97
o’tkazdi. Vaholanki, britaniyalik va fransuz oilalarining turmush tarzi, hayotiy
ko’nikmasi, qiziquvchanligi, daromadlari bir-birlariga juda o’xshash bo’lsa ham,
mahalliy bozor tabiati, undagi raqobat, xaridorlar talabi birmuncha farq qilar ekan.
Bundan ko’rinib turibdiki, har bir tashkilot, firma o’z bozori va xaridori
ko’lamini saqlash, ular salmog’ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy
tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmog’i lozim.
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf harajatlarni talab etadi. Asosan
yirik firmalar o’z tarkibiy tuzilmalari, sho’’ba tashkilotlari miqyosida marketing
tadqiqotlarini o’tkazadilar. Lekin, barcha sohalar bo’yicha tadqiqotlarni o’tkazishga
imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo’lmaganligi hamda xodimlarni butun yil
davomida ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni
ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda
axborot olib turadilar.
Dostları ilə paylaş: