Standart etajerkalar. Bular 2-3 qavatli bo’lib, ma’lum uzunlikda kesilgan yog’ochlardan yasaladi. Etajerkaning uzunligi 2m, eni 1m, qavat oralig’i 0,7 – 0,8m. Bunday etajerkalarni turli xonalarda foydalanish mumkin. Bundan tashqari bu etajerkalarning soni kam bo’lib, ko’proq oziqalanish maydoni hosil qilish uchun ularning oraliqlarini 2m masofada joylashtirib, bir-biriga rekalar yoki sim va arqon orqali birlashtirib, binoni uzunligi bo’yicha qurt boqish maydoni hosil qilish mumkin. Bunda etajerkalar oraliq tayanch vazifasini bajaradi.
Oxirgi davrda ipakchilikda bo’laklarga bo’linadigan standart va 3 qavatli temir etajerkalar foydalanilmoqda. Bu etajerkalar hajmi 2 x 1 m, balandligi 1,95 m. Qavatlar aro masofasi, yerdan 0,4 m qavat orasi 0,7 – 0,8 m. Bu etajerkalar qurtxona uzunligi bo’yicha joylashtirib, ularni oralig’ini bir-biri bilan uzun navdalar yoki sim va arqonlar bilan birlashtirish mumkin. Bu etajerkalarni bir necha yil foydalanish mumkin.
Bundan tashqari ko’p qavatli, olinib qo’yiladigan polkali etajerkalardan foydalaniladi. Bunday etajerkalar Yaponiya, Koreya mamlakatlarida foydalaniladi. Bular yog’och yoki bambukdan tayyorlanib, har bir ramkaning kattaligi 0,7 x 1m2.
O’quv va laboratoriya ishlari uchun to’rt qavatli, yon tomonlaridan tayanch ustunchali qismlarga ajratiladigan etajerkalardan foydalaniladi. Polkalarning uzunligi 0,75m2.
Pillachilik rivojlangan Yaponiya, Koreya va Xitoyda mexanizatsiyalashgan ko’p qavatli qurt boqish etajerkalar foydalanilmoqda. Bunday etajerkalarda bargni berish, g’anani almashtirish mexanizatsiyalashgan.
Ba’zi bir ipakchilik tumanlarida iqtisodiy tanglik tufayli hozirgi kunda etajerka yoki so’rilar yo’qligi sababli tut ipak qurtlarini, qurtxonaning poliga tut navdalarini tikka qilib qo’yib boqilmoqda. Bunda tut ipak qurtlarini zararkunandalardan, ayniqsa chumoli, kalamush, tovuq, qushlar va xokazolardan saqlash va extiyotkorlik choralarini ko’rish kerak.
Dostları ilə paylaş: |