114
28-jadval
Korxonalarning iqtisodiy nochorligini aniqlash ko‘rsatkichlari tizimi
Ko‘rsatkichlar
Koeffitsientlarni me’yoriy darajalari, foiz
Sanatsiya
Bankrot
1.Mo‘’tadil
moliyaviy
mustahkamlik
koeffitsienti
≥100
-
2. Inqirozga uchragan moliyaviy holat
-
<100
3. Mutlaq likvidlik koeffitsienti
1.0-10.0
<1.0
4. O‘z mablag‘lar bilan qarzga olingan
mablag‘lar
o‘rtasidagi
o‘zaro
nisbat
koeffitsienti
100-200
<100
5. aylanma mablag‘larni o‘z
manbalar bilan
ta’minlanganligi
50-100
<50
6. Aktivlar rentabellik koeffitsienti
5 gacha
<1.0
Bu ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajalari quyidagicha asoslangan:
- nomu’tadil moliyaviy mustahkamlik bu korxonalarda oz bo‘lsa ham faoliyatni
davom etish uchun imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bu korxonalarga biroz
yordam berilsa, ular o‘z moliyaviy holatini yaxshilashlari mumkin;
- inqirozga uchragan moliyaviy holat bu korxonalarning zaxira va xarajatlarga
bo‘lgan ehtiyojlari butun manbalardan — o‘z manbalar
uzoq va qisqa muddatga
olingan qarz va kreditlardan foydalanilsa ham to‘liq qoplanmaydi. Demak, bu
korxonalarda faoliyat to‘xtaydi;
- mutlaq likvidlik koeffitsienti, odatda, 20 foiz yoki undan ko‘p bo‘lishi kerak.
Bu koeffitsient 1 foizdan ham kam bo‘lsa, korxonalar qarzlarni qaytib berishga
umuman qodir emas. Demak, ular bankrot deb e’lon qilinishi lozim. Agarda bu
koeffitsient 1 foizdan 10 foizgacha bo‘lsa, korxonalar qarzlarni qaytarib berishga
biroz qodir. Ularni sanatsiyaga o‘tkazish mumkin;
- korxonalarning o‘z mablag‘larning manbalari tashqaridan olingan qarz va
kreditlardan 2 marotabadan ko‘p bo‘lishi lozim. Bu koeffitsientning darajasi 100
foizdan oshiq lekin 200 foizdan kam bo‘lsa, korxonalar faoliyatini davom etish uchun
biroz imkoniyatga ega, ularni sanatsiyaga o‘tkazish mumkin. Bu koeffitsient 100
foizdan kam bo‘lsa, ular bankrot deb e’lon qilinishi lozim;
- o‘z mablag‘larning manbalari hisobidan korxonalarning aylanma mablag‘larga
bo‘lgan ehtiyoji 100 dan ortiq foizga qoplanishi lozim. Agarda bu koeffitsient 50
foizdan kam bo‘lsa, demak, korxonalarda faoliyat to‘xtab
qolishi mumkin, ular
bankrot deb e’lon qilinishlari kerak. Agarda bu koeffitsient 50 foizdan 100 foizgacha
bo‘lsa, bu korxonalarga biroz yordam berilsa, ular o‘z faoliyatini davom etish
imkoniyatiga ega;
- korxonalar o‘z-o‘zini qoplash uchun aktivlarning rentabelligi 10-13 foiz
bo‘lishi lozim. Korxonalar aktivlarining umuman rentabelligi bo‘lmay, zarari bo‘lsa,
ularni bankrot deb e’lon qilish kerak, agarda aktivlarni rentabellik darajasi 5
foizgacha bo‘lsa, ularni sanatsiyaga o‘tkazish lozim.
Tavsiya etilayotgan ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajalari yuqorida keltirilgan
me’yoriy-uslubiy hujjatlarda ko‘rsatilgan tavsiyalardan farq qiladi. Fikrimizcha,
115
bizning tavsiyalarimiz asoslangan va amaliyot talablariga to‘liqroq javob beradi.
Tavsiya etilgan kriteriyalardan amaliyotda foydalanilsa,
korxonalarning iqtisodiy
nochorligini
tahlil
qilish,
aniqlash
sezilarli
takomillashtiriladi
va
bozor
munosabatlaridan foydalanish samarasi ko‘tariladi.
O‘quv qo‘llanma korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishning bozor
munosabatlari davridagi nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilish, yoritish bizni
quyidagi xulosalarga olib keldi:
- Bozor munosabatlariga o‘tish bilan korxonalarning moliyaviy holatini
ahamiyati oshib boradi.
- Korxonalarni ishlab chiqarish — xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ularning
moliyaviy holatini tahlil qilishni tutgan o‘rni kuchayib boradi.
- Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishni yaxshilash maqsadida
respublikada hisobni va hisobotni tashkil etish takomillashtirilmoqda.
- Moliyaviy tahlil bozor munosabatlarining
talablariga javob bera borib, u har
tomonlama, asoslangan, chuqur bo‘lishi lozim.
Moliyaviy tahlil ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:
Birinchidan, korxonalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida
faoliyat kechirayotgan korxonalarni moliyaviy holatini baholab, me’yoriy va ilg‘or
korxonalarning ko‘rsatkichlari bilan solishtirib, moliyaviy holatni yaxshilash
tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish.
Ikkinchidan, bozor munosabatlari davrida tabiiy bo‘lgan korxonalarning
iqtisodiy
nochorligini har tomonlama, asoslangan ravishda tahlil qilib, korxonalarni
sanatsiyaga o‘tkazish, bankrot deb e’lon qilish jarayonini takomillashtirish.
Korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishni yaxshilash uchun:
- moliyaviy tahlil usulini takomillashtirishi lozim;
- moliyaviy tahlil bo‘yicha me’yoriy-uslubiy tavsiyalarni har tomonlama ishlab
chiqish;
- barcha o‘quv yurtlarida moliyaviy tahlil fanini o‘qitishni yaxshilash lozim;
- korxonalarni moliyaviy holatini tahlil qilishda qiziqqan manfaatdor organ va
tashkilotlarni bu borada qilayotgan ishlarini yanada yaxshilash zarur;
- moliyaviy tahlilda moliyaviy ko‘rsatkichlarni
miqdoriy ifodalash, baholash,
ular iqtisodiy mazmun bilan bog‘lanish tarzda tahlil etilishi lozim;
- moliyaviy tahlil bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, mutaxassislar keng iqtisodiy
ilmga ega bo‘lishlari kerak;
- moliyaviy tahlil yakunida korxonalarning moliyaviy holatini ko‘tarishga
safarbar etilgan tavsiyalar bo‘lishi darkor.
Ishonamizki, yuqorida eslatilgan muammolarni yechish uchun qo‘yilgan
vazifalarni bajarishda tavsiya etilayotgan ma’ruza matnlari sezilarli yordam beradi.
50>100>100>
Dostları ilə paylaş: