Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


 Debitorlik, kreditorlik qarzlari ko‘rsatkichlari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

3. Debitorlik, kreditorlik qarzlari ko‘rsatkichlari 
Bozor munosabatlari davrida debitorlik va kreditorlik qarzlarining tutgan o‘rni 
tubdan o‘zgaradi. Sobiq Ittifoq davrida korxonalarning faoliyati markazlashtirilgan 
bo‘lib, butun korxonalarning faoliyat muammolari markazlashtirilgan boshqaruv 
orqali yechilar edi. 
Korxonalarni resurslar bilan ta’minlash davlat limitlari bilan, mahsulot ishlab 
chiqarishga xalq xo‘jalik rejalari bilan, mahsulotlarni sotish davlat tomonidan 
tasdiqlangan mintaqalararo, respublikalararo, tarmoqlararo kooperatsiyalashtirish 
rejalari bilan aniqlanardi. Natijada debitorlik va kreditorlik qarzlar alohida korxonalar 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmay, tashqi, xalq xo‘jaligi aloqalari va muammolari bilan 
aniqlanar edi. 
Bozor munosabatlari davrida korxonalarga formal emas, real iqtisodiy 
mustaqillik beriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi 
Qonunida ta’kidlanganki, bozor munosabatlari shakllanish paytida «Davlat 
korxonalarga javob bermaydi», «Korxonalar davlatga javob bermaydi». Korxonalar 
o‘z vaqtida tasdiqlangan soliq va to‘lovlarni berib turishi kerak. Davlat esa ilgarigi 
dotatsiya va subsidiyalarni kamaytirib, korxonalar ustidan umumiy boshqaruvni 
saqlaydi. 
Bu vaziyatda debitorlik va kreditorlik qarzlar korxonalarning bozorga oidligini 
ifodalovchi katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarga aylanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi o‘zining maxsus buyrug‘i bilan debitorlik va kredi-
torlik to‘g‘risidagi hisobotni moliyaviy tahlilning asosiy moliyaviy manbalaridan biri 
sifatida tasdiqlagani tasodifan emas. 
Debitorlik qarz — «boshqalarning menga qarzi», kreditorlik qarz — «mening 
boshqalarga qarzim» deb ifodalash mumkin. Debitorlik va kreditorlik qarzlar 
korxonalararo iqtisodiy aloqalarni, o‘zaro hisob-kitoblarni ifodalab, ular bozor 
munosabatlari davrida korxonalarning ishlab chiqarishga, moliyaviy holatiga
bozorga oidligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biriga aylanadi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida ilgari shakllangan korxonalararo iqtisodiy 
aloqalar tarqalib ketdi. Bu aloqalarni yangi shart-sharoitlarda yangichasiga tubdan 
o‘zgartirib shakllantarish zaruriyati paydo bo‘ldi. Natijada korxonalararo aloqalar 
murakkablashdi va debitorlik-kreditorlik qarzlar ko‘paya boshladi, ishlab chiqarishga 
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muammoga aylandi. 
Korxona va tashkilotlarning moliyaviy holatini yaxshilash, xalq xo‘jaligidagi 


77 
iqtisodiy hisob-kitoblarni tezlashtirish, bu borada korxona va tashkilotlar rahbarlari 
javobgarligini oshirish maqsadida 1994 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «Xalq xo‘jalikda hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borishda korxona va 
tashkilot rahbarlarining javobgarligini oshirish to‘g‘risida», 1996 yil 24 yanvarda 
«To‘lov intizomini va o‘zaro hisob-kitoblarni mustahkamlash to‘g‘risida», 1997 yil 
11 martda «Qishloq xo‘jaligida hisob-kitob tizimini tubdan takomillashtirish 
to‘g‘risida»gi Farmonlari qabul qilindi. 
Demak, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda debitorlik va 
kreditorlik qarzlarini tahlil etishga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Debitorlik qarzlari — korxonalar mablag‘laridan bir qismini ularning 
faoliyatidan chetga chiqarish, ularning moliyaviy holatini og‘irlashtirish hisoblanadi. 
Debitorlik qarzlari korxonalarning naqt pulga va moddiy aylanma mablag‘larga 
bo‘lgan ehtiyojini chegaralaydi. Bu ehtiyojlarni qoplash uchun korxonalar tashqi 
mablag‘larni safarbar etishga majbur bo‘ladilar. Debitorlik qarzlarning ko‘payib 
borishi korxona aylanma mablag‘larining aylanishini sekinlashtiradi. Demak, 
moliyaviy holatini og‘irlashtiradi. 
Respublikada 1997 yildan boshlab qabul qilingan buxgalteriya balansiga binoan 
debitorlik qarzlar o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: sotib oluvchilar va buyurtmachilar 
bilan hisob-kitoblar; avans (bo‘nak) to‘lovlar; budjet bilan hisob-kitoblar; korxona 
xodimlari bilan hisob-kitoblar; shu’ba korxonalar bilan hisob-kitoblar; assotsiatsiya 
qilingan korxonalar bilan hisob-kitoblar; ta’sis etuvchilar bilan hisob-kitoblar; boshqa 
debitorlik qarzlari. 
Kreditorlik 
qarzlari 
tarkibiga 
qabul 
qilingan 
buxgalteriya 
balansida 
ko‘rsatilganidek quyidagilar kiradi: mol yetkazib beruvchilarga qarzlar; budjet 
bo‘yicha qarzlar; mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar; ijtimoiy sug‘urta va ta’minot 
bo‘yicha qarzlar; mulkiy va shaxsiy sug‘urtalar bo‘yicha qarzlar; budjetdan tashqari 
to‘lovlar bo‘yicha qarzlar; shu’ba korxonalariga qarzlar; uyushma korxonalariga 
qarzlar; boshqa kreditorlarga qarzlar. 
Kreditorlik qarzlar ham korxonalararo hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazmaslik 
natijasida paydo bo‘ladi. Lekin kreditorlik qarzlar mablag‘larni korxonalar 
faoliyatidan tashqariga chiqarish emas, aksincha, korxonalar faoliyatiga boshqa 
korxona va tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilish demakdir. 
Kreditorlik qarzlari — «boshqa korxonalar hisobidan faoliyat ko‘rsatish» desa 
ham bo‘ladi. Chunki ko‘p korxonalar mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun 
bank kreditlaridan emas, kreditorlik qarzlaridan foydalanmoqdalar. 
Demak, kreditorlik qarzlarining ko‘payishi boshqa korxonalarni og‘ir moliyaviy 
holatga 
olib 
kelsa, 
debitorlik 
qarzlari 
ko‘payishi 
korxonalarning 
o‘z 
majburiyatlaridan qutilish imkoniyatlarini kamaytiradi, aylanma mablag‘larning 
aylanishini susaytiradi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlil etilganda ular hajmining o‘zgarishi-
dinamikasi va o‘zaro nisbati aniqlanadi. Bu qarzlarning dinamikasi aniqlaganda ham 
debitorlik ham kreditorlik qarzlar bo‘yicha muhlatli va muhlati o‘tgan qarzlar alohida 
tahlil etiladi.Debitorlik va kreditorlik qarzlari o‘rtasidagi nisbat har xil, ularning 
hajmi esa bir xil bo‘lishi mumkin. Debitorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan, 
kreditorlik qarzlari esa debitorlik qarzlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin. 


78 
Debitorlik 
va 
kreditorlik 
qarzlarini 
optimallashtirish 
muammosi 
katta 
ahamiyatga egaligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998 
yil 4 avgustda «Debitorlik va kreditorlik qarzlarini solishtirishni o‘tkazish 
to‘g‘risida»gi qarorida tasdiqlangan. Bu qarorda debitorlik ua kreditorlik qarzlarini 
solishtirish yo‘llari va ularni tahlil qilish uchun foydalanadigan ko‘rsatkichlar tizimi 
berilgan. 
«Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida dalolatnoma» (20-shakl) va 
moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanib, bu qarzlar quyidagicha tahlil qilinishi 
mumkin: 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin