Chapter V. THE ANALYSIS OF ENTERPRISE'S BUSINESS AND
MARKET ACTIVITY.........................................................................................
70
5.1. The analysis of business activity..................................................................... 70
5.2. The analysis of market activity....................................................................... 73
Briel summary………………………………………………………………........ 81
Questions for control a discussions…………………………………………........ 82
Chapter VI. THE ANALYSIS OF ENTERPRISES FINANCIAL
RESULTS........................................................................................................ ......
83
6.1. Enterprise's profit analysis.............................................................................. 83
6.2. Analysis of enterprise profitability................................................................. 90
6.3. Analysis of enterprise's economic insolvency................................................. 107
Briel summary………………………………………………………………........ 115
Questions for control a discussions…………………………………………....... 116
INSTEAD OF CONCLUSION........................................................................... 117
THE LITERATURE AND MATERIALS......................................................... 118
6
KIRISH
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash,
samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat
resurslaridan
oqilona
foydalanish
darajasini
aniqlashga
yordam
beradi,
foydalanilmagan resurslarni aniqlab, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning
moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Xalq xo‘jalikni bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan korxonalar xo‘jalik
faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari
sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali
foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi.
Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini
barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar
faoliyatining moliyaviy natijalari foyda va rentabellik korxonalar faoliyatining asosiy
ko‘rsatkichlariga aylanishiga olib keladi.
Xalq xo‘jalikni rivojlantirishda haddan tashqari markazlashtirilgan ma’muriy-
buyruqbozlik, rasmiyatchilik, rejalashtirish va boshqarishlik tizimidan voz kechish,
bozor munosabatlaridan keng foydalanish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini
kengaytiradi, ularning moliyaviy holatiga e’tiborni oshiradi hamda korxonalarning
moliyaviy holati bilan shug‘ullanuvchi, undan manfaatdor tashkilot va organlarning
tarkibini kengaytiradi.
Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil
qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar
shug‘ullangan bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlardan
tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aktsionerlar,
ta’minotchilar, iste’molchilar va boshqa organlar hamda tashkilotlar ham
shug‘ullanishyapti. Bu holat moliyaviy tahlil, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar
qo‘ymoqda.
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish,
jumladan, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishning uslubiy masalalari
markazda — butun ittifoq organlari tomonidan ishlab chiqilardi, muammolari
yechilardi va ittifoqdosh respublikalarga foydalanish uchun jo‘natilar edi.
Sobiq Ittifoqning tarqatilishi tufayli ittifoqdosh respublikalar mustaqil
davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga o‘tish uchun o‘z yo‘lini
tanlab,
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni
davom
ettirib,
bozor
iqtisodiyotini
shakllantirmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish
modelini ishlab chiqib, xalq xo‘jalikni bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan
holda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotir.
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini
tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezidentimiz Farmonlari va Vazirlar
Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinyapti.
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy
yo‘nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu
masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini
7
tahlil qilish katta rol o‘ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv
tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy
holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy hisobot shakllari qabul
qilindi, ularni o‘rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta
ahamiyatga ega.
Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida
moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar ham kam emas.
Moliyaviy tahlilni o‘tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali
ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar.
Bu holat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va
tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o‘ynamoqda.
Moliyaviy tahlildan manfaatdor tashkilot va organlar, mutaxassislar, keng
kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola qilinayotgan kitobimizda bozor munosabatlari
shakllanayotgan bugungi kun iqtisodiy nazariyasiga asoslanib, sobiq ittifoq davrida
shakllangan moliyaviy tahlil uslubiyatini, bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribasini
e’tiborga olib, bozor iqtisodiyoti talablarini ko‘zda tutib, korxonalar moliyaviy
holatini tahlil qilishning kompleks uslubiyatini ishlab chiqish maqsadlari, tadbirlari
bayon etilgan. O‘ylaymizki, bu qo‘llanma korxonalarning moliyaviy holatini tahlil
qilishni yaxshilashda, uning samarasini ko‘tarishga yordam berishi shak-
shubhasizdir.
O‘quv qo‘llanma muallifi iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar A.T. Ibrohimov,
Sh.Sh. Shoyokubov, F.Sh. Shamsutdinovlarga o‘quv qo‘llanmani tayyorlash davrida
uning sifatini, mazmun-mohiyati va saviyasini oshirish niyatida qilgan tavsiya-
takliflari uchun chin qalbdan o‘z minnatdorchiligini izhor etadi. Bu tavsiya va
mulohazalar muallif tomonidan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha e’tiborga olingan.
O‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan moliyaviy tahlil uslubiyati, unda tavsiya
etilgan, foydalanilgan, tahlil qilingan ko‘rsatkichlar tizimining asoslanganligi,
amaliyligi, zamon talablariga javob berishi respublika korxonalari materiallarini
muallif tomondan tahlil etish yo‘li bilan sinovdan o‘tkazilgan.
|