Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 223,5 Kb.
səhifə2/7
tarix26.06.2023
ölçüsü223,5 Kb.
#135240
1   2   3   4   5   6   7
Sillabus Agrar siesat va ozik-ovkat havfsizligi Marketing 3-kurs 2022

II. Fanning maqsadi
Fanning maqsadi talabalarga agrar sektorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar va davlat agrar siyosatining oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal etish va iqtisodiy rivojlanishga taʼsiri samarasi, zamonaviy nazariyalar asosida agrar va oziq-ovqat sohalari iqtisodiyotini tartibga solish darajasiga baho berishni oʼrgatish hamda ularni amalda tatbiq etish koʼnikmasini hosil qilishdir.
Maqsadlar talabalarga quyidagilarni oʼrganish imkonini beradi:
• agrar siyosat va agrar sohada iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal qilish qonuniyatlarini bilish va tushunish;
• barqaror iqtisodiy oʼsish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda davlatning agrar iqtisodiyotni tartibga solish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalari mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilish;
• agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid iqtisodiy gʼoyalarni yozma ravishda mantiqiy va aniq ifoda etish;
• agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid asosiy iqtisodiy raqamlardan foydalanish va iqtisodiy maʼlumotlarni sharhlash;
• iqtisodiy tahlil vositalaridan foydalanish;
• oziq-ovqat xavfsizligi tushunchalarni mavjud iqtisodiy tadqiqotlarda qoʼllash.


III. Taʼlim berish natijalari
Bilish va tushunish jihatidan:
Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʼlishlari kerak:
• agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid iqtisodiy taʼriflar, formulalar, tushunchalar, nazariyalarni bilishi va tushunishini namoyish etish;
• iqtisodiy terminologiyadan foydalanish.
Tahlil jihatidan:
Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʼlishlari kerak:
• agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid maʼlumotlarni taxlil qilish, tartibga solish va sharhlash;
iqtisodiy tahlilni yozma, raqamli, diagramma va grafik maʼlumotlarda qoʼllash;
• agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid iqtisodiy muammolar va vaziyatlarni tahlil qilish, aloqalarni aniqlash va rivojlantirish.
Baholay olish jihatidan:
Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʼlishlari kerak:
• agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid iqtisodiy maʼlumotlar va koʼrsatkichlarni baholash;
• agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid iqtisodiy tahlil va asossiz koʼrsatkichlarni farqlash;
• agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid iqtisodiy qarorlar va hodisalar natijalarining noaniqliklarini bilish;
• iqtisodiy tafakkurni mantiqiy tarzda yetkazish.



Yüklə 223,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin