143
- xarajat moddalari bo’yicha kalkulyatsiyalash orqali ma’lum bir qurilish
tashkiloti uchun individual ustama xarajatlar me’yorlari asosida;
- qurilish va montaj ishi turlari bo’yicha ustama xarajatlar ko’rsatkichlari
tizimi asosida;
- ustama xarajatlarga oid amaldagi me’yorlar asosida.
Ustama xarajatlarni hisoblash variantini buyurtmachi (investor) va pudratchi
tashkilot qabul qiladi. Ustama xarajatlarni aniqlash asosi bo’lib to’g’ri xarajatlarning
smeta qiymati yoki haqiqatdagi quruvchi-ishchilar va mexanizatorlarning mehnat
haqiga ajratilgan mablag’ miqdori xizmat qiladi.
Ish haqining haqiqiy miqdorini quyidagi usullar orqali aniqlash mumkin:
- ishchilarning smetadagi ish haqini, qo’shimcha ish haqini hisobga olgan
holda, uning statistik o’zgarish indeksiga ko’paytirish orqali;
- statistik hisobotlar yoki buxgalteriya hisobining haqiqiy ish haqi haqidagi
ma’lumotlari asosida.
Lokal resurs smetasi hisobidagi smeta foydasi quyidagicha aniqlanadi:
- ma’lum tashkilot uchun smeta foydasida ko’zda tutiladigan xarajatlar
moddalarini kalkulyatsiyalash orqali olingan individual me’yor bo’yicha;
- umumtarmoq me’yor bo’yicha.
Smeta foydasi miqdorini hisoblash variantini tanlash to’g’risida yakuniy qaror
buyurtmachi va pudratchi tashkilot tomonidan qabul qilinadi. Smeta foydasini
aniqlash asosi bo’lib quruvchi ishchilar va tashkilotchilar ish haqining haqiqiy
miqdori yoki pudrat ishlarining tannarxi xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: