidagi uruglar miqdori hisoblab topiladi.
5.Urugni zotlari bo’yicha bo’yi, eni va hajmi aniqlanadi, buning uchun millimetr qogozlaridan foydalaniladi.
6.Tuxumni qobigi va uning qalinligi hamda tashqi belgilari o’rganilib, rasmi chiziladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Adabiyotlardan foydalanib, quyidagi savollarga javob yozib keling:
1.Ipak qurtining zot va duragaylari bo’yicha urugnin tashqi ko’rinishi va tuzilishi qanday bo’ladi?
2.Ipak qurtini 1 dona urugining o’rtacha ogirligini va uni zotlar bo’yicha qanday farq qilinishini yozing.
3.Tuxumning mikropilyar teshikchasi va nafas olish kanalchalari qamda doglari to’grisida ma’lumotlar to’plang.
4.Otalangan va otalanmagan tuxumlarni rangi, shakli va ogirligi to’grisidagi ma’lumotlarni aniqlang.
3-Mavzu. Qurxona haroratini o’lchash.
Ishdan maqsad. Talabalarni ekologik omil-haroratning tut ipak qurtining rivojlanishi, hayotchanligi, mahsuldorligi va chidamliligiga ta’sirini o’rgatish. Talabalarni binolarning haroratini o’lchaydigan asboblar bilan hamda o’lchash usullari bilan tanishtirish.
Kerakli jixozlar:
1.Bir xil sharoitda turli xil haroratda /10o-15o; 24o-26o va 29o-30o darajada/ boqilgan 1,2,3,4,5 yoshlarida fiksatsiyalangan qurtlar va pilla namunalari.
2.Tut ipak qurtining rivojlanishi, o’sishi va hosiliga haroratni ta’sirini ifodalovchi tablitsalar.
3.Uy termometrlari, Avgust psixrometrlari, bir sutkali yoki bir xaftali termograflar /lentalari bilan/.
4.Darslik va Amaliy amaliy mashg`uloti o’quv yoki uslubiy qo’llanmalari.
Ishni bajarish tartibi.
1.Turli xil haroratda /past harorat 10o-15o, normal harorat 24o-26o va yuqori harorat 29o-30o/ boqilgan 1,2,3,4 va 5 yoshda fiksatsiyalangan qurtlarni olib, taqqoslab, farqlarini aniqlab chiqing.
2.Turli xil haroratda boqilib olingan pilla namunalarini olib katta kichikligi, sifati va o`irligini o’lchab, farqini aniqlang.
3.Tablitsalar yordamida tut ipak qurtining tashqi muhit haroratining o’zgarishiga, chidamliligi, ularning zotiga va rivojlanish davriga bo`liqligi bilan tanishib chiqing.
4.Tut ipak qurtining rivojlanish davrlarida eng past /minimal/, me’yoriy /optimal/ va eng yuqori /maksimal/ darajalarini, tuxum, lichinka, `umbak va kapalakka ta’siri bilan tanishib chiqing.
5.Ipak qurtining rivojlanish davrlarida haroratga chidamligini aniqlang.
6.Turli xil haroratning /15o,17o, 20o, 22o, 25o, 30o issiqlikni/ tut ipak qurti boqish davrining davomatiga ta’sirini aniqlang.
7.qurt boqilayotgan xona haroratini o’zgarishi /me’yoridan past va yuqori,/ ipak qurtining rivojlanishi va hosildorligi ta’sirini tablitsa va jadvallar yordamida tanishib chiqing.
8.Uy termometrlari /simobli, spirtli v.b./ tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishib chiqing.
9.Bir sutkali yoki bir xaftali termografning tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishib chiqing.
10.Binoni bir necha joyida eshik oldida, o’rtasida, to’rida, turli xil balandlikda 50 sm, 1m, 2 metr balandlikda/ haroratni o’lchab chiqib farqini aniqlang.
11.Bino haroratini o’zi yozib oluvchi avtomatik termograf yordamida aniqlang. Buning uchun oynali quticha qopqo`ini ochib /rasm 3/ peroli strelkani ko’tarib, tsilindr-barabanni /3/ yuqoriga ko’tarib oling. Extiyotkorlik bilan soat mexanizmini burang. Lentani olib, orqasiga qo’yish kuni va vaqti yozib, tsilindr-barabanga o’rab, qisqich bilan mahkamlang. Lenta barabanga jipslashib joylashishi kerak. TSilindrni joyiga qo’yib, peroli strelkani barabanga tegizib qo’yiladi va termograf quticha yopilib, harorat o’lchaydigan joyga qo’ying. Ma’lum vaqtda baraban soat mexanizmi aylanadi, bir sutkali termograf barabani bir kunda to’liq o’z o’qi atrofida aylanib chiqadi. Peroli strelka lentaga chiziqlar chizib, harorati yozib boradi. Barabandan lentani olib, chiziqlar orqali binoni haroratini aniqlang.
12.Turli xil kattalikdagi binolarning haroratini o’lchab chiqing.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Kirish mulohazasida berilgan ma’lumotlarga asoslanib quyidagi savollarga javob yozib keling.
1.Tut ipak qurtiga haroratni ta’siri.
2.Sovuqqonli va issiqqonli hayvonlarga haroratni ta’siri qanday rol o’ynaydi va farqi.
3.Tut ipak qurtining rivojlanish davrlarida haroratga chidamliligi.
4.Amaliyotda tanishib chiqqan tablitsa va jadvallarni yozib oling.
5.Uy termometrlarini tuzilishini rasmini chizib oling.
6.O’zi yozib oluvchi avtomatik termografni rasmini va ishlatish jarayonini yozib oling.
7.Turli kattalikdagi binolarni va turli joylarida haroratning farqini yozib oling.
Dostları ilə paylaş: |