107
2. Korxona aktivlari rentabelligiga mahsulot rentabelligi ta’siri:
Joriy davrda korxona aktivlari rentabelligi
x
Korxona aktivlarining aylanish miqdori
O‘tgan davrdagi mahsulot rentabelligi
Bu hisob-kitoblarni korxona ma’lumotlarida ko‘rib chiqamiz.
27-jadval
Korxona aktivlarining rentabelligi (ming so‘m)
Ko‘rsatkichlar
Joriy davr
O‘tgan davr
Ma’lumotlar bazasi
1. Sotilgan mahsulotdan tushum
600
500
2. Soliq to‘lanmasdan oldingi foyda
150
100
3. Korxona aktivlarining o‘rtacha qiymati
45
40
4. Korxona aktivlarining aylanish miqdori (1:3)
13,3
12,5
5. Mahsulot rentabellik darajasi (2:1)
25
20
6. Korxonalar aktivlarining rentabellik darajasi
(2:3)
250
333
Joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan korxona aktivlarining rentabelligi 33,2
foizga oshdi. Ko‘rinib turibdiki, korxonalar aktivlarining aylanishi tezlashgan — 12,5
martadan 13,3 martagacha ko‘paygan. Demak, bu omilning ta’siri:
(20x13,3):250 = (266:250)x100 = 106,4 % ijobiy bo‘lib, aktivlar rentabelligini
6,4 % ga ko‘tarishga imkon bergan.
Mahsulot rentabelligi ham tahlil qilinayotgan davrda ko‘tarilgan, demak, bu
omil ham aktivlar rentabelligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Ya’ni:
333:(20x133) = (333:266)x100 = 125,2 foiz.
Korxona aktivlari rentabelligini 25,2 % ga ko‘tarishga imkon bergan. Ikki
omilning ko‘paytmasi korxonalar aktivlari rentabelligining umumiy dinamikasiga
teng, ya’ni:
2
,
133
100
2
,
125
4
,
106
%.
Korxona rentabellik ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish
uchun kerakli ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarda va birlamchi buxgalteriya hisobida
mavjud.
Omillar tahlili bo‘yicha yuqorida keltirilgan axborotlar umuman moliyaviy
tahlilda, ayniqsa, rentabellik tahlilida omillar bo‘yicha tahlil o‘tkazishning ob’yektiv
zarurligini isbotlayapti va omillar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil korxonalarning
moliyaviy holatini tahlil qilishni chuqurlashtiradi hamda yangi xulosalar chiqarishga,
tavsiyalar berishga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: