Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

Birinchidan, ulardan uchtasi korxonalarning moliyaviy holati tahliliga, 
qolganlari korxonalarning iqtisodiy nochorligiga bag‘ishlangan. 
Ikkinchidan, ulardan uchtasida bevosita korxonalarning iqtisodiy nochorligini 
tahlil qilish ko‘rsatkichlari tizimi ko‘rilgan, tavsiya qilingan. 
«Moliyaviy tahlil to‘g‘risida uslubiy tavsiyalarda» korxonalarni iqtisodiy 
nochorligini tahlil etish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tavsiya etilgan: 
1. Qarzlarni qaytib berishga qodirlik koeffitsienti. 
2. Korxonaga tegishli va qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat. 
3. Moliyaviy qaramlik koeffitsienti. 
4. O‘z aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti. 
5. Zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari bilan ta’minlanganlik koeffitsienti. 
6. Qarzlarni qaytib berishga qodirlikni tiklash koeffitsienti. 
7. Korxonaning chaqqonlik koeffitsienti. 
8. Mahsulot sotish rentabellik koeffitsienti. 


109 
9. O‘z kapitalining rentabellik koeffitsienti. 
10. Asosiy vositalarni rentabellik koeffitsienti. 
11. Permanent kapitalning rentabellik koeffitsienti. 
12. Korxona kapitalining umumiy aylanish koeffitsienti.
Ko‘rinib turibdiki, korxonalarning iqtisodiy nochorligini tahlil etish uchun 
haddan tashqari keng ko‘rsatkichlar tavsiya etilgan, ulardan bir qismi iqtisodiy 
nochorlikka aloqasi bo‘lmagan ko‘rsatkichlardir. Bankrotlik va sanatsiya masalalari 
bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilingan «Korxonalarni iqtisodiy 
nochorligini aniqlash uchun mezonlar tizimida» korxonalar iqtisodiy nochorligini 
tahlil qilish uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi qisqartirilgan va ular 
quyidagilardan iborat: 
1. Qarzlarni qaytib berishga qodirlik koeffitsienti. 
2. O‘z va qarzga olingan mablag‘larning o‘zaro nisbati koeffitsienti. 
3. Moliyaviy qaramlik koeffitsienti. 
4. O‘z aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti.
Bu ko‘rsatkichlarning mazmuni hisoblash uslublari va ularni me’yoriy darajalari 
ham keltirilgan. «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy tahlil qilish uslubiy 
tavsiyalarda» va «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini iqtisodiy nochor deb tan olishning 
vaqtincha tartibi»da nochorlikni tahlil qilish uchun yuqorida ko‘rsatilgan 
ko‘rsatkichlar to‘liq qaytarilgan va ulardan tashqari quyidagilar tavsiya etilgan: 
1. Mahsulotning rentabellik koeffitsienti: 
2. Aktivlarning rentabellik koeffitsienti. 
«Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini monitoring va tahlil qilish tartibi»da 
yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlardan tashqari yana ikkita ko‘rsatkich tavsiya etilgan: 
- ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish koeffitsienti; 
- asosiy fondlarni eskirish koeffitsienti.
Yuqorida keltirilgan tavsiyalarni sinchiklab o‘rganish, tahlil qilish bizni 
quyidagi xulosalarga olib keldi: 
A. Bu me’yoriy-uslubiy materiallarni asosiy vazifasi korxonalarning iqtisodiy 
nochorligini aniqlash usulini, uning uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini 
shakllantirishdan iborat edi. Lekin bu materiallarda korxonalar nochorligiga har xil 
qarash ifodalangan va nochorlikni aniqlash uchun har xil ko‘rsatkichlar tizimi tavsiya 
etilgan. Tavsiya etilgan ko‘rsatkichlar soni 4 tadan 12 tagacha. 
B. Tavsiya etilgan ko‘rsatkichlardan ko‘pchiligi har xil uslubda aniqlanadi. 
Masalan: qarzlarni qaytarib berishga qodirlik koeffitsienti. 
1) Qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy holatini va iqtisodiy nochorligini 
aniqlashga bag‘ishlangan hujjatlarda quyidagicha: 
Aylanma aktivlar 
— 
muddati o‘tgan debitorlik qarzlar 
Aylanma aktivlar 
— 
uzaytirilgan majburiyatlar 
2) 
Korxonalarning 
iqtisodiy 
nochorligini 
aniqlash 
mezonlari 
tizimida 
quyidagicha: 
Aylanma aktivlar 
— 
Muddati o‘tgan debitorlik qarzlar 
Qisqa muddatli majburiyatlar 


110 
3) Korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini monitoring va tahlil qilish 
tartibida quyidagicha: 
Aylanma aktivlar 
Qisqa muddatli 
majburiyatlar 
– 
Muhlati o‘tgan muddatli 
majburiyatlar 
– 
Iste’molchilardan 
olingan, muhlati 
o‘tgan avanslar 
O‘zlik va qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat ko‘rsatkichi ham 
har xil aniqlanadi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan me’yoriy-uslubiy hujjatlarda quyidagicha aniqlash tavsiya 
etilgan: 
1. 
O‘z mablag‘larining manbalari 
Qisqa muddatga 
olingan qarzlar 
– 
Muddati uzaytirilgan majburiyatlar 
2. 
Qisqa muddatga olingan qarzlar 
O‘z mablag‘larining manbalari 
3. 
O‘z mablag‘larining manbalari 
Qisqa muddatga olingan qarzlar 
Ko‘rinib turibdiki, qarzlarni qaytarib berishga qodirlik koeffitsienti, o‘z 
mablag‘lari va qarzga olingan mablag‘larning o‘zaro nisbati koeffitsienti keltirilgan 
hujjatlarda har xil mazmunda keltiriladi va shu sababli, bu koeffitsientlar turli usulda 
aniqlanadi. Masalan, o‘z mablag‘lari bilan qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi 
o‘zaro nisbat to‘g‘risida gap ketar ekan, faqat o‘z mablag‘lari bilan qisqa muddatga 
olingan qarzlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat tahlil etiladi, uzoq muddatga olingan qarzlar 
nimagadir e’tiborga olinmaydi. Undan tashqari faqat «Korxonalar moliyaviy holati 
tahlili to‘g‘risidagi tavsiyalar»da bu koeffitsient qisqa muddatga olingan qarzlarni o‘z 
mablag‘larning manbalariga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi, qolgan hujjatlarda esa bu 
ko‘rsatkich o‘z mablag‘larining manbalarini qisqa muddatga olingan qarzlarning har 
xil shakliga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Yana bir ko‘rsatkich —o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti. Bu 
ko‘rsatkich ham har xil aniqlangan. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili 
to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyalarda va «Qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy 
holatini tahlil qilish to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyalar»da bu ko‘rsatkich quyidagicha 
aniqlangan; 
O‘z mablag‘larining manbalari 
— Uzoq muddatli aktivlar 
Aylanma aktivlari 
«Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy nochorligini tan olish tartibi»da va 
«Korxonalarni monitoring qilish va moliya xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish tartibi»da 
quyidagicha aniqlanish tavsiya etilgan: 
O‘z mablag‘larining 
manbalari 
– 
Uzoq muddatga 
olingan qarzlar 
– 
Uzoq muddatli 
aktivlar 
Aylanma aktivlari 


111 
Bu yerda o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti ham ikki mazmunda 
ko‘riladi. Birinchidan, aniqlangan ko‘rsatkichda aylanma aktivlar faqat o‘zlik 
mablag‘larining manbalari bilan ta’minlansa, ikkinchidan, aniqlangan ko‘rsatkichda, 
unda nimagadir, uzoq muddatga olingan qarz va kreditlar ham e’tiborga olingan. 
Bu ko‘rsatkichning nomi ham hujjatlarda har xil berilgan. «Korxonalarning 
moliyaviy holatini tahlil qilish uslubiy tavsiyalarda», bu ko‘rsatkichni nomi - zaxira 
va xarajatlarni o‘z manbalari bilan ta’minlash koeffitsienti, boshqa hujjatlarda esa bu 
ko‘rsatkichning nomi - o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti deb 
atalgan. 
Ma’lumki, zaxira va xarajatlar korxona aylanma mablag‘lari va aylanma 
aktivlarining bir qismini tashkil qiladi. Korxonalar esa bugun aylanma mablag‘lari 
bilan ta’minlanishi lozim. 
1. Yuqorida keltirilgan me’yoriy-uslubiy materiallarda korxonalarning iqtisodiy 
nochorligini tan olish ko‘rsatkichlarini me’yoriy darajalarini aniqlash muammosi 
bo‘yicha ham bir fikrlik ifoda etilmagan. 
Korxonalarda monitoring o‘tkazish va moliyaviy xo‘jalik faoliyati tahlili 
to‘g‘risidagi tartibda quyidagicha me’yoriy darajalar tavsiya etilgan: 
- qarzlarni qaytarib berishga qodirlik koeffitsienti – 1,0 dan past emas; 
- o‘zlik mablag‘lar bilan qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat — 
1 dan kam emas; 
- o‘zlik aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanish koeffitsienti – 0,3 dan kam emas; 
- chaqqonlik koeffitsienti – o‘rta tarmoq darajasidan kam emas. 
Yuqorida keltirilgan boshqa me’yoriy-uslubiy materiallarda quyidagi me’yoriy 
darajalar tavsiya etilgan: 
- qarzlarni qaytarib berishga qodirlik koeffitsienti – 2 dan kam emas; 
- o‘zlik mablag‘lar bilan qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat — 
2 dan kam emas; 
- o‘zlik aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanish koeffitsienti — 0,1 dan kam 
emas; 
- chaqqonlik koeffitsienti — 0,5 dan kam emas. 
Bu hujjatlarda berilgan tavsiyalar, o‘zlik aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanish 
koeffitsientidan boshqa ko‘rsatkichlar, bir-biridan tubdan farq qiladi. 
2. Iqtisodiy nuqtai nazardan iqtisodiy nochorlikka uchragan korxonalar har xil 
nochorlik darajasida bo‘lishi mumkin. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy tahlili to‘g‘risidagi uslubiy 
tavsiyalarda va qishloq xo‘jaligi korxonalarini iqtisodiy nochor deb tan olish 
to‘g‘risidagi tartibda iqtisodiy nochorlikka uchragan korxonalar uch guruhga, 
korxonalarda monitoring o‘tkazish va ularni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlili 
to‘g‘risidagi tartibda iqtisodiy nochorlikka uchragan korxonalar besh guruhga 
bo‘linadi. 
Bu holat korxonalarni iqtisodiy nochorligi tan olingandan keyin, ularni xayot-
mamotini aniqlashni murakkablashtiradi. 
Fikrimizcha iqtisodiy nochorlikka uchragan korxona va tashkilotlar ikki guruhga 
bo‘linishi lozim. Ya’ni: 


112 
- sanatsiyaga o‘tkaziladigan korxonalar; 
- bankrot, sindi deb e’lon qilinadigan korxonalar.
Shunday qilib, korxonalarni bankrotligi va sanatsiyaga o‘tkazish masalalari 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi 
mol-mulk Davlat Qo‘mitasi huzurida korxonalarni iqtisodiy nochorligi masalalari 
bo‘limi tomonidan tayyorlangan, qabul qilingan bir qancha me’yoriy-uslubiy 
hujjatlarga qaramasdan korxonalarni iqtisodiy nochorligini aniqlash bo‘yicha hali 
respublikada asoslangan, kelishilgan, yagona uslubiyat shakllangani yo‘q. 
Lekin bunday uslubiyatni shakllantirish ob’yektiv zaruratdir. Chunki bozor 
munosabatlari davrida korxonalarni bankrotga uchrashi, sinishi tabiiy hol, bunday 
hodisalar eng rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ham mavjud. Bu borada 
O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida gap borar ekan, 1995-1998 yillarda respublikada 
700 dan oshiq korxonalar va tashkilotlar bankrot deb e’lon qilingan, ulardan 346 tasi 
tugatilgan. 1999 yili bankrot deb e’lon qilingan korxonalar va tashkilotlarni soni 969 
tani tashkil etdi. 1999 yil 1 yanvargacha 538 korxona va tashkilotlar sanatsiya qilindi, 
ulardan 400 tasi amalga oshirilgan tadbirlar natijasida o‘zlarining moliyaviy holatini 
yaxshiladilar. 
Korxonalarni iqtisodiy nochorligini tan olish, ularni sanatsiyaga o‘tkazish, 
bankrot deb e’lon qilish - mas’uliyatli, har tomonlama murakkab muammo, chunki bu 
korxona va tashkilotlarning, qolaversa, ularning mehnatkash jamoalarining kelgusi 
hayot-mamotidir. 
Demak, korxonalarning iqtisodiy nochorligini tan olish, ularni sanatsiyaga 
o‘tkazish, bankrot deb e’lon qilish, bu muammoni har tomonlama asoslangan 
ravishda yechishni talab etadi. Buning uchun korxonalarni iqtisodiy nochorligini tan 
olish usulini har tomonlama asoslash va shakllantirish lozim. Fikrimizcha bu usul 
quyidagi tamoyillarga asoslangan bo‘lishi lozim: 
- korxona va tashkilotlarni iqtisodiy nochorligini aniqlash ko‘rsatkichlari 
bankrot deb e’lon qilinadigan, sanatsiyaga o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlarga 
alohida tasdiqlanishi lozim; 
- buni e’tiborga olib, iqtisodiy nochor deb tan olingan korxona va tashkilotlar 
ikki guruhga bo‘linishi lozim: bankrot deb e’lon qilinadigan, sanatsiyaga 
o‘tkaziladigan; 
- korxona va tashkilotlarni iqtisodiy nochorligi bilan shug‘ullanuvchi hukumat 
komissiyasi va mol-mulk qo‘mita uchun yagona usul shakllanishi lozim va ular 
iqtisodiy nochor korxonalar masalalarini qurishda bir xil kriteriyaga asoslanishi 
kerak. 
- iqtisodiy nochor deb tan olingan korxona va tashkilotlarni qarzlarni qaytarib 
berishga qodir emas, deb qabul qilinishi lozim. 
Yuqorida ko‘rilgan tamoyillar hamda korxona va tashkilotlarni iqtisodiy 
nochorligi bilan shug‘ullanishni takomillashtirish maqsadida, fikrimizcha, iqtisodiy 
nochorlikni aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishni maqsadga 
muvofiq deb hisoblaymiz: 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin