Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Resurs-indeksli usul
- bu resurs mexanizmini resurslar (material, texnik, 
mehnat, uskuna, xizmat) indekslari tizimi bilan uyg’unligidir. 
Indekslar mahsulotlar qiymati, narxi yoki resurslarning joriy (kutiladigan) 
darajadagi qiymatini narxlarning bazis darajasiga nisbatidir. Ular miqdoriy 
ko’rsatkichlarda bo’lmaydi va odatda, o’nli kasrda ikki xonadan ko’p bo’lmagan 
xonada ifodalanadi.
Investitsion jarayonning turli bosqichlarida qurilish qiymatini aniqlash uchun 
joriy va kutilayotgan indekslar tizimidan foydalanish tavsiya etiladi. Joriy 


144 
indekslarni aniqlash uchun informatsion asos bo’lib statistik hisobotlar, birlamchi 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, hamda narx shakllanishi hududiy markazlari 
tomonidan tashkil etilgan maxsus statistik kuzatuvlar natijalari xizmat qiladi.
Kutiladigan indekslar quyidagilar orqali topiladi: 
- o’tgan kvartal yoki oylarda narxlar dinamikasi ko’rsatkichlarini statistik 
qayta ishlash orqali; 
- inflyatsiya va energiya tashuvchilarga bo’lgan narxlarning o’sish omillari va 
ularning tahlili;
- investorlar va pudrat tashkilotlari tomonidan olib boriladigan inflyatsiyaga 
qarshi tadbirlar va narxni muvofiqlashtirish bo’yicha tadbirlarning narxlar darajasiga 
ta’sirining miqdoriy tahlili. 
Bazis davrda aniqlangan smeta qiymatini har bir qatori (bo’limi) ni tegishli 
joriy (kutiladigan) indeksga ko’paytirish, keyinchalik smeta bo’yicha jami natijani 
qo’shish orqali joriy (kutiladigan) narxlar darajasiga keltiriladi. 
Resursli va resurs-indeksli usullardan,
ularning mulkiy va tashkiliy 
shaklidan qat’i nazar, investitsion jarayonning barcha ishtirokchilari – buyurtmachi 
(investor), loyiha va pudrat tashkilotlari foydalanishi mumkin. Ushbu usullarning 
qo’llanilishi texnik-iqtisodiy asoslashni hisobga olgan holda, texnik hujjatlarni ishlab 
chiqishning barcha bosqichlarida amal qiladi. 
Kapital qurilishda shartnomaviy narxlash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasining 12 sentyabr 2003 yildagi 395-sonli “Kapital qurilishda xo’jalik 
munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga 
asosan amalga oshiriladi. Mazkur qarorga asosan O’zbekistonda kapital qurilishdagi 
shartnomaviy narxlar yagona uslubiyati barcha mulk shakllari uchun qabul qilingan. 
Shartnomaviy narxlar - bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan material 
qiymatning kon’yunkturasi, ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda 
pudrat tashkilotlarini foydasini anglatadi.
Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy - huquqiy bazasi to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa 


145 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin