Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Turli xil sharoitda tut barglarning qurishi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə36/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Turli xil sharoitda tut barglarning qurishi.


Qurtxonada havo harorati 0S

Ma’lum vaqtda tut barglarning qurishi, %

1 soatda

2 soatda

qoplamasiz

qoplama ostida

qoplama

siz


qoplama ostida

quruq

namlangan

quruq

namlangan

22

8,4

5,6

1,2

12,2

10,2

3,9

25

8,8

5,8

4,0

14,4

12,8

4,7

28

14,5

7,8

4,7

38,4

14,7

6,9

30

18,2

8,9

6,3

46,2

17,3

9,7

Qurtlarni nam qoplama ostida boqish havo nisbiy namlikni ko’tarishi va haroratni pasayishiga olib keladi. Ayniqsa takroriy qurt boqishda muxim rol o’ynaydi. SHu bilan bargni tejash bir sutkada 10-12 marta o’rniga 3-4 marta barg berish mumkin, natijada mehnat kam sarf bo’ladi.

Qurtlarni, qog’oz yoki kartondan yasalgan quti, yashik ichiga joylashtirib, usti namlangan qog’oz yoki mato bilan yopiladi. Kardonli yoki qog’oz qutiga yolochdan karkas o’rnatiladi.

Agarda qurtxonaning harorati 260 S dan yuqori bo’lsa, namli qoplama ostida boqish yaxshi natija beradi. Qoplama ostida harorat 1,5 - 30 daraja past bo’lib, namlik 75-80 foiz bo’ladi.

2001 yilgi, qurt boqish mavsumida Andijon viloyatining illor pillakorlari «Andijoncha usul» poliatilen plyonka qoplama ostida boqib, barg sarfi 20-30 foizga kamaytirishga, qurtlik davrini 1,5-2 kunga qisqartirishga, mehnatni kam sarflashga va yuqori sifatli hosil olishga erishdilar.



Qurtlarni po’st tashlash, uyqu, vaqtida parvarishlash.

Qurtlar lichinkalik davrida to’rt marta uxlaydi yoki po’st tashlaydi. Po’st tashlashdan oldin qurtlar kam xarakatchang bo’lib, oziqlanishi kamayadi.

Po’st tashlash davrida qurtlarni parvarish qilishning o’ziga xos xususiyati bor. Ma’lumki, ipak qurtlarining o’sishi va rivojlanishi irsiy hamda tashqi omillar ta’sirida ro’y beradi, hamma qurtlar bir xil irsiyatga ega bo’lmaganidek, ularga tashqi muhit /ozuqa, xarorat, namlik va boshqalar/ ham turlicha ta’sir etadi. SHu tufayli qurtlar bir vaqtda uyquga kirmaydi. O’sish va rivojlanishda sal ilgarilangan qurtlar birinchi bo’lib uyquga ketadi. Bunday qurtlarga qarab barg berishni to’xtatib qo’yish xali oziqlanishi davom ettirayotgan qurtlarning och qolishiga va ularning po’st tashlash jarayonlarini cho’zilib ketishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun barcha qurtlar uyquga kirguncha ularga oz-ozdan barg berish davom ettiriladi. Hamma qurtlar uyquga ketgach, barg berish to’xtaladi.

Odatda mo’tadil sharoitda, birinchi, ikkinchi va uchinchi yoshlarida po’st tashlash bir sutkadan, to’rtinchi yoshda po’st tashlashi bir yarim sutka davom etadi. Past xaroratda po’st tashlash davri bir necha kunga cho’zilishi mumkin. Juda yorullikni yoqtirmaydi, qurt bezovtalandi. SHuning uchun deraza va oynalarni to’sish kerak.

Yuqorida aytganimizdek rivojlanishda ilgarilab ketgan qurtlar tezroq po’st tashlaydi. Agar hamma qurtlar uyqudan turmasidan barg berish boshlansa, avval uylongan qurtlar barg eyishga kirishadi va riovjlanishda yana ilgarilab ketadi.Uyqudan turmagan qurtlar bezovtanadi. Bezovtalangan qurtlar po’st tashlay olmay o’lishi mumkin yoki barglar tagida qolib rivojlanishda orqada qoladi.

Uyg’ongan qurtlarning o’sish va rivojlanishi uni birinchi oziqlantirishdan boshlanadi. Po’st tashlab bo’lgandan keyin qurtlar bir necha vaqtgacha bo’shashgan bo’ladi, shuning uchun darrov oziqlantirmasdan, hamma qurtlar uylonishini, aktiv xarakat qilishini kutish kerak.

Po’st tashlagandan keyin birinchi oziqlantirishda kam miqdorda extiyotkorlik bilan bir tekisda barg berish kerak. Agarda yuqoridagi qoidalar buzilsa bir so’kchakdagi qurtlar katta-kichik bo’lib qoladi. Qurtlarning rivojlanishidagi notekislik ularga dasta qo’yishda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Oqibatda pilla hosili, ayniqsa, xom ashyoning sifat ko’rsatgichlari yomonlashadi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin