Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


Nomo‘’tadil moliyaviy mustahkamlik koeffitsienti



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

1. Nomo‘’tadil moliyaviy mustahkamlik koeffitsienti. Korxonalarning zaxira 
va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashga o‘z mablag‘larining manbalari hamda 
uzoq muddatga olingan qarz va kreditlar yetishmaydi, bu qoplanmagan ehtiyojlar 


113 
qisqa muddatga olingan qarz va kreditlar hisobidan qoplanadi. Bu majburiyatlarni tez 
fursatda qaytarish lozim. 
2. Inqirozga uchragan moliyaviy holat koeffitsienti. Korxona hamda 
tashkilotlarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlari ulardagi mavjud butun 
manbalar — o‘zlik mablag‘larning manbalari, uzoq va qisqa muddatga olingan 
qarzlar, kreditlar safarbar etilsa ham qoplanmaydi. Demak, korxona va tashkilotlar 
faoliyatni davom etish imkoniyatlariga ega emas. 
3. Balansning mutlaq likvidlik koeffitsienti. Bu koeffitsient qisqa muddatga 
olingan qarz va kreditlarni korxona hamda tashkilotlarda mavjud naqd pullar 
hisobidan qaytarib berish imkoniyatini ifodalaydi. Korxonalar balansining umumiy 
va xususiy likvidlik koeffitsientlari korxonalarni qarzlardan qutilishda potentsial 
imkoniyatlarini ko‘rsatsa, balansning mutlaq likvidlik koeffitsienti ularning real 
imkoniyatlarini ifodalaydi. 
4. O‘z mablag‘lari va qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat 
koeffitsienti. Bu koeffitsientni ikki shaklda aniqlash maqsadga muvofiq: 
- korxonalarning butun mablag‘lari aktivlari bilan korxonalarning butun 
majburiyatlari, ya’ni uzoq va qisqa muddatga olingan qarz hamda kreditlar 
o‘rtasidagi o‘zaro nisbat koeffitsienti. Bu koeffitsient korxona aktivlarini uning 
umumiy majburiyatlariga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi; 
- korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma aktivlari bilan qisqa muddatga 
olingan qarz hamda kreditlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat koeffitsienti. Bu koeffitsient 
korxona aktivlarini uning qisqa muddatli majburiyatlarga bo‘lish yo‘li bilan 
aniqlanadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin