114
berishmaydi. Aksiyalarning nominal qiymati pasaytirilganda aksiya narxi va yangi
nominal qiymat o’rtasidagi farq aksiyadorlarga qaytariladi. Ustav kapitalini
kamaytirish uchun tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish
deportamentiga iltimosnoma va ustav kapitalini kamaytirish to’g’risida aksiyadorlar
umumiy yig’ilishning qarori topshiriladi. Rozilik bir oy muddatda beriladi. Ustav
kapitalining kamaytirilishi yoki oshirish omonatchilar manfaatlariga va bank
moliyaviy ahvoliga xavf solsa yoki bir aksiyador ulushi belgilangan normadan oshib
ketsa, Markaziy bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat bermaydi.
Markaziy bank o’z xulosasini asoslangan holda bir oy ichida yozma ravishda
tijorat bankiga yuboradi. Shuni aytish kerakki, bank kapitalining asosiy maqsadi –
riskni kamaytirish va kapitalning moliyaviy resurslar bozoriga kirish yo’lini
ta’minlashdadir. Bank kapitali operatsion xarajatlarni moliyaviy bozorlarga erkin
kirib borishini ta’minlash orqali kamaytiradi. Bank kapitali doimiy manbalardan
odatdagi stavkalarda qarz olishga imkon beradi.
Katta miqdordagi kapital bankning barqaror obro’sini va omonatlar ishonchini
ta’minlaydi.
Yuqorida aytilgan bankning o’z kapitalining funksiyalaridan xulosa qilib
aytsak, bankning o’z kapitali – bank tijorat faoliyatining asosidir. U bank
mustaqilligini va turli risklar bo’yicha salbiy oqibatlarni oldini olish bo’lib, moliyaviy
barqarorlikni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: