116
bahosining minimallashtirish hisobiga erishish mumkin bo’lgan boshqaruv
personallari oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. To’rtinchidan, kapital bahosi
investitsion loyihalarni tahlil qilishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Bank ssudalari va qarzlari, obligatsion qarzlar, imtiyozli aksiyalar, oddiy
aksiyalar, taqsimlanmagan foyda, ya’ni bu manbalardan har biri turlicha bahoga ega,
lekin, uni shakllantirish mantiqi bir xil va umumiy ko’rinishda moliyaviy
resurslarning bu tipiga bo’lgan talab va taklifning muvozanati modeli ko’rinishida
ifodalanishi mumkin.
Keltirib o’tilgan rasm oson va aniq interpritatsiyaga ega. Kapital bozorning
muvozanati holatida manba bahosi bu bozor qatnashchilarining o’zaro aloqalari
natijasida stixiyali tarzda o’rnatiladi. AV egri chiziq mazkur tipdagi kapitalda
takliflarni ko’rsatadi: taklif qanchalik yuqori bo’lsa, narx shunchalik past bo’ladi va
uni potentsial foydalanuvchilar to’lashga rozi bo’ladi. CD egri chiziq talab egri
chizig’i u taklif egri chizig’iga umuman qarama-qarshidir. Egri chiziqlar kesishish
nuqtasida yuzaga keladigan kapital bahosi darajasi kapital bozorida mazkur vaqtda
o’rnatilgan optimal yechimdir.
Qarz kapitalining asosiy elementlaridan biri bank ssudalari va korxona
tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar hisoblanadi. Birinchi element bahosi foydaga
soliq hisobga olingan holda ko’rib chiqilishi kerak. Normativ hujjatlarga muvofiq
bank ssudasidan foydalanganlik uchun to’lovlar mahsulot tannarxida ko’rsatiladi.
Shuning uchun mablag’larning bunday manbasining bir birligining bahosi (
)
bankka to’lanadigan foizga qaraganda kamroq.
Dostları ilə paylaş: