81
korxonada muammoga aylangan. Ayniqsa, shuni ta’kidlash kerakki, muhlati 3 yildan
oshgan qarzlar 49,9 % ga ko‘paygan. Ma’lumki, kreditorlik
qarzlarining tasdiqlangan
qaytarib berish muddati 3 yil hisoblanadi. Demak, bu korxona boshqa korxonalarga
nisbatan, iqtisodiy aloqalarni biroz bo‘lsa ham (50 ming so‘m, 100 ming so‘m)
adolatsizlikka olib boryapti va u korxonalarni moliyaviy holatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatyapti;
- kreditorlik qarzlarning asosiy qismi ta’minlovchilarga to‘g‘ri keladi. Bu
qarzlarning salmog‘i 62,5 % dan 60,0 % ga kamaygan bo‘lsa-da, ular qarzlarning
yarmidan ko‘pini tashkil etmoqda. Ta’minotchilar
bilan aloqalar yaxshilanmasa,
korxona og‘ir ahvolga tushib qolishi mumkin, chunki ta’minotchilar mahsulot
bermay qo‘yadi;
- korxonada mehnatga to‘lov va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha
ham vaziyat yaxshi
emas. Bu qarzlar 33,7 % ga ko‘paygan. Demak, o‘z vaqtida ish haqi berilmayapti.
Ko‘rinib turibdiki, korxonada bozorga oidlilikni ko‘tarish maqsadida kerakli
tadbirlar amalga oshirilishi lozim. 1995 yil 2 mayda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning «Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblarni o‘z
vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlarning
rahbarlari javobgarligini
ko‘tarish to‘g‘risida»gi farmoniga binoan, hamma mulk shakllaridagi xo‘jalik
sub’yektlarida o‘z mahsulotlaritni iste’molchilarga oldindan 15 % ni to‘lovlarsiz
jo‘natish man qilinganligiga qaramasdan iste’molchilarga mahsulot jo‘natilishi
davom etayapti. Shu sababli debitorlik qarzlarni alohida sabablar bo‘yicha tahlil
qilish katta ahamiyatga ega. Kreditorlik qarzlarini ham alohida sabablari bo‘yicha
tahlil etishning ahamiyati kattadir.
Shunday qilib, korxonalarning ishchanligini va bozorga
oidligini tahlil etish
bozor munosabatlari talablariga javob berib, uni o‘tkazish moliyaviy tahlilning
alohida bosqichiga aylanishi qonuniy zaruriyat bo‘lib, bu
korxona va tashkilotlarning
moliyaviy holati tahlilini chuqurlashtirishga va uni har tomonlama ifodalashga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: