23.2 Mavzu-Suniiy dasta tayyorlash
Ishdan maqsad.
Talabalarni tut ipak qurti pilla o’rashi uchun foydalaniladigan dastalarni turlari, ularni tayyorlash va dasta turlarini qurtning rivojlanishiga, pilla hosili va sifatiga ta’sirini o’rgatishdir. Talabalarni ipak qurti pilla o’rashi uchun dastalarni qo’yish tartibi, dasta miqdori va qurtlarni pilla o’rash davrida parvarish qilish usullari bilan tanishtirishdan iborat.
Kerakli jihozlar:
1.Tabiiy dasta: mingbosh, sariq gul /surepka/, oq bosh, chitir, qar`atirnoq va boshqa o’tchil dasta namunalari.
2.Sun’iy dastalar: samon, poxol, qo`oz, kardondan yasalgan katakchalar, sintetik materiallardan tayyorlangan dasta namunalari.
3.Sun’iy dasta tayyorlovchi dastgohlar:
4.Dasta turlarini ifodalovchi plakatlar.
5.Dasta tayyorlash jarayonini ifodalovchi plakatlar.
6.Tabiiy va sun’iy dasta namunalari.
7.Dastalarni joylashtirish sxemasini ifodalovchi plakatlar.
Ishni bajarish tartibi.
1.qurtlarni pilla o’rashi uchun foydalaniladigan dasta turlari bilan tanishib chiqing.
2.Tabiiy dastalar turi, ularni tayyorlash muddati, quritish va bo`lash usullarini ta’riflab bering va tayyorlang.
3.Sun’iy dasta turlari: poxol, somon, qo`oz kardondan va sintetik dasta turlari bilan tanishing.
4.Samondan dasta tayyorlaydigan dastgohning tuzilishi va ishlatish jarayoni bilan tanishib chiqing.
5.Poxoldan dasta tayyorlash jarayoni ifodalab bering.
6.Turli xil dastalarda o’ralgan pillalarni olib, bir-biriga taqqoslang va dasta turlarini pilla hosili va sifatiga ta’sirini aniqlang.
7.Etilgan, pilla o’rashga tayyor qurtlarni morfologik belgilari va xolatini ifodalab bering hamda kuzating.
8.1, 5, 10, 100 quti qurt uchun nechta tabiiy va nechta sun’iy dasta zarur bo’ladigan miqdorni aniqlang.
9.Kontrol dastalarni joylashtirish sxemasi bilan tanishib chiqing.
10.Dastalarni joylashtirish ularning orali`i bilan tanishib sxemasini chizib oling.
11.Pilla o’rash davrida etilmagan qurtlarni oziqlantirish va ozuqa tayyorlash tartibini ifodalab bering.
12.Dastaga chiqqan qurtlarni alohida xona va kameralarga yoki bo’sh so’kchaklarda saqlashni afzalligini ta’riflab bering.
13.Pilla o’rash davrida qurtxona yoki pilla o’rash xonalarning gigrotermik rejimini ifodalang.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1.Ipak qurtiga nima uchun dasta qo’yiladi va dastalarning turlari?
2.Tabiiy va sun’iy dastalarni tayyorlash?
3.Sun’iy dastalarning tayyorlaydigan dastgoxlar va ularni ishlatish jarayonlari.
4.qurtlarga dasta qo’yish muddati qanday aniqlanadi va uning ahamiyati?
5.Dasta qo’yish tartibini ifodalab bering.
Dostları ilə paylaş: |