Integratsiyalangan marketing jarayoni. Anglab olish va strategik
rejalashtirish bo’yicha ko’rsatib o’tilgan ishlar operatsion rejalashtirishdan anchagina
farq qiladi va ishtirokchilardan boshqacha qobiliyatlarni talab qiladi. Shunga
qaramay, bu ikki funksiya ma’lum ma’noda bir-birini to’ldiradi, ya’ni strategik
rejaning tuzilmasi operatsion marketing bilan chambarchas bog’liq bo’lishi lozim.
Operatsion marketing narx, sotish tizimi, reklama va tovarni siljitish kabi vositalariga
alohida e’tibor beradi, strategik marketing esa firma raqobatli ustunlikka ega bo’lgan
tovar bozorlarini tanlashga va maqsadli bozorlarning har biridagi umumiy ehtiyoj
istiqbollariga qaratilgandir.
Bozor ulushini egallash maqsadini har bir tovar bozori bo’yicha umumiy
ehtiyoj istiqbollari bilan taqqoslash tanlangan narx siyosatiga mos ravishda sotish
hajmi va aylanmasi bo’yicha topshiriqlarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Kutilayotgan daromad bevosita ishlab chiqarish harajatlari, mumkin bo’lgan doimiy
tarkibiy harajatlar, marketing byudjeti imkon bergan miqdordagi savdo xodimlari,
reklama va u qo’shimcha chiqimlarni qoplashi va sof foyda kelishini ta’minlashi
kerak.
107
Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar: 1.
Marketing tadqiqotlari deganda nimani tushunasiz
2.
Investitsiya loyihalarini boshqarishda marketingning ahamiyati nimada
3.
Investitsiya loyihalari tahlili uchun marketing izlanishlarining zarurligi
nimada
4.
Investitsiya loyihalari marketingining asosiy vazifalari nimalardan iborat
Investitsiya loyihalarida bozorni tadqiq qilishning asosiy yo’nalishlarini
tushuntirib bering.