Tayanch iboralar
Korxona foydasi – uning moliyaviy natijasi, uning faoliyatini samarasini
ifodalovchi ko‘rsatkich.
Yalpi foyda – ularni korxona faoliyatidan olingan moliyaviy natija.
Sof foyda – korxona tomonidan budjetga o‘tkazilgan to‘lov va soliqlardan keyin
qolgan korxona foydasi.
116
Rentabellik – korxona faoliyatining samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1. Bozor munosabatlari sharoitida foyda deb nimani tushunasiz?.
2. Korxonani foydasi qanday ko‘rsatkichlarda, shakllarda ifodalanadi?
3. Korxona foyda ko‘rsatkichlari qanday tahlil etiladi?
4. Korxona foydasiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir qanday tahlil
etiladi?
5. Rentabellik deb nimani tushunasiz?
6. Rentabellik qanday shakllarda ifodalanadi?
7. Qanday ko‘rsatkichlar orqali rentabellik tahlil etiladi?
8. Rentabellikning asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlari.
9. Korxonalarning iqtisodiy nochorligi deb nimani tushunasiz?
10. Korxonalarni sanatsiya qilish va bankrot deb e’lon qilish.
11. Korxonalarni iqtisodiy nochorligini qanday ko‘rsatkichlar orqali tahlil
etiladi?
117
XOTIMA O‘RNIDA
Hurmatli o‘quvchi, ushbu o‘quv qo‘llanmadan foydalanuvchi!
Tavsiya qilinayotgan bu qo‘llanma muallifning ko‘p yillar mobaynidagi
o‘qituvchilik faoliyati, o‘ylashi, izlanishi va tadqiqot ishlarining natijasidir.
O‘quv qo‘llanmada muallifning O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida
«Korxonalarning moliyaviy holati tahlili» fanidan Bank-moliya Akademiyasi,
Buxgalterlar va auditorlar Assotsiatsiyasi, Toshkent moliya instituti huzuridagi
tarmoqlararo moliya-bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash
institutida va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi magistraturada
darslar o‘tkazish rejalari, mavzulari bayon etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi bozor munosabatlariga o‘tkazilmoqda.
Bozor munosabatlari davrida korxona va tashkilotlar faoliyatining asosiy natijalari
bo‘lib moliyaviy ko‘rsatkichlar shakllanadi. Demak, korxonalarning moliyaviy holati
tahlili korxonalarning boshqaruv tizimini takomillashtirishda alohida o‘rin egallaydi.
O‘quv qo‘llanmada xorijiy mamlakatlarning tajribalari, mamlakatimizda
bajarilgan ilmiy-amaliy ishlarning natijalari, bozor munosabatlariga o‘tish vazifalari,
bozor munosabatlarining samaradorligini ko‘tarish muammolari o‘z ifodasini topgan.
Qo‘llanmani tayyorlashda muallif soha mutaxassislarini, talabalarni tahlil asosida
faqat
moliyaviy
ko‘rsatkichlarni
hisoblash
uslublariga
o‘rgatish
bilan
chegaralanmasdan, bu ko‘rsatkichlarning mazmunini tushunishga, moliyaviy
muammolar bo‘yicha o‘ylashga, xulosalar chiqarishga, tavsiyalar ishlab chiqarishga
o‘rgatishga intilgan. Shu sababli o‘quv qo‘llanmada ko‘rilgan muammolarni
ko‘pchiligiga har tomonlama, batafsil, turli nuqtai nazardan qarash amalga oshirilgan.
Hozirgi paytda iqtisodiy mavzudagi adabiyotlarning tarqalishi, o‘quvchilarga
yetib borishi murakkabligi sababli muallif moliyaviy tahlil bo‘yicha chop etilgan
asarlarga va boshqa materiallarga ko‘proq e’tibor bergan.
O‘ylaymizki, o‘quv qo‘llanmani o‘qituvchilar, aspirantlar, magisrtlar,
bakalavrlar, korxona, tashkilot rahbarlari, xalq xo‘jalik mutaxassislari katta qiziqish
bilan qabul qiladilar. Muallif kelgusida ham bu borada ilmiy tadqiqot ishlarni davom
etar ekan, hurmatli o‘quvchi va foydalanuvchilarga iltimos qilib, qo‘llanma bo‘yicha
o‘z mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini va tavsiyalari Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi,
18-uydagi Tarmoqlararo moliya-bank xodimlari malakasini oshirish institutiga
yuborishlarini so‘raydi. Ular muallif tomondan samimiylik bilan qabul qilinadi va
kelgusi ishlarda e’tiborga olinadi.
|