108
Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish usullari yuqorida ko‘rildi.
Korxonalarning
moliyaviy
holati
tahlilda
alohida
korxonalarning
iqtisodiy
nochorligini ko‘rish lozim. Korxonalarning iqtisodiy nochorligini tahlil qilish bozor
munosabatlari va korxonalararo raqobat aloqalari bilan bog‘liq.
Bozor munosabatlari davrida korxonalar uchun bozor iqtisodiyotida o‘z o‘rnini
topish xo‘jalik yuritishning asosiy tamoyiliga aylanib qoladi. Bu davrda korxonalarni
sinishi, bankrot bo‘lishi ijtimoiy ishlab chiqarishni qonuniy holatiga aylanib qoladi.
Buni respublika misolida ko‘rishimiz mumkin. Bankrot bo‘lgan korxona, tashkilotlar
soni respublikada 1995 yili 55 ta, 1996 yili 70 ta, 1997 yili 145 ta, 1998 yili 436 ta,
1999 yili 963 ta bo‘lgan.
Shu voqealar munosabati bilan korxonalarning iqtisodiy nochorligini tahlil qilish
va bu tahlil usulini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Bu borada respublikada
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, korxonalarni bankrot va sanatsiya bo‘lishi
masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi mol-mulk
qo‘mitasi huzuridagi korxonalarni iqtisodiy nochorligi masalalari bo‘limi tomonidan
ancha ishlar amalga oshirildi.
Avvalambor korxonalarning iqtisodiy nochorligini aniqlashning qonuniy-
uslubiy bazasi barpo etildi. O‘zbekiston Respublikasi korxonalarni sinish va
sanatsiyaga o‘tkazish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan 1997 yil
11 aprelda «Korxonalarni moliyaviy tahlil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar»,
«Korxonalarni iqtisodiy nochorligi masalalari bo‘yicha hududiy boshqarmasi
to‘g‘risida vaqtincha nizom», «Korxonalarni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida
qaror qabul qilish to‘g‘risida vaqtincha nizom», «Iqtisodiy nochor korxonalarni
sanatsiya qilishda ularga moliyaviy yordam berish tartibi» tasdiqlandi va O‘zbekiston
Respublikasi Davlat mol-mulk qo‘mitasi huzuridagi korxonalarning iqtisodiy
nochorligi masalalari to‘g‘risida qo‘mita tomonidan 1997 yil 10 dekabrda «Qishloq
xo‘jaligi korxonalarini iqtisodiy nochor deb tan olish to‘g‘risida vaqtincha tartib»,
1998 yil 20 martda «Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini monitoring va tahlil
qilish tartibi» tasdiqlandi.
Yuqorida keltirilgan me’yoriy-uslubiy hujjatlarni tahlil qilish bizni quyidagi
xulosalarga olib keldi:
Dostları ilə paylaş: