Talab – bu ehtiyojlarning pul bilan qondirilgan qismidir. Talab bitta individual iste'molchiga yoki bozordagi barcha iste'molchilarga (bozor talabi) tegishli bo'lishi mumkin.
Talab jadvali - bu kimdir sotib olishga tayyor bo'lgan turli xil mahsulot yoki xizmatlarning mumkin bo'lgan narxlar bo'yicha ro'yxati keltirilgan jadval.
Taklif - bu muayyan vaqtda hamda muayyan narxda tovar yoki xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori.
Taklif deganda ishlab chiqaruvchilar har qanday mumkin bo'lgan bozor narxlarida sotishga tayyor bo'lgan tovar yoki xizmatning turli miqdorlari tushuniladi. Taklif bitta ishlab chiqaruvchining mahsulotiga yoki bozordagi barcha ishlab chiqaruvchilarning umumiy mahsulotiga (bozor ta'minoti) tegishli bo'lishi mumkin.
Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi.